Sayt test rejimida ishlamoqda

“NUTQ, O‘QISH VA YOZISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH” elektron o‘quv dasturi

news-detail

   Elektron o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 10 oktabrdagi PF-6084-son farmoni bilan tasdiqlangan “2020 — 2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020 — 2022 yillarda amalga oshirish dasturi”ning 20.1-bandi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.

   Elektron o‘quv dasturi - nazariy materialni mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, har qanday hajm va turdagi maʼlumotlarni istalgan masofadan uzatish samaradorligini oshiradi hamda axborotni kompyuter xotirasida saqlash, buning yordamida uni tahrirlash va qayta ishlash imkonini beradi.

   Mazkur elektron o‘quv dasturidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagoglari, ota-onalar va ushbu soha mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

 

ELEKTRON O‘QUV DASTURI VA UNDAN FOYDALANISH

Nutq, o’qish va yozish malakalarini rivojlantirish.exe

   Elektron o‘quv dasturi - bu dasturiy vositalardan foydalangan holda maʼlumotlarni elektron shaklda taqdim etishga mo‘ljallab yaratiladigan dastur. Hozirgi kunda deyarli barcha axborotlar va darsliklar elektron shaklga o‘tkazilgan va biz bundan samarali foydalanib kelmoqdamiz. Elektron dasturlarning bir nechta afzalliklari mavjud bo‘lib, ulardan biri bugungi raqamlashib borayotgan jamiyatning barcha sohalaridagi maʼlumotlar oqimining raqamli bosqichga o‘tishi, jumladan taʼlim tizimida darsliklarni va ilmiy manbalarni elektron dasturlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali yuklab olish hamda kasbiy faoliyatda samarali foydalanish imkonini beradi.

   Ushbu elektron o‘quv dastur AutoPlay media studio dasturi orqali yaratilgan bo‘lib, ushbu dasturning «exe» varianti saytdan yuklab olinganidan so‘ng, dastur ustiga bosiladi hamda quyidagi oyna ochiladi.

dastur.jpg

   Unda «Zapustit» tugmasi bosiladi va ushbu interfeys oynasi ochiladi.

dastur1.jpg

   Ushbu oynada biz rasmda belgilangan bo‘limga kiramiz. Shundan so‘ng dastur bizga elektron o‘quv qo‘llanmani ochib beradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov oltita nominatsiya, “Eng yaxshi metodist”, “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”,“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” bo‘yicha tashkil etildi. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishgan edi. Hududiy bosqichdan tanlovning respublika bosqichiga jami 82 nafar ishtirokchi yo‘llanma olishib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bellashishdi. Shundan, 6 ta nominatsiya bo‘yicha 18 nafar ishtirokchi I, II, III o‘rinlarni egallashdi. I, II, III o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga Maktabgacha ta’lim agentligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari berilib, shu bilan birga: I o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 12 mln. so‘m; II o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 8 mln. so‘m III o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 5 mln. so‘m miqdorida pul mukofotlari taqdim etildi. Shuningdek, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyalarida I, II, III o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga  davlat granti asosida  oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun yo‘llanma berildi. Tanlovning qolgan ishtirokchilariga Maktabgacha ta’lim agentligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya boshqarmasi maslahatchisi janob Xan Vansyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.  Tashrifdan maqsad davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishish, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Xitoy elchixonasi tomonidan qo‘shma loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotiga taqdim etilgan texnik uskunalardan foydalanish jarayonining bolajonlar uchun muhim jihatlarini kuzatishdan iborat edi. Xitoy tomoni o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini oshirish, innovatsion yechimlar sonini ko‘paytirishni ko‘rib chiqish hamda maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan keyingi dasturlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda Xitoy elchixonasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirgi Agentlik) hamkorligida “Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini innovatsion uskunalar bilan ta’minlash” loyihasi amalga oshirilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта