Rasmiy munosabat

news-detail

Joriy yil fevral oyining birinchi kunida ijtimoiy tarmoqda Namangan shahrida joylashgan Davlatobod tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 42-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati toʻgʻrisida videoyozuv tarqaldi.

Mazkur voqelik  viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi huzurida tuzilgan tezkor guruh tomonidan joyida, xolisona oʻrganildi.

Oʻrganishda tashkilot ish beruvchisi va boshqa xodimlar bilan tashkilotning OSHPAZ XODIMI oʻrtasida uzoq vaqtdan buyon nizoli munosabat davom etib kelganligi, shu tufayli yuqorida qayd etilgan videoyozuv noxolis, qasddan uyushtirilgan holda tasvirga tushirilib, ijtimoiy tarmoqda tarqatilganligi aniqlandi.

Yaʼni, tashkilotda ishlovchi OSHPAZ XODIMAning Davlatobod tuman hokimiga yoʻllagan eʼtirozli (bir guruh xodimlar unga bosim oʻtkazayotganligi ustidan shikoyat qilgan) murojaati tuman hokimligi tomonidan joriy yilning 18-yanvar kuni oʻrganib chiqilgan. Qayd etilgan xulosalar tegishliligi boʻyicha tashkilotning Kuzatuv Kengashiga taqdim etilgan.

Joriy yilning 21-yanvar kuni Kuzatuv Kengashi tuman hokimligi taqdim etgan xulosalarga asoslanib, OSHPAZ XODIMAni ishdan boʻshatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Ushbu qaror tashkilotning Kasaba uyushmasi yigʻilishida ham koʻrib chiqilgan. Unga koʻra, uyushmaning 8 nafar aʼzosi betarafligini, 3 nafar aʼzosi OSHPAZ XODIMAning ishlash, 19 nafar aʼzo esa, ishdan ketkazish toʻgʻrisida munosabat bildirgan.

Taʼkidlash joizki, videoyozuv aynan shu kuni, yaʼni, joriy yilning 24-yanvar sanasida OSHPAZ XODIMAning tarafdorlari tomonidan tashkilotdagi “Qoʻngʻiroqcha” guruhini oʻsha kun uchun tayyorlangan birinchi (suyuq) taom bilan ovqatlantirish paytida belgilangan taomil (ratsion) asosida tayyorlangan taomni sifatsiz koʻrsatish maqsadida uning tarkibidagi goʻsht va yogʻ mahsulotlarini terib olgan holda tasvirga olingan. Holbuki, oʻsha kungi tayyorlangan taomlardan tanovul qilgan boshqa guruhlarda bunday eʼtirozlar boʻlmaganligi, taqdim etilgan ovqatlar meʼyorida boʻlganligi aytildi.

Achinarlisi, tashkilot faoliyatiga nisbatan ota-onalarning salbiy munosabatini shakllantirishga uringan tarafkashlar ushbu tasvirni 24-yanvardan 25-yanvarga oʻtar kechasi davomida har bir ota-onaga tarqatib chiqishgan. Yuborilgan videoyozuv ostida tashkilotni obroʻsizlantirishga, odamlarda maktabgacha taʼlim tizimiga ishonchsizsizlik kayfiyati hosil qilishga qaratilgan  soʻzlar qoldirilgan.

Eslatib oʻtamiz: kasbiy-axloqiy jihatlari 2 ta vakolatli Kengashda koʻrib chiqilgan OSHPAZ XODIMA joriy yilning 24-yanvar kunidan 28-yanvar kuniga qadar ishga kelmagan.

OSHPAZ XODIMA tashkilot direktorining joriy yil 31-yanvardagi Kuzatuv Kengashi hamda Kasaba uyushmasi qarorlariga va boshqa hujjatlarga asoslanib chiqargan buyrugʻi bilan vazifasidan ozod etilgan.

Oʻrganish davomida ushbu videoyozuvni maʼlum tarafkashlar tomonidan “Telegram” kanali orqali qabul qilib olib, oqibatda yomon kayfiyat taʼsiriga tushib qolgan va buning natijasida mazkur videoyozuvni “Namanganliklar” ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirishga sababchi boʻlgan “O.A” ism-sharifli ayol bilan suhbatlashildi.

Suhbat jarayonida “O.A” jamiyatdagi salbiy holatlarga tabiatan befarq emasligini bildirdi va:

“Mazkur tashkilotda bir nafar farzandim tarbiyalanadi. Videoyeyozuvni koʻrganim zahoti mendagi tuygʻular qattiq gʻalayon qildi: “nahotki, mening farzandim, qolaversa, boshqa farzandlar tarbiyasi, ularning sogʻlom rivojlanishi ishonib topshirilgan tashkilotdagi ahvol shu boʻlsa” degan ishtibohga berildim. Shundan soʻng, videoyozuvni “Namanganliklar” kanaliga taqdim etdim. Keyinchalik bildimki, mazkur holatda men tashkilotda ishlovchi ayrim xodimlarning oʻzaro kelishmovchiligi tufayli vujudga kelgan oqibatsizlikning “qurol”i boʻlib xizmat qilibman. Toʻgʻrirogʻi, mening taʼsirchanligimdan ular “oqilona” foydalanishib, meni “qurol”ga aylantirishibdi. Masalaning asl mohiyatini bilmaganim bois, ushbu videoni ijtimoiy tarmoqda yoritilishiga sababchi boʻlib qolibman», – dedi u.

Namangan viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoqda berilgan videoyozuvda bildirilgan iddaoni mutlaqo rad etadi. Ayni paytda barcha ijtimoiy tarmoq adminlarini, xususan, “Namanganliklar” kanalining muhtaram jonkuyarlarini har qanday axborotni talqin va tahlil etishda xolislik va haqqoniylik prinsiplariga qatʼiy amal qilishlikka, shuning bilan birga, har qanday masalani yoritishdan avval, uning mazmun-mohiyatini, maqsadini chuqur oʻrganishlikka chaqiradi. Zotan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XV bob, 67-moddasida “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning toʻgʻriligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar”, deyiladi.

Ayni paytda Maktabgacha taʼlim boshqarmasi yuqorida bayon etilganlarni huquqiy jihatdan toʻliq oʻrganish va bu holatga qonuniy baho berilishini koʻzlab, oʻzining tegishli tashkilotlari orqali huquq-tartibot organlariga murojaat yoʻllaganligini bildiradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
TILDA, FIKRDA, ISHDA BIRLIK

Muhtaram Prezidentimiz jaddid bobolarimizning ushbu g‘oyasini doimiy shiorimiz bo‘lib qolishi zarurligini ta’kidlagan edilar.  Darhaqiqat, qayerdaki til, fikr, ish birligi bo‘lsa, ya’nikim hamjihatlik bor joyda olg‘a siljish, rivojlanish bo‘ladi.    Bugun Yangi O‘zbekiston oldida turgan eng dolzarb vazifa – yosh avlod kamoloti yo‘lida qayg‘urish, pirovardida esa, mamlakat kelajagini yuksak darajalarda rivojlantirishdan iborat. Hech shubha yo‘qki, yoshlarni munosib vorislar etib tarbiyalashning eng maqbul yo‘li, bu – ma’naviyat, bu – ma’rifat yo‘lidir!   To‘raqo‘rg‘on tumanining “Yakkatom” mahallasida joylashgan 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan “Ma’naviyat fidoiylari” shiori ostidagi tadbir ana shu yuksak maqsadlar ro‘yobi yo‘lida tashkil etildi.    Aytish joizki, mazkur mahalla tuman hokimi sektori hisoblanadi. Umuman olganda esa, hokim sektori hududida 13 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bor.       O‘tkazilgan tadbirga ana shu tashkilotlarning direktorlari, metodistlari taklif etildi. Unda so‘zga chiqqan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi sho‘ba rahari Muhabbat Karimovaga ko‘ra:    – Biz maktabgacha ta’lim yoshidagi farzandalarimizni, ayniqsa, tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarini maktabga sifatli tayyorlay olyapmizmi? Ularga qanday ta’lim, qanday tarbiya beryapmiz? Zamon bilan hamnafas qadam tashlayapmizmi? Farzandlarimizdagi tug‘ma qobiliyatlarni o‘stirish uchun yana nimalar qilishimiz kerak? Ularni yaqin va uzoq tariximiz bilan kengroq tanishtirish, ulug‘ siymolarimiz qoldirgan ma’naviy merosni farzandlarimizga ko‘proq singdirish uchun tarbiyachilarimizning o‘zlari qanday bilim va salohiyatga ega bo‘lishi lozim. Bugungi tadbir orqali shu kabi savollarga javob topish bilan birgalikda amalga oshirishimiz zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi, – deydi u.  Shubha yo‘qki, keyingi yillarda maktabgacha ta’lim ham son, ham sifat jihatdan o‘zgardi. Buning birgina misoli – mazkur tashkilot. Uning mana bu muhtasham binosi 2022-yilda davlat-investitsiya dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan edi. Endilikda bu yerda 6 ta guruh kesimida qamrab olingan 140 nafar 3 – 7 yoshli bola, zamonaviy shart-sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 11 nafar pedagog ta’limning “Ilk qadam” bosqichi sabog‘ini bermoqda.  Darhaqiqat, mazkur tadbirda o‘zbek xalqining buyuk siymolari yorqin bo‘yoqlarda aks ettirildi. Ular ijodidan she’r va qo‘shiqlar kuylandi. Ayniqsa, tashkilotlarning musiqa rahbarlari hamjihatligida taqdim etilgan ma’naviy-ma’rifiy, ko‘rgazmali va badiiy chiqishlar, ular tomonidan xalq ertaklari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari ko‘pchilikda juda katta taassurot qoldirdi.  Eng muhimi, tadbir davomida yosh iqtidorlar kashf etildi. Masalan, ushbu ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Otabek Abdulhamidov yaqinda 6 yoshga to‘ladi. U hali bog‘cha tarbiyalanuvchisi bo‘lishiga qaramay shahmat donalari ustida kattalar bilan ham bemalol bellasha olishini amalda ko‘rsatib berdi.     Tadbir davomida yana bir iqtidor egasi – Dildora Yo‘ldashaliyeva ijro etgan raqslar barchani lol qoldirdi. U ayni paytda hokim sektori hududida joylashgan 24-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “G‘unchaoy” nomli tayyorlov guruhida tarbiyalanar ekan. Eng qizig‘i, endigina 6 yoshni qarshilayotgan bu qizaloq tumanning “Mozorko‘hna”  mahallasida yashovchi tadbirkor oilada tavallud topganiga qaramay, uning beg‘ubor qalbida halitdan san’atga bo‘lgan oshnolik, mehr va ishtiyoq barchani lol qoldirdi. Boz ustiga, oftobday charaqlab turgan bu qizchaning guruhdosh o‘rtoqlari Mushtariy Jo‘raboyeva, Ziyoda Solijonova, Mubina Ibrohimova, Zilola Ma’rufjonovalar ham raqs bobida ilk qadamlarini Dildora bilan yelkadoshlikda tashlashmoqda.  Tadbir davomida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot va shuningdek, musiqiy rahbarlar jo‘rligidagi jonli konsert ishtirokchilar davrasiga ko‘tarinki zavq va shukuh baxsh etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida sohada pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘quv-amaliy seminarda Agentlik tasarrufidagi 2 ta oliy ta’lim muassasalari Toshkent shahridagi Puchon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahri filiali, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda 91 ta pedagogika kollejlari rahbarlari ishtirok etishdi. 2 ta bosqichda o‘tkazilgan mazkur seminarda dastlab davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ijrosi bu borada maktabgacha ta’lim sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirishda bajarilishi kerak bo‘lgan birinchi galdagi vazifalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Shin Agrippina Vasilevna amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarga toʻxtaldi. Jumladan, bugungi kunda agentlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida 2 640 nafar talabalar, pedagogika kollejlarida 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 44 522 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Ularda ta’lim sifati holati moddiy-texnik bazadan samarali foylanish, ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olib zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar talablari asosida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda maktabagacha ta’lim sohasida o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlayotgan pedagogika kollejlari faoliyatini rivojlantirishda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar hamda ularni yangi bosqichga olib chiqish muhim qadam ekanligi aytib o‘tildi.    Shundan keyin, pedagogika kollejlarida 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi tahlil qilindi. Toshkent shahridagi Puchon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahri filiali, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hisobotlari eshitildi.  Kunning ikkinchi yarmida, o‘quv seminar doirasida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida pedagogika kollejlari direktorlari uchun ta’lim jarayonini tashkil etishdagi o‘zini oqlab kelayotgan an’anaviy hamda zamonaviy tendensiyalarga alohida e’tibor qaratish bu borada lozim bo‘lgan asosiy vazifalar bo‘yicha seminarlar tashkil etildi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion laboratoriya faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, o‘quv-amaliy seminar davomida pedagogika kollejlarini faoliyati samaradorligi bo‘yicha toifalarga kirish ehtimollari ko‘rib chiqildi hamda direktorlarga bu borada qisqa kirish seminar o‘tkazildi. O‘quv-amaliy seminar yakunida muammolar o‘rganildi, fikr-mulohazalar, takliflar eshitildi.              

Maktabgacha ta'lim agentligi
Press-tur

PRESS-TUR Ma’lumot uchun : 2024-yilda Samarqand viloyatida DMTT (davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) soni 759 taga, Nodavlat MTTlar soni 61 taga, DXSH (davlat xususiy sherikchilik) asosidagi MTTlar soni 135 taga, oilaviy MTTlar 3 262 taga ko‘payib, jami MTTlar soni 4 217 taga yetkazilgan. Ularda 356 760 nafar 3-7 yoshli bolalarning 255 777 nafari tarbiyalanmoqda. Natijada qamrov darajasi 69,0 foizga yetkazilgan.  2024-yilda Samarqand viloyatda 3-7 yoshli bolalar qamrovini 69,0 foizdan 72,1 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 268 ta yangi tashkilotlar, shundan 8 ta davlat, 5 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 325 ta oilaviy nodavlat MTTlarni tashkil etish orqali 12 614 nafar bolalarni qamrab olish,   • 10 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhlarini tashkil etish va ularga 250 nafar bolalarni qamrab olish; • 50 ta bir yillik bepul majburiy maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etish va ularga 971 nafar 6 yoshli bolalarni qamrab olish; • Homiylik mablag‘lari hisobidan 26 ta bo‘sh guruh xonalarni ta’mirlash hisobiga 580 o‘rinli yangi quvvat yaratish natijada, qo‘shimcha 14 165 nafar 3-7 yoshli bolalarni qamrab olish orqali qamrov darajasini 1 foizga oshirish rejalashtirilgan.  

Вид сайта
Размер шрифта