Sayt test rejimida ishlamoqda

Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv

news-detail

Maktabgacha ta’lim agentligida AQSH qishloq xo‘jaligi agentligining “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

  Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.V. Shin “Mercy Corps”ning O'zbekistondagi vakillari bilan mazkur dasturni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

merc1.jpg

merc2.jpg

  Suhbat davomida vakillar bugungi kunga qadar loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sanitariya-gigiyena obyektlari infratuzilmasi, suv ta’minoti yaxshilandi,  suv filtrlash uskunalari o‘rnatildi. Kelgusida, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yana 234 ta DMTTda ta’mirlash ishlari rejalashtirilgani ma’lum qilindi. 

  AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligining 160 ta DMTTni oziq-ovqat bilan ta'minlash komponenti doirasida mamlakatga 20 tonna kungaboqar yog'i, 80 tonna bug'doy uni, 40 tonna no'xatdan iborat gumanitar yuk keladi.

  Shunigdek, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari, shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oshpazlar tayyorlash markazini ochish va belgilangan muddatlarda zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.

merc3.jpg

merc4.jpg

merc5.jpg

merc6.jpg

Eslatib o‘tamiz, “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” ni amalga oshirish bo‘yicha memorandum 2021-yil 27-iyulda imzolangan. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта