Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha maʼlumotlar

news-detail

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi (STJ) oʻrtasida 2020-yil 17-dekabrda 41 mln. Saudiya riyali qiymatidagi (10,9 mln. AQSH dollari ekvivalentida) 774/11-sonli “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi qarz bitimi imzolangan. Shunga koʻra, 2021-yil 3-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 416-sonli qarori bilan umumiy qiymati 153,4 mlrd. soʻm boʻlgan 41 ta loyihalarni shundan 50,9 mlrd. soʻm tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan hamda 112,5 mlrd. soʻm (41 mln Saudiya riyali (10,9 mln. AQSH dollari ekvivalentida)) STJ kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur loyiha doirasida mablagʻarini tadbirkorlarga qayta kreditlash maqsadida 3 tomonlama, yani Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi hamda 9 ta tijorat banklari bilan bitimlar imzolangan.

Amalga oshirilgan monitoring natijalariga koʻra, bugungi kunda 41 ta loyihadan 18 tasida tadbirkorlar oʻz mablagʻlari hisobidan 25% dan ortiq ishlar bajarilgan, 21 ta loyihada 25% dan kam boʻlgan ishlar bajarilgan, 2 ta loyihada ishlar boshlanmagan.

Hozirgi kunda 8 ta loyiha boʻyicha resurs mablagʻlarini olish yuzasidan tijorat banklari tomonidan STJga 2,96 mlrd. soʻm miqdorida avans toʻlovlarini amalga oshirish uchun toʻlov taʼlabnomalari yuborilgan, moliyalashtirilishi kutilmoqda.

Loyihani amalga oshirish natijasida 4870 nafar bolalar maktabgacha taʼlim muassasalariga jalb qilinishi hamda 390 ga yakin ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.

по проекту «Совершенствование раннего развития детей младшего возраста» с участием МАР.docx

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan markazlashgan mablagʻlar hisobidan 2023-yilda xarid qilinishi rejalashtirilgan jihozlar toʻgʻrisida ma'lumot

2023 йилда харид килиниши режалаштирилган жихозлар.pdf

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Maktabgacha ta'lim agenligi rahbar xodimlarining 2023-yil I chorak uchun xizmat safari hisobotlari

2023 йил 1-ярим йиллик хизмат сафари.xlsx

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Maktabgacha ta'lim agenligining 2023-yil I chorak uchun byudjetdan moliyalashtirilgan mablag'lar va uning ijrosi to'g'risida hisobotlar

МТТ учун бюджетдан молиялаштирилган маблағлар 1.pdf МТТ учун бюджетдан молиялаштирилган маблағлар 2.pdf МТТ учун бюджетдан молиялаштирилган маблағлар 3.pdf

Вид сайта
Размер шрифта