Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalqaro hamkorlik
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim sohasida Yuneskoning hamkorligi

Joriy yilning 15-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda Yunesko Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Djannini bilan uchrashdi va ta'lim sohasidagi masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv doirasida maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va erishilgan ilg'or natijalar, shuningdek kelgusi yillarda maktabgacha ta'lim sohasida rivojlanishning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha masalalar muhokama qilindi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish davlatning ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Oʼzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarining 4.2 bandiga muvofiq 2030-yilga kelib barcha oʼgʼil-qizlar boshlangʼich taʼlimga tayyor boʼlishlari uchun yosh bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha taʼlim olish uchun sifatli tizimlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʼlishlarini taʼminlash borasida ijobiy natijalarga erishdik. Respublika boʼyicha maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʼrsatkichlari 2017 yili 27% dan 2021 yilga kelib 62% gacha oshishi natijasida, bugungi kunga kelib 1,7 mln. dan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼldilar, qolaversa Oʼzbekistonda 2019 yildan boshlab barcha bolalar uchun boshlangʼich taʼlimda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maktabga borishdan bir yil oldin majburiy maktabgacha taʼlim tizimi joriy etildi. Bugungi kunda maktabga chiqish yoshidagi bolalarning 77 %i maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olindi, 2025 yilga borib ularning barchasini bir yillik majburiy bepul taʼlim tizimiga qamrab olinishi rejalashtirilganmiz” deya ta’kidladi, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin .  “O’zbekiston qisqa muddat ichida bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish darajasini deyarli 2,5 barobarga oshirishi, bir yillik majburiy ta’limga qamrab olish esa 77% ga yetgani, “Ilk Qadam” davlat o’quv dasturi va pedagoglarni malakasini oshirish bo’yicha qilingan ishlar tahsinga sazovordir”-dedi Yunesko Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Djannini. Uchrashuv jarayonida 2022 yilning kuzida Toshkent shahrida ilk yoshdagi bolalarga tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 27-29 sentyabr kunlari Moskvada Yuneskoning Birinchi ilk yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish va ta’limi bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tgan, unda, uch kun davomida konferensiya ishtirokchilari butun dunyo bo‘ylab bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilishgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
O'zbekistonda ilk marotaba "kelajakka yashil qadam" nomli xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasida velosiped marafoni o'tkazildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi, turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Velosport federasiyasi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) o'rtasida imzolangan Memorandum doirasida zamonaviy begovel (pedalsiz velosiped)lar Toshkent shahridagi 13 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tajriba sifatida berildi. Pedalsiz velosipedning asosiy afzalligi shundaki, yosh bolalar uchun muvozanat saqlashni o'rganish osonroq bo'ladi, bu esa oddiy velosipedni haydashga o'tishni osonlashtiradi. 2021 yil 1-iyunda Toshkent shahridagi Eko-bog' hududida, "kelajakka yashil qadam" shiori ostida 6 yoshgacha bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasida 1-velosiped marafoni tashkil etilib, unda 65 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari hamda velosport bo'yicha O'zbekiston sportchilari ishtirok etdilar, ular bolalarga yo'ldan o'tishda yordam ko'rsatdilar. Ekologik va jismoniy madaniyatni tarbiyalash va bolalar va yoshlarni sportga ommaviy ravishda jalb qilish masalalari doimo O'zbekiston Respublikasi hukumatining diqqat markazida bo'lib kelmoqda.Bolalar velosiped marafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil transportdan foydalanish sohasida barqaror ko'nikmalarni shakllantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasida velosiped sportini ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda madaniyatni shakllantirish, yo'llardan kesib o'tishda bolalardagi o'zini tutish va yo'l harakati qoidalariga rioya qilishni shakllantirishdan iboratdir. Bu kabi – bolalar velosiped marafoni O'zbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchi marta o'tkazildi. O'zbekistonning Velosport federasiyasi tashabbusi bilan kelgusida respublikaning barcha hududlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari balansini velosipedlar bilan bosqichma-bosqich ta'minlash ishlari olib boriladi va jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullanish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.Velomarafonda ishtirok etayotgan bolalar medallar, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar va ular uchun bolalarning ko'ngilochar dasturi tashkil etildi, ular san'atkorlar bilan birgalikda turli musobaqalar va o'yinlarda qatnashdilar. Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda davlat tashqi qarzi hisobidan barpo etilishi rejalashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari

Hukumat qaroriga muvofiq (PQ-4883, 6-noyabr, 2020 yil) Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga Islom taraqqiyot banki (ITB), Kuvayt arab iqtisodiy jamgʼarmasi mablagʼlarini jalb qilish vazifasi yuklatilgan. Oʼzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun rivojlanish (KFAED) va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʼarmasi (OPEK jamgʼarmasi) ushbu loyihalarni tashqi davlat qarzi hisobidan 70 million AQSh dollari miqdorida amalga oshirish rejalashtirilgan, shundan30 millioni ITBga, 20 millioni - KFAED va 20 millioni - OPEK jamgʼarmasiga toʼgʼri keladi. Ushbu qarz mablagʼlari hisobiga respublika boʼylab davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini koʼpaytirish rejalashtirilgan. Shunday qilib, mamlakatimizda umumiy quvvati 28,5 ming oʼrindan ortiq boʼlgan 250 dan ortiq nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari quriladi. Hozirda loyihalashdan oldingi hujjatlar ITB, KFAED va OPEK jamgʼarmasi tomonidan koʼrib chiqilmoqda. Ushbu loyihalar chet el tomonidan maʼqullanishi bilanoq, ikki tomonlama Kredit shartnomalari imzolanishi va moliyalashtirilishi kutilmoqda. Yuqoridagi xalqaro moliya institutlari bilan ishlash Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda muvofiqlashtiriladi va amalga oshiriladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga oʻyin metodlari orqali taʼlim berishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Oʻzbekiston hukumatining ustuvor vazifalaridan biri butun Oʻzbekistonda bolalarning maktabgacha taʼlim olish imkoniyatlarini takomillashtirish va shunday taʼlimning sifatini oshirishdan iborat. Jahon banki Maktabgacha taʼlim vazirligi (MTV) bilan hamkorlikda ushbu maqsadga erishish hamda 3-7 yoshli bolalarga maktabgacha taʼlim xizmatlaridan samarali foydalanish imkonini taqdim etishga qaratilgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi. 2019-yilning may oyida Jahon banki Oʻzbekiston hukumatiga mamlakatda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihani amalga oshirishga yordam berish maqsadida 74 mln AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratdi. Bundan tashqari, mazkur loyiha maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarini turli pedagogik metodikalar boʻyicha oʻqitishni moliyalashtirishni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, butun mamlakat boʻylab 1 milliondan ortiq oʻgʻil va qiz bolalar qatnaydigan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari zamonaviy, bolalar uchun maxsus moʻljallangan jihoz va mebel, oʻquv-metodik materiallar, oʻyinlar, oʻyin hududlari, va kompyuterlarga ega boʻladilar. MTV maktabgacha taʼlim muassasalari va uyda taʼlim berish amaliyotiga oʻqitishni oʻyin vositalari bilan integratsiyalashga koʻmaklashuvchi tashabbusni joriy etmoqda. Jahon banki tomonidan boshqariluvchi, koʻplab donorlar ishtirokidagi “Ilk yoshdagi bolalarni oʻqitish boʻyicha hamkorlik” trast jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan 155 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mazkur tashabbusni amalga oshirishga koʻmaklashadi. Ushbu tashabbus, shuningdek, bolalarning maktabga tayyorlik darajasini oshirish maqsadida yuqorida nomi keltirilgan loyihani yanada toʻldirishga qaratilgan. “Oʻqitishning oʻyinga asoslangan innovatsion yondashuvlari” tashabbusi bolalarga oʻyin vositasida taʼlim berish imkonini taqdim etish orqali butun mamlakatdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Oʻyin jarayonida oʻqitish bolalardagi mavjud qobiliyatni toʻlaqonli ochib beradi, shuningdek, ularni butun hayoti davomida oʻqishga, hamkorlik qila olishga, muammolarni hal qilishga oʻrgatish bilan bir qatorda ijodiy fikrlovchi va eʼtiborli yetakchi boʻlib yetishishlariga zamin yaratadi. Bu esa ularni bugungi oʻzgaruvchan zamonda muvaffaqiyat yoʻlidan borishlariga koʻmaklashadi», – dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin xonim. Taqdim etilgan grant interaktiv vositalarni ishlab chiqishni moliyalashtiradi. Ushbu vositalardan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari ham, ota-onalar ham birday foydalana oladilar. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻyinga asoslangan taʼlim resurslari va tarbiyachilarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kursi ishlab chiqiladi hamda ular alohida ishlab chiqilgan mobil dasturiy taʼminot vositasida joriy etiladi. Dastur auditoriyada oʻqitishning oʻyinga asoslangan metodlaridan foydalanish boʻyicha tarbiyachilar malakasini oshirishga moʻljallangan interaktiv videomodullarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, mobil dasturiy taʼminot MTVning ota-onalar bilan hamkorligini mustahkamlashga koʻmaklashadi. Ota-onalarga uyda oʻyin jarayonida taʼlim berishni oʻrgatish boʻyicha seminarda ishtirok etish tavsiya etiladi. Ota-onalar, buvi va buvalar hamda aka-uka va opa-singillar uchun moʻljallangan maxsus materiallardan foydalanish imkoni ham taqdim etiladi. “Jahon banki Oʻzbekiston hukumatining 2017-yildan buyon maktabgacha taʼlim berishni kengaytirish bilan bogʻliq masalalarda erishgan yutuqlarini eʼtirof etadi. Biz MTVni bolalarni maktabga yanada yaxshiroq tayyorlaydigan va ularga, keyinchalik – voyaga yetgach, jamiyatning faol aʼzosi boʻlib yetishishlariga yordam beradigan zarur bilim va koʻnikmalarni oʻrgatish bilan bogʻliq faoliyatida bundan keyin ham qoʻllab quvvatlaymiz”, – dedi Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Marko Mantovanelli.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʼzbekiston bolalari jahon nigohida

Jahon bankining “Yosh bolalarni erta rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi 2019-2024 yillarga moʼljallangan boʼlib, asosiy vazifalari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur mebel, oʼquv materiallari va didaktik materiallar bilan moddiy-texnik uskunalar bilan taʼminlash, taʼlim sifatini yaxshilash uchun zarur mexanizmlar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro standartlar darajasida pedagoglarni tayyorlash sifatini oshirishdan iboratdir. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Jahon bankining «Yosh bolalarni erta rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasi doirasida 2021 yilning 12-16 aprel kunlari psixologiya fanlari nomzodi, Xalqaro maslahatchi Veisova Zulfiya Аltaevna ishtirokida «Oʼzbekistonda bola uchun maxsus maktabgacha taʼlimni oʼrgatish shakllarini joriy qilish» mavzusida treninglar oʼtkazildi. Shu bilan birga 22 aprel kuni Xalqaro maslahatchi Veisova Zulfiya Аltaevna Maktabgacha taʼlim vazirligiga tashrif buyurib, loyiha doirasida masʼul mutaxassislar bilan uchrashdi. Uchrashuvda kelajakdagi hamkorlik rejalari haqida suhbatlashildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Finlyandiyalik soha mutaxassislari Navoiyda

Zarafshon shahrida Finlyandiya davlati bilan hamkorlikda "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion-texnologiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish" mavzusida amaliy seminar o'tkazildi. Joriy yilning 10 aprel kuni Zarafshon shahridagi 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion-texnologiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish" mavzusida viloyat amaliy seminari o'tkazildi. Amaliy seminarda tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo'limi mudirlari hamda Mttlari direktorlari va pedagoglari ishtirok etdilar. Qizg'in va savol-javoblarga boy o'tgan amaliy seminar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, semenarda viloyatimizga tashrif buyurgan Fillyandiyalik ta'lim sohasi vakilari ham ishtirok etib, mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlarni hamda maktabgacha yoshdagi bolalarga bo'lgan e'tibor va ularga berilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonlari bo'yicha ijobiy fikr bildirib, alohida e'tirof etdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat tashqi qarzi hisobidan maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirishda rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar

Hukumat qaroriga (PQ-4883, 6-noyabr, 2020 yil) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga Islom taraqqiyot banki (ITB), Quvayt Arab Iqtisodiyot Jamg‘armasi mablag‘larini jalb qilish evaziga maktabgacha ta’lim sohasida istiqbolli investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun rivojlanish (KFAED) va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi (OPEK jamg‘armasi) hisobidan amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Ushbu loyihalarni tashqi davlat qarzi hisobidan 70 million AQSH dollari miqdorida amalga oshirish rejalashtirilgan, shundan 30 millioni ITBga, 20 million – KFAED va 20 million – OPEK jamg‘armasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu qarz mablag‘lari hisobiga respublika bo‘ylab davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan. Shunday qilib, mamlakatimizda umumiy quvvati 28,5 ming o‘rindan ortiq bo‘lgan 250 dan ortiq nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari quriladi. Hozirda vazirlik ITB, KFAED va OPEK jamg‘armasidan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda muvofiqlashtiriladi va amalga oshiriladi.

Batafsil
Вид сайта
Размер шрифта