Xalqaro hamkorlik
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’limning yangi shakli bolalarni o‘qishga tizimli tayyorlaydi

Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasini rivojlantirish rejasiga muvofiq, Jahon banki bilan hamkorlikda yurtimizning olis tumanlari va chekka hududlarida maktabgacha ta’limning yangi — muqobil shakllari amaliyotga tatbiq etildi. Jumladan, Namangan viloyati Kosonsoy pedagogika kolleji va Samarqand viloyati Tayloq pedagogika kollejida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida tajriba-sinov tariqasida har biri 20 ta rivojlantiruvchi o‘yin guruhini o‘z ichiga olgan “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi  Янги Ўзбекистон №147.pdf

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
SHHTga a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusidagi Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

1-iyun  Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda SHHTga a’zo davlatlar bolalari orasida ekologik savodxonligini oshirish, tabiatni muhofaza qilish, ularni tasviriy san’at va badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yosh rassomlarni aniqlash maqsadida SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari o‘rtasida joriy yilning 30 - may – 2 - iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida  “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan edi. Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rgazmada ishtirok etgan va g‘olib deb topilgan asarlar aniqlandi. Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi binosida tashkilotchilar tomonidan “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti”, “Eng yaxshi yosh qatnashchi”, “Eng faol ustoz”, “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi”, “Eng faol viloyat”, “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyalari bo‘yicha  g‘oliblariga O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov,  O‘zbekiston  Respublikasi  maktabgacha  va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agripinna Shin, Toshkentdagi “Свiтанак” Belarus madaniyat markazi raisi Tatarenko Galina Aleksandrovna, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Janob Chi Junlin va Xitoy elchixonasining ikkinchi kotibi U Menin xonim mukofot va diplomlarni topshirishdi.                          “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida g‘oliblar quyidagilar: “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti” nominatsiyasi g‘olibi O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar, Sergeli tumani, 539-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Madina Umrzokova (7 yosh). "Eng yaxshi yosh ishtirokchi" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi Grodno shahri vakili Artur Skorov (6 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga topshirildi) "Eng faol ustoz" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi, Bixov shahridagi "Moskalkova N.T." nomidagi davlat ta'lim muassasasi 3-umumta'lim maktabi o'quvchisi Gubskiy Dmitriy (10 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi). “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi” nominatsiyasi g‘olibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Artikboyev Nurislom. “Eng faol viloyat” nominatsiyasi g‘olibi Navoiy viloyati, Navoiy shahar 20- sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi  E’zoza Hikmatova. “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyasi g‘olibi – Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Badiiy Akademiyasi Bolalarni estetik tarbiyalash ilmiy markazi tarbiyalanuvchisi Vu Sixan.  (Sovrin Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi) Tadbirda davomida keyingi yillarda “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasini SHHTga a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti tarbiyalanuvchilari o‘rtasida hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasida memorandum imzolandi.   Tadbir yakunida doirasida  Toshkent shahridagi bir qator davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqa va raqs dasturlari namoyish etildi.   Eslatib o ‘tamiz: SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida joriy yilning 30-may – 2-iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida o‘tkazilgan  “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Tojikiston, Belorusiya Respublikalari va  Xitoy Xalq Respublikasi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning ijod mahsuli bo'lgan 1000dan ortiq rasmlar ishtirok etib, shundan 300dan ortiq rasmlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijod mahsuli edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Samarqandda kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, uyga tashrif dasturi bo‘yicha seminar - trening bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha ta’limi agentligi hamda Jahon banki hamkorligida bolani erta rivojlantirish loyihasiga ko‘ra,  "Ilk rivojlanish markazlari" pedogoglari malakasini oshirish maqsadida Reach Up: kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, uyga tashrif dasturi bo‘yicha 3-14-iyul kunlari Toyloq tumanidagi markazda seminar-trening tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, "Ilk rivojlanish markazlari" respublikamizning Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida hamda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda birgina Samarqand viloyatidagi markazda 777 nafar kam ta’minlangan oilalarning farzandlari va 46 nafar alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar tarbiyalanmoqda.   Seminarda Namangan va Samarqand viloyatidagi markazlarning pedogoglariga 10 kun davomida Vest-Indiya Universiteti trenerlari Kristina Pouel va Syuzan Chang-Lopeslar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.  Shu o‘rinda Reach Up dasturi haqida: Ushbu dastur kam ta’minlangan, sharoiti yaxshi bo‘lmagan, ta’lim olish qiyin oilalar hamda alohida ta’lim ehtiyoji bor yosh bolalarning ota-onalari uchun mos keladigan samarali, dastur bo‘lib, u bolaga erta yoshdan ta’lim olishga yordam berishdir. Erta bolalikni tarbiyalash dasturi yamaykalik Salli Grantem-MakGregor tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu dastur Bangladesh, Kolumbiya va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli moslashtirildi va baholandi, bu bolalar rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.Quyida "Ilk rivojlanish markazlari"  pedogoglarining malakasini oshirishdagi seminar-trening jarayonidan lavhani ko'rishingiz mumkin:

Maktabgacha ta'lim agentligi
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim hamda Parijdan tashrif buyurgan YUNESKO missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

12-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim, Parijdan tashrif buyurgan YUNESKO tadqiqot missiyasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar Toshkentda o‘tkazilgan “Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning YUNESKO shafeligida 2-toifali mintaqaviy markazni ochish bo‘yicha bergan taklifini amalga oshirishga qaratilgan masalalarni ko'rib chiqishdi. Shuningdek, uchrashuvning kirish qismida tomonlar jahon konferensiyasi davomida YUNESKOga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan YUNESKOning Toshkent deklaratsiyasiga kiritilgan shartlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin tomonidan O‘zbekistonda tashkil etilishi kutilayotgan 2-toifali  mintaqaviy markazga maktabgacha ta’lim bilan birgalikda maktab va oliy ta’limni rivojlantirish masalalarini kiritilishi lozimligi to‘g‘risida”gi taklif kiritildi. Yig‘ilishning asosiy qismi hududiy markazni ochish bo‘yicha kelgusidagi harakatlarni muhokama qilishga qaratildi. Mazkur markazni ochish uchun texnik-huquqiy shart-sharoitlarni tayyorlash bo‘yicha ham vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha missiyaning loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi bilan birgalikdagi faoliyatini davom ettirishi qayd etildi va missiya yakunida yakuniy yig‘ilish tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro hamkorlik

12-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin Islom taraqqiyot banki missiyasi, YUNISEF, YUNESKO hamda Respublika ilmiy-metodik markazi vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasida ta’limni rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashdi. Xalqaro ekspertlar ham ishtirok etgan uchrashuvda tomonlar “O‘zbekiston Respublikasida 2023-2026 yillarda amalga oshiriladigan ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish”ning yangi loyihasi doirasida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish”ga oid masalalarni muhokama qildilar. Loyiha maqsadi: Loyiha Hamkorlik kelishuvi hujjatida belgilangan umumiy ustuvorliklarni, jumladan, sifatli ta’limdan teng foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Loyihaning ta'siri ixcham hujjatdan quyidagicha namoyon bo'ladi: "2026-yilga kelib, barcha qizlar va o'g'il bolalar samarali, hisobdor va inklyuziv ta'lim tizimida kompetentsiyaga asoslangan ta'lim sifatidan foydalanadilar". Kun tartibida maktabgacha ta'lim sifatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni muvofiqlashtirish va xarajatlarni tarkibiy qismlarga ajratish vazifasi qo‘yildi. Tomonlar, shuningdek, har bir kichik komponent bo‘yicha faoliyatning barcha texnik va tashkiliy tafsilotlarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryoda "Mehribonlik korpusi" tomonidan erishilgan natijalar tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamkorligida "Mehribonlik korpusi" tomonidan Surxondaryo viloyatida "Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati" mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, "Mehribonlik korpusi" vakillari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, pedagog va metodistlari ishtirok etib, o‘zaro fikr, tajriba almashishdi. Konferensiyada pedagoglar va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mentorlar (murabbiylar) hamda“Mehribonlik Korpusi” tomonidan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining salohiyatini oshirish dasturi doirasida bolalarda ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish doirasida o‘tkazilayotgan amaliy ishlarning yutuqlari haqida ba’tafsil ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, mentorlik (murabbiylik) dasturi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini salohiyatini oshirish va bolalarning ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish uchun jamiyat va oilani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish,  Maktabgacha yoshdagi bolalarda gigiyena va sog‘lom turmush tarzi hamda to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.  Trenerlarning mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlari yig‘ilganlarda iliq tasssurotlar qoldirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#iqtibos #Aqlvoy_avtobuslari

“Euronews” telekanali orqali “Aqlvoy” avtobuslari haqidagi reportajni ko‘rib,  mamlakatning chekka hududlaridagi bolalarni qamrab olish qaroridan hayratda qoldim. Bugun esa men Samarqand viloyatidagi tashrifimiz davomida o‘z ko‘zim bilan noyob loyihani ko‘rdim, shuningdek bizda hali mavjud bo‘lmagan erta rivojlanish markazlarida ham bo‘ldim. Bugun biz qardosh mamlakatlarimiz bilan maktabgacha ta’lim sohasida hamkorlik qilib, tajriba o‘rganayotganimizdan juda xursandmiz!  Tojikiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Majidiy Yusuf “Euronews”  telekanalida efirga ketgan “Aqlvoy” avtobuslari haqidagi reportajni ko‘rishingiz mumkin: https://is.gd/AvHGDF          

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jahon bankining ta’lim bo‘yicha vakili moderatorligida maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun seminar o‘tkazildi

Kuni-kecha Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Maktabgacha ta’lim agentligi mutaxassislari, Toshkent shahridagi Puchon universiteti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali vakillari  uchun “Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Jahon bankining ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Sherri Le Motti xonim moderatorlik qildi. Seminarda muhim masalalarni muhokama qilishda ishtirokchilarni faol jalb etgan holda interaktiv shaklda o‘tkazildi. Seminar davomida ishtirokchilar - Nima uchun erta bolalik rivojlanishining sifati muhim? Erta yoshdagi bolalarning ta’lim sifatini qo‘llab-quvvatlashda – maktabgacha ta’lim tarbiyachisining roli nimada?  kabi ko‘plab savollar muhokama qilindi. Seminar natijalari va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosida masofaviy ta'lim sifatining asosiy tarkibiy qismlari: ta’lim muhiti, masofaviy ta’lim pedagogining kasbiy darajasi, mavjud o‘quv qo‘llanmalarining ahamiyati va o‘ylangan, xavfsiz o‘yin maydonlari haqida fikr almashinildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Farg'onada "Bebbo" mobil ilovasini tizimga joriy etish yuzasidan o'tkazilgan o'quv-amaliy seminarlarida 900 nafardan ziyod tizim xodimlari ishtirok etdi

Farg'ona viloyati shahar va tumanlarida Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi “Bilim Makon” Innovatsion markazi hamda BMTning “YUNISEF” Bolalar fondi bilan hamkorligidagi "Bebbo" nomli mobil ilovani tizimga joriy etish yuzasidan o'quv-amaliy seminarlari bo'lib o'tdi.  Joriy yilning 5-9-iyun kunlari bo'lib o'tgan mazkur seminarning yakuni Qo'qon shahridagi Pedagogika kollejida bo'lib o'tdi. Unda Qo'qon shahri va atrof tumanlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan metodistlar ishtirok etdi.  Seminarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi uchun moslashtirilgan “Bebbo” mobil ilovasini tizimda qo'llash, uning afzalliklari, ilova ichiga joylashtirilgan onlayn boshqarish funksiyalarini ishlatish haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari bolakadem.uz platformasidan foydalanish yuzasidan ham qo'shimcha bilimlarga ega bo'ldi.   Besh kun davom etgan mazkur o'quv-amaliy seminarlarda Farg'ona viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 900 nafardan ziyod tizim xodimlari ishtirok etdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligida xalqaro uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha ta'lim agentligida 2023-yil 6-iyun kuni agentliк direktori o'rinbosari N. X. Muslitdinovning DXSH boshqarmasi direktori Janob Takeo Koike boshchiligidagi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston Respublikasi bo'ylab maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyiha bo'yicha tayyorgarlik ishlarining borishini muhokama qildilar. Uchrashuv DXSH shaklidagi loyihalarni amalga oshirish sohasidagi milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida konstruktiv tarzda o'tkazildi. Shuningdek, qo'shma loyihani texnik va huquqiy qo'llab-quvvatlash, uni amalga oshirish mexanizmlari bo'yicha fikr almashildi, shuningdek tomonlar kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar. Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligida xalqaro hamkorlik doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha ta'lim agentligida Maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V. Shin va Jahon bankining Janob Xiroshi Saeki boshchiligidagi missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda tomonlar "O'zbekistonda bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" qo'shma loyihasini amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar. Janob Xiroshi Saeki loyihani amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni yuqori baholadi va ushbu loyiha mintaqada eng muvaffaqiyatli amalga oshirilganlardan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, ushbu loyiha ko'plab mamlakatlarning e'tiborini jalb qilgani, xususan, Ozarbayjon o'z mamlakatida shunga o'xshash loyihani amalga oshirishdan manfaatdor ekanligi, Tojikiston delegatsiyasi esa o'rta muddatli istiqbolda loyihamiz bilan amaliy tanishish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani ta'kidlandi.  Shu bilan birga, chet el tomoni Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatini Jahon banki jamoasi O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'limini rivojlantirishga qaratilgan yangi istiqbolli loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda birgalikda konstruktiv ishlarni davom ettirish niyatida ekanligiga ishontirdi. Muzokaralar yakunida tomonlar ushbu uchrashuv tashkil etilgani va o'tkazilgani uchun bir-birlariga minnatdorchilik bildirib, samarali hamkorlikni davom ettirishga o'zaro qiziqishlarini ma'lum qildilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda inklyuziv taʼlim amaliyotini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma Muvofiqlashtirish Kengashining 3-yigʻilishi

2023-yil 20-fevral kuni Maktabgacha taʼlim agentligida “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda inklyuziv taʼlim amaliyotini mustahkamlash” qoʻshma loyihasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma Muvofiqlashtirish Kengashining 3-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu loyiha 2021-yil 11-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasida imzolangan yigʻilish Bayonnomasi asosida amalga oshirilmoqda. Uchrashuvda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari A.Shin, JICA ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari S.Miyazaki, JICA ning Yaponiyadagi ofisi vakili M.Ivase, loyihani amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari ishtirok etishdi. Qoʻshma loyiha maxsus ehtiyoji bor bolalar taʼlimi sohasidagi bilim va koʻnikmalar asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari va boshlangʻich maktablarning oʻqituvchilarini maxsus va inklyuziv taʼlim boʻyicha oʻqitishning institutsional asoslarini yaratishga qaratilgan. Muvofiqlashtirish Kengashining yigʻilishida loyiha doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi va yanada samarali hamkorlikdagi faoliyat uchun keyingi qadamlar belgilandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
JICA ofisi direktori oʻrinbosari Michiyo Ivase bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2023-yil 20-fevral kuni Maktabgacha taʼlim agentligida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari A.Shin hamda Yaponiyaning JICA ofisi direktori oʻrinbosari Michiyo Ivase bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda JICA kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari oʻrinbosari Yoshimaso Takemura, JICA kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha maslahatchisi Xiroyuki Xasegava, qoʻshma loyiha jamoasi rahbari Koxey Xoriba ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Agrippina Shin Yaponiya Oʻzbekiston Respublikasining strategik hamkori ekanligini va mamlakatlarimiz oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishning muhim sohalarida mustahkam aloqalar oʻrnatilganini taʼkidladi. Maktabgacha taʼlim sohasida, shu jumladan xalqaro hamkorlik sohasida erishilgan natijalar haqida qisqacha maʼlumot berildi. Shu bilan birga, Maktabgacha taʼlim vazirligining qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Yaponiya hukumat va nodavlat tashkilotlari bilan oʻrnatilgan hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar 2021-yil iyun oyida boshlangan JICA “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda inklyuziv taʼlim amaliyotini mustahkamlash” qoʻshma texnik hamkorlik loyihasini amalga oshirish bosqichlarini muhokama qildilar. Agrippina Shin maxsus ehtiyojga ega bolalar taʼlimi sohasida ilgʻor yapon tajribasini joriy etish nuqtayi nazaridan maktabgacha va boshlangʻich taʼlim sifatini oshirishga hissa qoʻshishda JICA ning qoʻllab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirdi, shuningdek, JICA bilan taʼlim sohasida hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini maʼlum qildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

7 yil 2022-iyul kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shinning Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim va Fransiya elchixonasining taʼlim va universitetlarda hamkorlik boʻyicha attashesi Janob Serj Bellini bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar maktabgacha taʼlim sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi. Bushez xonim Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Fransiya Inklyuziv taʼlim Milliy instituti oʻrtasida vazirlik delegatsiyasining Parijga soʻnggi tashrifi chogʻida tuzilgan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanganini olqishladi. Uchrashuvda tomonlar inklyuziv taʼlim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, ushbu sohaga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yangi metodikani joriy etish orqali fransuz tilini oʻqitish, shuningdek, fransuzlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, shuningdek Fransiya taʼlim telekanali va “Aqlvoy” telekanali oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Oʻzbekistonda fransuz modeli asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish imkoniyati toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan Fransiya Respublikasi oʻrtasida maktabgacha taʼlim sohasida faol muloqotni davom ettirish uchun muntazam ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi toʻgʻrisida oʻzaro fikr almashdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
EduLink Global kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati Bosh Ijrochi direktor Chungrim Xon boshchiligidagi Koreyaning EduLink Global kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Koreya tomoni tomonidan begʻaraz asosda ishlab chiqilgan va yosh bolalarni tarbiyalash va oʻqitish masalalari boʻyicha oʻqituvchilar, ota-onalar, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun maʼlumot almashish uchun yagona axborot makonini ifodalovchi “S-Board” taʼlim platformasini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, ushbu uchrashuv doirasida pilot loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlariga ingliz tilini oʻqitish boʻyicha zamonaviy innovatsion oʻquv dasturlarini joriy etish va respublika maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolalari uchun ingliz tilida 10 000ta darslik ishlab chiqish va Maktabgacha taʼlim vazirligiga taqdim etish. Ushbu pilot loyihalar Koreya tomonidan begʻaraz yordam doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligiga maxsus yoʻriqnoma topshirdi

Sogʻliqni saqlash sifatini mustahkamlash orqali butun mamlakat boʻylab erta yoshdagi bolalarning rivojlanishini yaxshilash maqsadida, bugun UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligiga “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy yordamni tashkil etish” nomli 8100 ta yoʻriqnomani topshirdi. Maktabgacha taʼlim vazirligi, sogʻliqni saqlash vazirligi, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi UNICEF ning texnik koʻmagi bilan bolalar uchun xavfsiz va sogʻlom sharoitlarni taʼminlash uchun tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish maqsadida ushbu qoʻllanmani ishlab chiqdi. Mazkur nashr maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tibbiyot xodimlari uchun qʼollanma boʻlib, ular faoliyatining asosoiy turlarini qamrab oladi. Yoʻriqnoma toʻgʻri gigiyena, oziqlanish va profilaktika choralari, jumladan immunizatsiya boʻyicha muhim maʼlumotlarni jamlagan. Unda bolalarning oʻsishi va rivojlanishini nazorat qilish masalalariga, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. «Taʼlim dasturlarini samarali amalga oshirish uchun, avvalambor, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining barcha xodimlari bolaning salomatligi, jismoniy va ruhiy salomatligi toʻgʻrisida kundalik gʻamxoʻrliklari zarur,” dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin. Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimlari salohiyatini oshirishning navbatdagi bosqichi sifatida, UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligini onlayn taʼlim dasturini ishlab chiqishda qoʻllab-quvvatladi. Bu dastur qisqa vaqt ichida 8000 dan ortiq hamshiralarni qamrab olib, ularni oʻqitish imkonini beradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sammit doirasida UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Uchrashuvda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar muhokama qilindi. Ketrin Rassel shu yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Kichik bolalarni taʼlim va tarbiyalash boʻyicha II-Jahon konferensiyasi”ga taklif etildi.  Ketrin Rassel Oʻzbekiston hukumati tomonidan maktabgacha taʼlimning ahamiyatini xalqaro miqyosda targʻib etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi va Toshkentda global konferensiya taklif etilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Taʼlim yoʻnalishida xalqaro uchrashuv boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimkulov va Belarus Respublikasidagi respublika kasb-hunar taʼlimi instituti professori Arkadiy Shklyar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv jarayonida vazirlikning bir qator boshqarma boshliqlari hamda Xorazm viloyati hokim oʻrinbosari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida vazirlik vakillari Oʻzbekistonda Maktabgacha taʼlim vazirligining tashkil etilishi tarixi va Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimning hozirgi holati haqida qisqacha maʼlumot berishdi. Suhbat davomida belaruslik hamkorlarning diqqat markazida Oʻzbekiston hukumati tomonidan ushbu tizimga qaratilayotgan alohida eʼtibor boʻldi, mehmonlarning taʼkidlashicha, maktabgacha taʼlim tizimini alohida tizim qilib shakllantirilishi natijasida 5 yil davomida rekord darajadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining koʻpayishi va qamrovning oshishiga sabab boʻlgan. Bu albatta tahsinga sazovorligi mehmonlar tomonidan aytib oʻtildi. Shu bilan birga Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlimni rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshish yoʻlida qilinayotgan harakatlaridan xursandliklarini bildirishdi. Uchrashuv davomida Arkadiy Shklyar Xorazm viloyati, Urganch shahrida 140 gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Aqlli hudud”ning qurilish loyihasi haqida soʻzlab berdi. Belorus vakili Arkadiy Shklyar taʼkidlaganidek, “Aqlli hudud”ning asl maqsadi, hayot davomida taʼlim tizimini tashkil etishda turli xil taʼlim muassasalari va tashkilotlari (bolalar bogʻchalari, maktablar, kollejlar, markazlar, universitetlar va boshqalar) ning faoliyatini yaxlit bitta ekotizimga aylantirishdir. Ayni kunlarda ushbu taʼlim tizimlari deyarli bir-biri bilan bogʻliq emas, ammo Oʻzbekistondagi barcha taʼlim tizimlarida standartlashtirilgan taʼlim dasturlari olib boriladi.   Yangi ekotizim mavjud ekotizimni yoʻq qilmasdan, balki uni rivojlantirib, taʼlim tashkilotlariga, ish beruvchilarga va oʻquv jarayonining boshqa ishtirokchilariga yangi vazifalarni taklif qiladi. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar shaxs, iqtisodiyot va taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy muammolariga muvofiq ishlab chiqilishi kerak boʻlgan taʼlim-tarbiya tizimidagi sezilarli oʻzgarishlarga erishiladi hamda taʼlimga tayyorgarlikning sifati, mavjudligini oshirish vazifalarining ustuvor xususiyatiga ega boʻlgan tegishli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqadi. Shuningdek, ushbu taʼlim kompleksi ichida 1500 oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish rejalashtirilgan. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻziga xosligi shundan iboratki, maktabgacha taʼlim tashkilotining asl modelini amalga oshirishda, tarbiyalanuvchilar uchun ijtimoiy innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, STEM-taʼlim boʻyicha innovatsion dasturlarni ishlab chiqish va natijada “oʻrganishni oʻrgatish”ga qiziqishni ragʻbatlantirishga qaratilgan. Taʼlim jarayonida yuqori sifatni taʼminlash uchun quyidagi sharoit yaratish maqsadga muvofiqligi belgilangan, yaʼni: - “ Meta10I ” bolalarni oʻqitishning ilmiy - uslubiy tizim modelini bolaning qiziqishiga koʻra uning aql-idrokini rivojlantirish va tarbiyalanuvchilarning yuqori darajadagi bilim faoliyati, motivatsiyasini shakllantirish, undan foydalanish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni joriy etish; -interaktiv treninglar, seminarlar, muhokamalar va munozaralarni tashkil etish, oilaviy tarbiyada muvaffaqiyatli tajriba almashish boʻyicha davra suhbatlarini oʻtkazish orqali ota-onalarning psixologik-pedagogik mahoratini ularning talab va qiyinchiliklarini inobatga olgan holda oshirishni taʼminlash. Shu bilan birga, “Bolalar va yoshlar uchun qoʻshimcha taʼlim majmuasi” taqdimoti oʻtkazildi. Ushbu majmuada nafaqat oʻtmishning, balki kelajakda foydali boʻlgan texnologiyalar, kasblar zamonaviy yutuqlarning ham oʻrganilishi haqida aytib oʻtildi. Bundan tashqari, majmuada bolalarning yanada chuqur va ilgʻor bilimlarga ega boʻlishi, foydali koʻnikmalarga hamda jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirilishiga alohida eʼtibor berilishi taʼkidlandi. Bu oʻzaro chambarchas ijtimoiy-madaniy majmua ota-onalar va mahalliy hamjamiyat, shuningdek madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport, dam olish va boshqa ijtimoiy sohalar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilganligi bilan ahamiyatlidir.Majmua tarkibida koʻplab tarmoqlarning mavjudligi ayni muddaodir, chunki unda bolaning tashabbuskorligi, ijodiy fikrlash va nostandart yechimlarni topish qobiliyati, professional yoʻlni tanlash qobiliyati, oʻqish uchun butun hayot davomida izlanishdan toʻxtamaslik kabi ijobiy xislatlari shakllantiriladi.Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha qurilishini koʻrib chiqishga kelishib oldilar va mazkur “Aqlli hudud” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan maʼqullangandan soʻng, “Aqlli hudud”da maktabgacha taʼlim tashkilotini barpo etilishida, belaruslik hamkorlar texnik topshiriqlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berishlarini maʼlum qilishdi.Maktabgacha taʼlim vazirligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
20 ta MTTda quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi

“Mehribonlik korpusi” tomonidan 20 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (MTT) turli yuqumli kasalliklar patogenlari tarqalishining oldini olish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Mehribonlik korpusi loyihasi doirasida AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligining (USDA) moliyaviy koʻmagi bilan uskunalar sotib olindi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi yigirmata MTT da (har bir viloyatda 10 tadan) quyosh panellari asosida kompleks qoʻl yuvish stansiyalarining montaj ishlari toʻliq yakunlandi. Ushbu qoʻl yuvish stansiyalari mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olayotgan 3 mingdan ziyod oʻquvchi uchun iliq oqar suvdan foydalanish imkonini beradi. Quyosh panellari asosida qoʻl yuvish stansiyalarini oʻrnatish bilan birga 48 nafar texnik xodim “Mehribonlik korpusi” dasturi doirasida yangi uskunalardan toʻgʻri foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻqitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Pedagoglar guruhini tayyorlash” deb nomlangan qoʻshma loyihasining ochilishi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlikda 2022-yil 28-iyun kuni maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirokida “Pedagoglar guruhini tayyorlash” deb nomlangan qoʻshma loyihasining ochilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur loyihani vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimkulov, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektorining xalqaro aloqalar boʻyicha maslahatchisi Yuliya Komarova ochib berdi. Ochilishda A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori va masʼul xodimlar ham ishtirok etdi. Shu bilan birga, Bolalik instituti direktori Viktoriya Novitskaya bevosita ishtirok etdi. Loyihaning ochilish marosimidan soʻng, birinchi modul ishga tushirildi. Unda oʻqituvchilarimiz uchun 2 kun davomida onlayn asosida maktabgacha taʼlim tizimida bolalarga taʼlim-tarbiya jarayoni mavzularida oʻquv oʻtkaziladi. Shundan soʻng, taʼlim jarayonida ishtirok etayotgan mutaxassislarga uy vazifalari bilan taʼtilga chiqishlari va joriy yilning sentyabr oyida oʻquv mashgʻulotlarni davom ettirilishi va umumiy oʻqish muddati 6 oy davom etilishi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan: Muvaffaqiyatli oʻqishni tugatgandan soʻng, ularning barchasi A.I.Gersen nomidagi davlat pedagogika universitetining Rossiya diplomi va Maktabgacha taʼlim vazirligining sertifikati taqdim etilishi bildirildi. Rossiya Federatsiyasining Bolalik instituti dotsentlari ishtirokidagi maʼruzaning birinchi yarmini tinglandi. Oʻqish jarayonida oʻqituvchilarimiz 5 ta kichik guruhga boʻlinib, har bir oʻquv guruhiga 5 nafardan dotsent professor oʻqituvchilari biriktirilishi ogoxlantirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati Sankt-Peterburgga tashrif buyurdi

Sankt-Peterburgdagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti tashkil etilganining 225-yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida, Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati hozirda Sankt-Peterburgga tashrif buyurishgan. Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi maorif vaziri S.S. Kravsov bilan uchrashadi, Rossiya universiteti tashkil etilganining yubiley sanasiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, Rossiyaning yetakchi taʼlim markazlari “Isteʼdodlar akademiyasi” va “Raqamli texnologiyalar akademiyasi”ga tashrif buyurish va faoliyati bilan tanishishdir. Shu bilan birga, Rossiya tomoni bilan «Malыsh» loyihasi boʻyicha muzokaralar olib borish va «Komanda pedagogov «Komanda pod kluch» loyihasining dastlabki strategiyasi va konsepsiyasini muhokama qilish rejalashtirilgan.   Eslatib oʻtamiz, ushbu istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha memorandumlar 2021-yil 16-17-noyabr kunlari Moskva shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi doirasida imzolangan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Koreya Respublikasi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xon xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari va Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan hamkorlikda amalga oshirilayotgan S-board loyihasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrining Bektemir tumanida Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlariga moslashtirilgan dastlabki S-board dasturining 1.5-versiyasi eksperimental sinovdan oʻtkazildi. Toshkent shahri boʻylab, yil yakuniga qadar eksperimental sinovning keyingi bosqichlarida S-board dasturining 2.0 versiyasi sinovdan oʻtkaziladi. Eksperimental sinov jarayonlarida S-board dasturining yakuniy versiyasi ishlab chiqilib, keyinchalik respublikaning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida joriy etiladi. Shuningdek, Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi maktabgacha taʼlim tizimiga yangi ilgʻor innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni yanada joriy etishning turli yoʻnalishlarida Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdori ekanini alohida taʼkidladi. Xususan, “EdulikGlobal” kompaniyasi prezidenti Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi tashkilotlarida, Chungrim Xon xonim tomonidan ishlab chiqilgan - davlat xizmatchilari uchun ingliz tilini oʻrganadigan onlayn platformani ishga tushirishni taklif qildi. Mehmonlarning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida salmoqli natijalarga erishilgan, shu bilan birgalikda respublikada maktabgacha taʼlim tizimidagi yangi yutuq va innovatsion yechimlarga erishish yoʻlida olib borilgan ishlar maktabgacha taʼlim sohasida yuksak natijalarga erishish uchun zamin yaratilgan.   Muzokaralar natijasida Oʻzbekiston Respublikasida oʻquv jarayonini rivojlantirishda birgalikdagi ishlarni davom ettirish toʻgʻrisida tomonlar kelishib olishdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Learning Passport “Bolalik akademiyasi” raqamli platformasini optimallashtirish Oʻzbekistondagi 1,5 million bolaga naf keltiradi

Bugun UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Bilim Makon” axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan birga Learning Passport “Bolalik Akademiyasi” raqamli platformasini ishga tushirdi. Platforma Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.Learning Passport UNICEF va Microsoft hamkorligida yaratilgan boʻlib, moslashuvchan raqamli oʻquv platformasidir. Hozir platforma butun dunyo boʻylab millionlab bolalarning oʻqishini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatilmoqda.Mazkur platforma maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari; mashgʻulotlar rejalari; qoʻshimcha oʻqish uchun materiallar, raqamli taʼlim va tarbiya resurslari bilan taʼminlaydi. Bularning bari “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim davlat oʻquv dasturi va Oʻzbekiston Respublikasining erta va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi boʻyicha davlat talablari asosida ishlab chiqilgan.Maʼlumotlarga koʻra, bola miyasining 90 foizi 5 yoshga qadar rivojlanadi. Bu davrda ota-onalar va pedagoglar bolaga butun umri davomida taʼlim olishi uchun mustahkam poydevor qoʻyishda yordam berishlari mumkin. Buning uchun tarbiyalovchi va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratishlari, bola bu orqali oʻrganishi, rivojlanishi va yutuqlarga erishisha olishi zarur.“Ushbu ahamiyatli davr hayotda faqat bir marta keladi, shu bois u maktabgacha yoshdagi millionlab bolalar uchun juda muhimdir. Ular butun umri davomida erishadigan jismoniy va ruhiy natijalar, moliyaviy taʼminlanganlik darajasi aynan shu vaqt ichida koʻrsatiladigan yordamga bogʻliq”, dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin. Mazkur texnologik innovatsion gʻoya butun mamlakat boʻylab maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qatnashi yoki qatnamasligidan qatʼi nazar, yuqori sifatli oʻquv resurslaridan foydalanish imkonini beradi. “Maʼlumotlarga koʻra, aynan erta va maktabgacha yosh davrida sarmoya kiritish foydali. Bolalarni erta yoshidanoq tarbiyalash, himoya qilish, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash ijobiy oʻzgarishlarga olib keladi. Erta taʼlimga kiritilgan sarmoya 16 baravar koʻpayib qaytadi, – dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. – Shuning uchun ham UNICEF Oʻzbekistonda Learning Passport “Bolalik akademiyasi” oʻquv platformasini ishga tushirish boʻyicha innovatsion yondashuvni tatbiq qildi. Ushbu platforma 3–6 yoshli bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlariga imkon yaratadi”. “Bolalik akademiyasi” platformamiz eng avvalo sifatli taʼlim olamidir. Pedagoglar zamonaviy metodikalar asosida tayyorlangan mashgʻulotlardan foydalanishi, oʻz ustida ishlashlari uchun qoʻshimcha mutolaa manbalarini qoʻllashi, ota-onalar esa bola taʼlim tarbiyasi va parvarishi boʻyicha foydali maʼlumotlarni oʻzlari uchun kashf etishlari mumkin”, dedi Shahnoza Mirziyoyeva. “Bilim Makon” markazi direktori Oyatullo Rahmatullayevga koʻra: “Pedagoglar – bola hayotiga eng koʻp taʼsir koʻrsatadigan shaxslardan biri. Ular malaka oshirish kurslarida oʻqib, yangi bilim va koʻnikmalarni egallashlari va uni oʻz ish faoliyatlarida qoʻllashlari mumkin boʻladi. Tarbiyachilar zamonaviy va ilgʻor taʼlim amaliyotlaridan foydalanganda bolalar jismoniy, hissiy va taʼlimiy jihatdan oʻsishga erishadi. “Bolalik akademiyasi” pedagoglarimizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun katta qulayliklar taqdim etadi”.Ota-onalar va vasiylar bolalar sogʻlom rivojlanishi uchun zarur boʻlgan poydevorni yaratadilar. “Bolalik akademiyasi” uyda taʼlim berish borasida beqiyos koʻmakchidir. U oddiy mashgʻulotlar kutubxonasi va ota-onalar uchun maslahatlar, birgalikda oʻynaladigan oʻyinlar boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Birgalikdagi oʻyinlar ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini rivojlantiradi.“Bolalik Akademiyasi” bolalar foydalanishi uchun ham qulay. Ular savodxonlik, hisoblash va ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarni rivojlantiruvchi oʻyinlarni oʻynashlari, oʻz ona tillaridagi elektron kitoblarni oʻqishlari mumkin. Bundan tashqari, oʻquv-koʻngilochar videolarni tomosha qilish va yoshga mos kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari ham mavjud.   “Bolalik akademiyasi”ni ishga tushirish orqali Oʻzbekiston boʻylab 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish, 1,5 millionga yaqin bolalarning oʻqish va rivojlanish natijalarini yaxshilash koʻzda tutilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahridagi Puchon Universitetida birinchi yirik xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

Barchamizga maʼlum maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagogik kadrlar zaxirasini shakllantirish va taʼlim sifatini zamon talablari asosida rivojlantirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 3821-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bilan hamkorlikda Puchon universiteti tashkil etilgan. Puchon universiteti mamlakatimizda oliy taʼlim sifatini oshirishda faol ishtirok etib, maktabgacha taʼlim, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida bilim almashishga katta eʼtibor qaratmoqda.Shu munosabat bilan 2022-yil 1-aprel kuni universitetda “Global transformatsiyalar davrida yangi avlodni tarbiyalash: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi birinchi yirik xalqaro konferensiya oʻtkazildi.Anjuman Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha birgalikdagi harakatlar strategiyasini ishlab chiqishga bagʻishlandi. Tadbirda uch davlatdan: Oʻzbekiston Respublikasi, Koreya Respublikasi va Rossiya Federatsiyasidan umumiy soni 200 kishini tashkil etgan mutaxassislar ishtirok etishdi. Konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad – yetakchi xorijiy va mahalliy oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-innovatsion markazlar bilan hamkorlikdagi faoliyatni muhokama qilish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Yalpi va seksiya majlislarida Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha dolzarb muammolarni aniqlash va tavsiyalar beruvchi maʼruzalar tinglandi. Konferensiya yakunlari boʻyicha ilmiy maqolalar toʻplami nashr etilishi maqsad qilingan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi delegatsiyasi Parijda xizmat safarining uchinchi kuni

Maktabgacha taʼlim vazirligi delegatsiyasi Parijda xizmat safarining uchinchi kuni navbatdagi samarali uchrashuvni oʻtkazdi. YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasini oʻtkazish masalasini muhokama qilish uchun tashkilot bosh ofisida vazirlik rahbariyatini qabul qildi. Vazirlar darajasidagi mazkur anjumanni oʻtkazish uchun Oʻzbekistonning mezbon davlat sifatida tanlanishi YUNESKO rahbariyati tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlandi. Shu bois mazkur uchrashuv tashkilot Bosh direktoriga minnatdorchilik va hurmat-ehtirom bildirish uchun navbatdagi imkoniyat boʻldi. Odri Azule mamlakatimizning maktabgacha taʼlimni nafaqat mamlakat miqyosida, balki xalqaro miqyosda rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi.   Respublikamizning erta rivojlanish sohasidagi yutuqlari sezilarli boʻlib, xalqaro ekspertlar va hamkorlar tomonidan haqli ravishda baholanmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy bilan videomuloqot

Ayni damda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy bilan videomuloqot tarzida uchrashmoqda. Muzokaralar chogʻida tomonlar hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishmoqda. Uchrashuv davomida tomonlarprofessor-oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimining pedagog va rahbar kadrlari uchun Moskva Davlat universitetining qoʻshimcha taʼlim dasturlarini amalga oshirish sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan kelishib olishmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʻlim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, magistratura yoʻnalishi boʻyicha Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali negizida “Taʻlimni boshqarish” taʻlim dasturini 25 nafardan iborat boʻlgan holda ochish masalasini belgilandi. Qoʻshma fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy ishlanmalar va ilmiy anjumanlar, simpoziumlar tashkil etish istiqbollari, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda hamkorlik masalalari alohida muhokama qilinmoqda. Soʻng, yuqoridagi hamkorlikda kelishib olingan mavzular asosida ikki tomon Memorandum imzolashadi.

Вид сайта
Размер шрифта