Sayt test rejimida ishlamoqda

#Faxr #II_darajali_Soglom_avlod_uchun_ordeni #Shuhrat_medali

news-detail

Kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra,  maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar davlat mukofoti bilan quyidagilar:

Tadjibayeva To‘lqinoy Obidjonovna - Oltiariq tumanidagi 19-maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi, Farg‘ona viloyati

II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan;

Xudoyberdiyeva Gulbahor Saydahmatovna - Arnasoy tumanidagi 5-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Jizzax viloyati

"Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта