Sayt test rejimida ishlamoqda

“Tabiat bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi gʻoliblarni taqdirlash hamda tashkil etilgan respublika koʻrgazmasining ochilish marosimi haqida

news-detail

“Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha qisqa (2021-2023-yillar) va oʻrta muddatli (2023-2025-yillar) chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”ning 44-bandiga muvofiq “Xalqaro Yer sayyorasi kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovi va Respublika koʻrgazmasini tashkil etish” vazifasi belgilangan.

2.jpgMazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining maktabgacha ta’lim tashkiloti, tuman (shahar), viloyat bosqichlari oʻtkazilib, hududiy boʻlinmalar bosqichida gʻolib deb topilgan rasmlar Respublika bosqichiga taqdim etilgan.3.jpg

Joriy yilning 29-aprel kuni Mirobod tumanida joylashgan 34-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi gʻoliblarni taqdirlash hamda tashkil etilgan “Tabiat bolalar nigohida” respublika koʻrgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.4.jpg

Mazkur tanlov Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan hududlarda, “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazildi.6.jpg

Tanlov va koʻrgazmaning:

  • davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1-bosqichi 10-20-mart kunlari;
  • tuman (shahar) 2-bosqichi 20-30-mart kunlari;
  • hududiy boshqarma 3-bosqichi 1-10-aprel kunlari oʻtkazildi.7.jpg

Tanlov va koʻrgazmaning Respublika bosqichida 14 ta hududdan 3 tadan yuborilgan umumiy 42 ta rasmlar ishtirok etadi.

Shu yilning 27-aprel kuni Respublika bosqichiga taqdim etilgan 14 ta hududdan yuborilgan jami 42 ta rasmlar turli vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat komissiya aʼzolari tomnidan baholandi hamda I, II, III oʻrin va nominatsiyalar gʻoliblari aniqlandi. Jumladan:

I oʻrin - Dadamirzayev Gʻanimirza, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani,
9-son DMTT

II oʻrin - Saloxiddinova Xurshida, Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani,
5-son DMTT

II oʻrin - Xudayberganova Ziyoda, Xorazm viloyati Yangibozor tumani,
17-son DMTT

III oʻrin - Tavakallova Shaxnoza, Buxoro viloyati Romitan tuumani, 29-son DMTT

III oʻrin - Roʻzimov Shaxzodbek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqal’a tumani,

3-son DMTT

III oʻrin - Abdusalomova Dilnozaxon, Toshkent shahri Uchtepa tumani,
360-son DMTT

Oʻrin olgan va nominatsiyalar gʻoliblari vazirlikning diplom, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Nominatsiyalar g'oliblari.docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта