Sayt test rejimida ishlamoqda

Osiyo-Tinch okeani xalqaro hamjihatlik ta'lim markazi (ingl. APCEIU) direktori bilan uchrashuv

news-detail

Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifning so'nggi kunida A.Shin Osiyo-Tinch okeani xalqaro hamjihatlik ta'lim markazi (ingl. APCEIU) direktori janob Lim Xyon Muk bilan uchrashdi.

Kun tartibidagi asosiy masala Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifali mintaqaviy markaz tashkil etishda  APCEIUning konsultativ ko'magi haqida bo'ldi.

25_2taraflar.jpg

Uchrashuv davomida janob Lim 2000-yilda  APCEIU tashkil etilish tarixi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, tashkiliy tuzilma, moliyaviy siyosat, loyihalar, xalqaro hamkorlik va global miqyosda ilgari surilgan tashabbuslar haqida to‘liq ma’lumot berdi.

25_1bino.jpg

APCEIU direktori O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U, ayniqsa, Toshkent deklaratsiyasining muhimligini va u kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’limni isloh qilish yo‘lida ko‘rsatma va strategiyalar to‘plami ekanligini, Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi esa O'zbekiston Respublikasining kuchli siyosiy irodasiga dalil ekanini alohida ta’kidladi. 

25_3koreyslar.jpg

APCEIU YUNESKOning dunyodagi yetakchi mintaqaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Osiyo-Tinch okeani tashabbuslari va boshqa mintaqaviy, xalqaro va global ta'lim sa'y-harakatlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini targ'ib qilish va mustahkamlash,  xalqaro hamjihatlik va global fuqarolik sohasida falsafa, o'qitish usullari va o'quv dasturlari bilan bog'liq tadqiqot va ishlanmalarni amalga oshirish bo'yicha 23 yildan ortiq tajribaga ega.

25_5prezent.jpg

Uchrashuv so‘ngida janob Lim Xyon Muk markaz bo‘limlari va xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mehmonlarni markaz bo‘ylab ekskursiyaga taklif qildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan, taʼlimni rivojlantirish va BRM-4ga erishishga hissa qoʻshish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта