Sayt test rejimida ishlamoqda

Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

news-detail

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida Koreya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Kim Xi-Sang hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.111111.jpg

Suhbat chogʻida tomonlar maktabgacha taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston-Koreya munosabatlarining bugungi va ertangi kelajagini yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishdi.22222.jpg

Koreya delegatsiyasi rahbari oʻz nutqida maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirishda oʻzaro manfaatli hamkorlikni oshirish tarafdori ekanini alohida taʼkidladi.

55555.jpgMehmonning fikricha, maktabgacha taʼlim sohasidagi hamkorlik loyihalarni samarali amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyatining maktabgacha taʼlim tizimiga eʼtibori ortib borayotgan bir paytda, Koreya tomoni KOIKA loyihasi doirasida Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish uchun kompleks markazni qurish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga bu borada har tomonlama yordam koʻrsatishini alohida taʼkidladi.66666.jpg

Oʻz navbatida janob Kim Xi-Sang Koreyaning EBS bolalar taʼlim telekanali va Oʻzbekistonning «Aqlvoy» telekanali oʻrtasida aloqalarni mustahkamlashda Maktabgacha taʼlim vazirligiga koʻmaklashish uchun tayyorligini bildirdi.

Xususan, janob Kim Xi-Sang Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan barcha bolalar turli oʻquv animatsion filmlarni tomosha qilish imkoniga ega boʻlishlari uchun telekanallar oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolanishini taʼminlashga vaʼda berdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim jarayonini rivojlantirish yoʻlidagi hamkorlik ishlarini davom ettirish toʻgʻrisida kelishib olishdi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта