Sayt test rejimida ishlamoqda

Referendum oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolariga ayrim xarajatlar uchun kompensatsiya toʻlanadi

news-detail

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–779-son, 16.06.2022-y.) bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritildi.

“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, referendumga tayyorgarlik koʼrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan ham kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egaligi belgilandi.

Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug komissiyalariga referendum oʻtkazilishiga kechi bilan 10 kun qolganida maʼlum qiladi (ilgari 15 kun edi).

Shuningdek, kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasini kamida 3 kun oldin xabardor qilishi kerak.

Siyosiy partiyalarning aʼzolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.

Referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning aʼzolariga referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasida koʻrsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida kompensatsiya toʻlanadi.

Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi belgilandi.

Qonun bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov okrugining hududi boshqa maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazilganda yoki uning hududida yangi maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi.

Shuningdek, Saylov kodeksiga “Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi” hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunga “Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari hal etilayotganda saylov okruglarining chegaralarini oʻzgartirish” moddalari kiritildi.

Manba: OʻRQ–779-son, 16.06.2022-y.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта