Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha ta'lim agentligida xalqaro hamkorlik doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

news-detail

Maktabgacha ta'lim agentligida Maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V. Shin va Jahon bankining Janob Xiroshi Saeki boshchiligidagi missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda tomonlar "O'zbekistonda bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" qo'shma loyihasini amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.

Janob Xiroshi Saeki loyihani amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni yuqori baholadi va ushbu loyiha mintaqada eng muvaffaqiyatli amalga oshirilganlardan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, ushbu loyiha ko'plab mamlakatlarning e'tiborini jalb qilgani, xususan, Ozarbayjon o'z mamlakatida shunga o'xshash loyihani amalga oshirishdan manfaatdor ekanligi, Tojikiston delegatsiyasi esa o'rta muddatli istiqbolda loyihamiz bilan amaliy tanishish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani ta'kidlandi. 

Shu bilan birga, chet el tomoni Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatini Jahon banki jamoasi O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'limini rivojlantirishga qaratilgan yangi istiqbolli loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda birgalikda konstruktiv ishlarni davom ettirish niyatida ekanligiga ishontirdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar ushbu uchrashuv tashkil etilgani va o'tkazilgani uchun bir-birlariga minnatdorchilik bildirib, samarali hamkorlikni davom ettirishga o'zaro qiziqishlarini ma'lum qildilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта