Sayt test rejimida ishlamoqda

Tender oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon

news-detail

Tender nomi: Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga mebel va boshqa jihozlarni elektron shaklda xarid qilish.

Tender predmeti (tovar) – 2023-yilda Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini mebel va boshqa jihozlar bilan taʼminlashni tashkil etish.

Tender tashkilotchisi: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi.

Tenderda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, mebel va boshqa jihozlarni ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda lot boʻyicha koʻrsatilgan miqdorlarda ishlarni bajarish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Tender savdolari ishtirokchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, ishlarni bajaruvchi obyekti hisoblangan yuridik shaxs boʻlishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi hamda tender hujjatlarida koʻrsatilgan talablarni bajarishi kerak.

Tender ishtirokchilari maxsus axborot portaliga (https://etender.uzex.uz/home) joylashtirilgan elektron shakldagi tender hujjatlarini yuklab olishlari va unda koʻrsatilgan talablar bilan tanishib chiqqan holda oʻz takliflarini topshirishlari lozim. Tenderda takliflarning shakli va topshirish shartlari tender hujjatida koʻrsatilgan.

Tender takliflari elektron shaklda taqdim etiladi, tender hujjatlarida koʻrsatilgan
1–shaklga muvofiq tenderda ishtirok etishga ariza bilan qabul qilinadi.

Avans toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 90 (toʻqson) kalendar kun muddatda jihozlarni tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga yetkazish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish Tender gʻoliblaridan talab etiladi.

Tender jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tender ishtirokchilari, eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Maktabgacha taʼlim agentligining quyidagi manzili boʻyicha murojaat qilishlari mumkin:

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani,

Amir Temur shoh koʻchasi 17-uy, tel: (+99891 010-71-77).

e-mail : equip@mpe.uz

Masʼul: B.Nabixoʻjayev, J.Mamanazarov

Tender ishtirokchisi mahsulot namunalarini eʼlon muddati tugagunga qadar (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) taqdim etishi lozim.

Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Oqdaryo koʻchasi 122-uy,
tel.: (+99891 010-71-77)

Tender takliflari maxsus axborot portalida koʻrsatilgan sanadan kechiktirilmagan holda elektron shaklda taqdim etilishi lozim.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта