Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ijrosini tashkil etish boʻyicha

Kuni kecha, 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ijrosini tashkil etish boʻyicha brifing boʻlib oʻtdi. Barchaga maʼlumki, bugungi kunda respublikada jami – 588 695 nafar 6 yoshli bolalar  maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olingan. Ularning 162 208 nafari Majburiy bepul bir yillik boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlariga, 357 699 nafari toʻliq kunlik tayyorlov guruhlariga, 68 788 nafari qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga jalb etilishi natijasida qamrov darajasi 83,8 foizga yetkazildi. Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 38-maqsadga muvofiq, Maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish belgilangan. Ushbu maqsadning 200-bandida 2022-yil yakuniga qadar 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga yetkazish koʻzda tutilgan. Bunda Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻyidagi guruhlar tashkil qilinadi: toʻliq kunlik guruhlar; 1-chorakda 11 347 ta 2-chorakda 11 372 ta 3-chorakda 11 409 ta 4 chorakda 11 474 ta qisqa muddatli guruhlar; 1-chorakda 6 250 ta 2-chorakda 6 303 ta 3-chorakda 6 483 ta 4 chorakda 6 615 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlari. 1-chorakda 5 441 ta 2-chorakda 5 826 ta 3-chorakda 6 354 ta 4 chorakda 6 723 ta Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori doirasida 53 ta tumanda imzolanishi belgilangan 100 ta loyihadan 89 tasi bilan bitimlar imzolandi, bunda 9 ta loyiha kredit mablagʻlarini jalb qilmagan holda amalga oshirilmoqda, loyihaga oʻz ulushini kiritilgan 74 ta bitim boʻyicha -160,4 mlrd. soʻm kredit ajratish yuzasidan Moliya vazirligiga tavsiya berilgan. Bugungi kunda umumiy quvvati 21 950 oʻrin quvvatga ega 747 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan bitimlar imzolandi. Davlat dasturining 201-bandiga muvofiq, Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi. 2022-yilda davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi 1300 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etiladi. Vazirligimiz tomonidan maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini malakasini oshirish toifalarga ajratgan holda har bir toifa uchun oʻquv rejalari, ularning ichidagi modullarning mazmuni Janubiy Koreya, Singapur, Fransiya va Rossiya davlatlarining tajribalarini inobatga olgan holda oʻquv dasturlari, oʻquv uslubiy majmualari muvofiqlashtirildi. Hozirgi davrda Maktabgacha taʼlim vazirligi Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan, klaster usulida tajriba-sinov uchun qisqa muddatli kurslar uchun Sillabuslar va oʻquv uslubiy majmualari ishlab chiqildi. Shu bilan birga malaka oshirish kurslari faqat anʼanaviy tarzda oʻtkazilmasdan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari masofaviy shaklda (my.mdomoi.uz platformasi orqali) oʻtkazilishi joriy etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona va Namangan viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini malakasini oshirish boʻyicha Maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralari bilan kelishgan holda vazirlikning xati asosida Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy bilimi, koʻnikmalari va mahoratini uzluksiz rivojlantirib borishning yangi tizimini tajriba-sinovdan oʻtkazish toʻgʻrisida” qoʻshma qarori bilan “Maktabgacha taʼlim klasterlarida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish boʻyicha muvaqqat tartibi” tasdiqlandi. Davlat dasturining 39-maqsadi Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga bagʻishlangan. Xususan, dasturning 202-bandida 3 ta vazifa belgilangan. Jumladan, bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish ham qayd etib oʻtilgan. Unga koʻra, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining malakasini oshirish shakl va metodikalarini xalqaro tajriba asosida qayta koʻrib chiqiladi. Shuningdek, hududlarda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kredit-modul tizimiga asoslangan uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish ham ushbu bandda sanab oʻtilgan. 40-maqsadda esa Maktabgacha taʼlim tizimida byudjet mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlash belgilangan.   Xususan, dasturning 203-bandiga koʻra, Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Ushbu band ijrosini amalga oshirish uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalar va idoralararo elektron hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Shu bilan birga Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yagona axborot tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Videokonferensiya boʻlib oʻtdi

2022-yil 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarida yuridik va jismoniy shaxslar bilan ishlash masalalariga oid videokonferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati va markaziy apparat vakillari, respublikaning barcha viloyat boshqarmalari, shahar va tumanlar boʻlimlari rahbarlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash uchun masʼul xodimlar ishtirok etdilar.    Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimlari S.Xodjayev va J.Mavlonov tomonidan murojaatlar bilan ishlashga oid meʼyoriy-huquqiy asoslar hamda maktabgacha taʼlim tizimida murojaatlar bilan ishlashni oʻrganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklar toʻgʻrisida axborot berildi. Maʼlumot uchun, 2021-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 5764 tani tashkil etadi. 2021-yilda 2020-yilning shu davriga nisbatan murojaatlar soni 1874 taga oshgan. 2020-yilda kelib tushgan murojaatlarning 51,2 foizi qanoatlantirilgan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich 52,3 foizni tashkil etdi.   2021-yilda eng koʻp murojaatlar Toshkent shahridan 868 ta, Samarqand viloyatidan 554 ta, Toshkent viloyatidan 490 ta, Buxoro viloyatidan 479 ta, Namangan viloyatidan 457 ta, Qashqadaryo viloyatidan 457 ta va Jizzax viloyatidan 404 tadan kelib tushgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari faoliyatini tugatish toʼgʼrisidagi xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.  Maktabgacha taʼlim vazirligiga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari faoliyatini tugatish hamda boshqa masalalarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirigʼi berildi. Ayni paytda, Vazirlik har tomonlama tahlil oʼtkazish va tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlarini optimallashtirish boʼyicha masʼul boshqarma va idoralardan, jumladan, hududiy boshqarmalardan takliflarni yigʼish, shuningdek, Moliya vazirligi bilan hamkorlikda barcha mexanizmlarni batafsil ishlab chiqishni rejalashtirilgan. Bugungi kunda qaror loyihasi ishlab chiqilish jarayonining endi boshlanganligini inobatga olib, tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari qanday oʼzgarishi toʼgʼrisida maʼlumot mavjud emas.  Shu bilan birga, Vazirlik tuman boʼlimlarini optimallashtirishda barcha xodimlarning, butun tizimning manfaatlari, shuningdek, har bir hududning alohida oʼziga xos xususiyatlari inobatga olinishini kafolatlaydi. Ushbu yoʼnalishdagi ilgʼor jahon tajribasi ham qaror loyihasini ishlab chiquvchilar tomonidan hisobga olinadi. Bundan tashqari, amaliyotda, har qanday takliflar hududlardan birida tajriba-sinov tariqasida oʼtkazilgandan keyin respublika miqyosida joriy etiladi. Tuman boʼlimlarini optimallashtirish natijasida joylarda yanada samarali boshqaruv tizimi tuzilib, pirovardida maktabgacha taʼlim tizimida sifatni oshirish va korruptsiya omillarini kamaytirishga qaratiladi. Bu qadam 2022-2026-yillarga moʼljallangan yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va 2017-yilda qabul qilingan Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq boʼlib maʼmuriy islohotlarning bir qismi hisoblanadi. Tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari faoliyatini optimallashtirish masalasi Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan va davlat organlari faoliyatini tubdan oʼzgartirishga, kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalanish hamda professional, adolatli va yuqori samarali davlat boshqaruvi tizimini joriy etishga qaratilgan maqsadlarga toʼliq muvofiqligini alohida taʼkidlash lozim.  Belgilangan maqsadlar davlat organlarining hududiy masalalarni hal etishda masʼuliyatini kuchaytirish, maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish, boshqaruv apparatini qisqartirish va ish jarayonlarini optimallashtirish, barcha darajalarda samarali ishlarni tashkil etish va ochiqlikni taʼminlashni nazarda tutadi.   Mavjud tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari oʼrniga paydo boʼlishi mumkin boʼlgan har qanday mahalliy boshqaruv shakllarining ish mexanizmlari, tuzilishi va vazifalari toʼgʼrisida aniqroq tushunchaga ega boʼlmaguncha, shoshilinch xulosalar qilmaslikka yana bir bor chaqiramiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Tabiat bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi gʻoliblarni taqdirlash hamda tashkil etilgan respublika koʻrgazmasining ochilish marosimi haqida

“Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha qisqa (2021-2023-yillar) va oʻrta muddatli (2023-2025-yillar) chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”ning 44-bandiga muvofiq “Xalqaro Yer sayyorasi kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovi va Respublika koʻrgazmasini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining maktabgacha ta’lim tashkiloti, tuman (shahar), viloyat bosqichlari oʻtkazilib, hududiy boʻlinmalar bosqichida gʻolib deb topilgan rasmlar Respublika bosqichiga taqdim etilgan. Joriy yilning 29-aprel kuni Mirobod tumanida joylashgan 34-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi gʻoliblarni taqdirlash hamda tashkil etilgan “Tabiat bolalar nigohida” respublika koʻrgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur tanlov Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan hududlarda, “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazildi. Tanlov va koʻrgazmaning: davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1-bosqichi 10-20-mart kunlari; tuman (shahar) 2-bosqichi 20-30-mart kunlari; hududiy boshqarma 3-bosqichi 1-10-aprel kunlari oʻtkazildi. Tanlov va koʻrgazmaning Respublika bosqichida 14 ta hududdan 3 tadan yuborilgan umumiy 42 ta rasmlar ishtirok etadi. Shu yilning 27-aprel kuni Respublika bosqichiga taqdim etilgan 14 ta hududdan yuborilgan jami 42 ta rasmlar turli vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat komissiya aʼzolari tomnidan baholandi hamda I, II, III oʻrin va nominatsiyalar gʻoliblari aniqlandi. Jumladan: I oʻrin - Dadamirzayev Gʻanimirza, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani, 9-son DMTT II oʻrin - Saloxiddinova Xurshida, Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani,5-son DMTT II oʻrin - Xudayberganova Ziyoda, Xorazm viloyati Yangibozor tumani, 17-son DMTT III oʻrin - Tavakallova Shaxnoza, Buxoro viloyati Romitan tuumani, 29-son DMTT III oʻrin - Roʻzimov Shaxzodbek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqal’a tumani, 3-son DMTT III oʻrin - Abdusalomova Dilnozaxon, Toshkent shahri Uchtepa tumani, 360-son DMTT Oʻrin olgan va nominatsiyalar gʻoliblari vazirlikning diplom, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Nominatsiyalar g'oliblari.docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahridagi Puchon universitetida tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi” haqida

2021-2022 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Puchon universiteti bitiruvchilarining bandligini taʼminlash hamda ish beruvchilar bilan ochiq muloqot jarayonida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida joriy yilning 29-aprel kuni universitetda «Mehnat yarmarkasi " boʻlib oʻtdi. 2022-yil fevral oyidan boshlab universitetda Karyera markazi faoliyat koʻrsatib, bevosita taʼlim muassasasi bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash boʻyicha ish olib bormoqda. Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad bitiruvchilarning bandligini taʼminlash, turli korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Yarmarkada Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim tuman boʻlimlari, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa yirik korxonalar vakillari ishtirok etdi: Erudite Education, Bek kichkintoy, GES Kids, Vosiq international school and kindergarden, Fortuna, Montessori, Lider, Erkatoy Kichkintoy,Zvezdopad znaniy/Happy bee, Sehriyo, HIBBA-VILLA KIDS, Texnopark, Enter Engineering, ApexLife. Tadbir doirasida 2021-2022-oʻquv yili bitiruvchilariga potensial ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, oʻzini ifoda etinsh va keyingi ishga joylashish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish imkoniyati yaratib berildi.   Umid qilamizki, ushbu tadbir talabalarga potensial ish beruvchilar bilan biznes aloqalarini oʻrnatishga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovining Respublika bosqichi oʻtkazildi

Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovi oʻtkazildi, shuningdek respublika koʻrgazmasini tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovlarini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizomga asosan tanlov va koʻrgazmaning: • davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1-bosqichi 10-20-mart kunlari; • tuman (shahar) 2-bosqichi 20-30-mart kunlari; • hududiy boshqarma 3-bosqichi 1-10-aprel kunlari oʻtkazildi. Tanlov va koʻrgazmaning Respublika bosqichida 14 ta hududdan 3 tadan yuborilgan umumiy 42 ta rasmlar ishtirok etdi. Joriy yilning 27-aprel kuni Respublika bosqichiga taqdim etilgan rasmlarni saralash hamda I, II, III oʻrin gʻoliblarini aniqlandi. 29-aprel kuni Respublika koʻrgazmasini oʻtkazish rejalashtirilgan. Tanlov va Respublika koʻrgazmasi uchun “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar Komissiya aʼzolariga har bir rasm shaffofligini taʼminlash maqsadida raqamli indeks qoʻyilib, saralash uchun taqdim etildi.   Gʻolib va ishtirokchilar vazirlikning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Taʼlim klasterining navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil etildi

Namangan pedagogika kollejida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim klasterining navbatdagi malaka oshirish kurslari tinglovchilari rejaga muvofiq oʻz faoliyatini boshladi. Rejaga koʻra jami 50 nafar pedagog (shundan 1 nafari oldingi bosqichda oʻzlashtira olmaganligi hisobiga bu bosqichda 51 nafarni tashkil etadi.) MTTlarining tarbiyachilardir.   Har bir tinglovchiga my.mdomoi.uz platformasi orqali ID kodlari, login parollarini olish ishlari olib borilmoqda va bu boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan login parollari olish bilan bir qatorda eng soddalashtirilgan bitiruv malakaviy taqdimotlari mavzularining tarqatib berilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qoʻqon pedagogika kollejida tashkil etilgan Maktabgacha taʼlim klasterida navbatdagi malaka oshirish kurslari yakunlandi

Qoʻqon pedagogika kollejida tashkil etilgan Maktabgacha taʼlim klasterining navbatdagi bosqichi oʻz faoliyatini boshladi. Rejaga koʻra jami 60 nafar pedagog xodimlar, shundan 58 nafari MTT tarbiyachilari ishtirok etishdi. Joriy yilning 18-apreldan 23-aprel kunigacha Qoʻqon universiteti hamda Qoʻqon davlat pedagogika institutidan professor oʻqituvchilar tasdiqlangan modullar boʻyicha maʼruza mashgʻulotlarini oʻtishdi. Tarbiyachilar 19-aprel kuni kirish testlarini topshirishdi. Oʻtilgan modullar boʻyicha test topshiriqlari shaxsiy platformalariga joylashtirilib borildi. Bitiruv loyihaviy malaka ishlari boʻyicha mavzular berilib, rahbarlar biriktirildi. 23-aprel kuni tarbiyachilar chiqish testini topshirib VLI mavzusi boʻyicha himoyaga qilishdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Sport - sogʻlik garovi” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi

Barkamol avlodni sogʻlom voyaga yetkazish hamda ular oʻrtasida sportni targʻib qilish maqsadida maktabgacha taʼlim tizimida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻrtasida “Sport - sogʻlik garovi” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi.   Musobaqa soʻnggida faol ishtirok etgan bolajonlar taqdirlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Taʼziya

Kecha soat 14-00dan 15-00ga qadar boʻlgan oraliqdagi vaqtda Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli Lutfullayev Xushnudbek maktabgacha taʼlim tashkilotining kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda olamdan oʻtgan. Tashkilot hamshirasining maʼlum qilishicha, ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi Lutfullayev Xushnudbekda hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan. Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uygʻotilganda bola oʻrnidan turmagan va darhol tez yordamga murojaat qilingan hamda tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan oʻtkazilgan. Natijada bola uyqu vaqtida olamdan oʻtganligi maʼlum boʻlgan. Hozirgi kunda huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv, ekspertiza ishlari olib borilmoqda. Ekspertiza xulosalari aniqlangach batafsil maʼlumot berilishini hamda holat Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan nazoratga olinganligini maʼlum qilamiz. Xushnudbekning oila aʼzolariga sabr tilagan holda oʻz taʼziyamizni izhor etamiz!   Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qibraydagi “Imkon”ga A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashrif buyurdi

Avvalroq xabar berganimizdek, Oʻzbekistonga A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashrif buyurgan. Bugun mehmonlar Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishishdi. Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 150 quvvatga ega boʻlib, bugungi kunda 100 nafarga yaqin - nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar, eshitishida ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar, koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar, psixik rivojlanishda kechikayotgan bolalar, aqli zaif boʻlgan bolalar, tayanch harakatida nuqsoni boʻlgan bolalarda sogʻlomlashtirish ishlari hamda taʼlim-tarbiya ishlari olib borilmoqda. Ushbu MTTda 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan maxsus ehtiyojli bolalar hafta davomida 5 kun, 24 soat davomida shifokorlarning doimiy nazorati ostida sogʻlomlashtirish ishlari hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi boʻyicha taʼlim-tarbiya olishmoqda.Bugungi kunda 150 nafar tarbiyalanuchilarga moʻljallangan “Imkon” reabilitatsiya markazi ega boʻlgan koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Nukus shahri (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) va Toshkent viloyatining Qibray tumanida zamonaviy talablar asosida qurilib faoliyatini boshlagan. Mehmonlar tashkilotga tashrif davomida tashkilot xodimlari bilan muloqotda boʻlishib, ularning mutaxassisligi va taʼlim olgan oliygohlari bilan qiziqishdi. Bu kabi samimiy muloqotdan maqsad, kelajakda koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar hamda defektolog, logoped kabi mutaxassislarning koʻlamini kengaytirish boʻlsa ne ajab. Maʼlumot uchun: Ushbu tashkilotda pedagoglar jamoasi 15 nafar tarbiyachi, 16 nafar tarbiyachi yordamchisi, 13 nafar defektolog, 1 nafar psixolog, musiqa xodimi va jismoniy tarbiya oʻqituvchisidan iborat.Mehmonlarning fikricha, Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishi uchun, maktabgacha taʼlim tizimidanoq samarali ishlar boshlangan. Bu albatta quvonarli ekanligini taʼkidlashdi. Maʼlumot oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, hozirgi kunda Oʻzbekistonda yangi avlod maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tizimida rivojlanishida orqada qolgan bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri-bu alohida ehtiyojli bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv taʼlimni joriy etish orqali sifatli taʼlim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.   Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toʻrtkoʻl tumani MTTlari uchun «Keytering» xizmati tashkil etildi

18-aprel kuni Toʻrtkoʻl tumani maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bolalarini sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha tajriba-sinov tariqasida «Keytering» xizmati tashkil etildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani 8, 9, 14, 16, 20 sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarini sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha tajriba-sinov tariqasida «Keytering» ovqatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Maʼlumot uchun: keytering (sayyor xizmat) - kofe-breyklar, tushliklar degan maʼnoni bildiradi.   Bu maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “DXSH Tórtkól maxsus taomtaomtaʼminoti“ MCHJning ”Bolalar taomlarini tayyorlash” keytering kombinati tomonidan tayyor oziq-ovqatlar berildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Koreya Respublikasi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xon xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari va Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan hamkorlikda amalga oshirilayotgan S-board loyihasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrining Bektemir tumanida Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlariga moslashtirilgan dastlabki S-board dasturining 1.5-versiyasi eksperimental sinovdan oʻtkazildi. Toshkent shahri boʻylab, yil yakuniga qadar eksperimental sinovning keyingi bosqichlarida S-board dasturining 2.0 versiyasi sinovdan oʻtkaziladi. Eksperimental sinov jarayonlarida S-board dasturining yakuniy versiyasi ishlab chiqilib, keyinchalik respublikaning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida joriy etiladi. Shuningdek, Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi maktabgacha taʼlim tizimiga yangi ilgʻor innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni yanada joriy etishning turli yoʻnalishlarida Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdori ekanini alohida taʼkidladi. Xususan, “EdulikGlobal” kompaniyasi prezidenti Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi tashkilotlarida, Chungrim Xon xonim tomonidan ishlab chiqilgan - davlat xizmatchilari uchun ingliz tilini oʻrganadigan onlayn platformani ishga tushirishni taklif qildi. Mehmonlarning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida salmoqli natijalarga erishilgan, shu bilan birgalikda respublikada maktabgacha taʼlim tizimidagi yangi yutuq va innovatsion yechimlarga erishish yoʻlida olib borilgan ishlar maktabgacha taʼlim sohasida yuksak natijalarga erishish uchun zamin yaratilgan.   Muzokaralar natijasida Oʻzbekiston Respublikasida oʻquv jarayonini rivojlantirishda birgalikdagi ishlarni davom ettirish toʻgʻrisida tomonlar kelishib olishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rishtonda yana bir amaliy seminar boʻlib oʻtdi

Rishton tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 24-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagoglar tomonidan didaktik oʻyinlar yaratish va faoliyatlarda foydalanish” mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Seminarga tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining metodistlari hamda ilgʻor tarbiyachilar taklif etildilar.Seminar davomida tashkilotning tayyorlov guruhida “Koinot sirlari” mavzusida namunaviy tarzda taʼlimiy faoliyatlar olib borildi. Faoliyatlar davomida didaktik oʻyinlardan foydalanildi.    Seminar yakunida esa didaktik oʻyinlar yaratish va foydalanish boʻyicha tushuncha berildi. Bu kabi seminarlar pedagoglarning kasbiy koʻnikmalarini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi taʼkidlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar koʻrik-tanlovi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda

DMTTlardagi iqtidorli tarbiyalanuvchilarni aniqlash, rasm chizishga boʻlgan qiziqishini shakllantirish hamda tabiat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik va hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalash maqsadida, shuningdek “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan barcha hududlarda “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar koʻrik-tanlovi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.Xususan, Qarshi shahridagi 14-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mazkur koʻrgazmaning viloyat bosqichi oʻtkazildi. Xuddi shu kuni Surxondaryoda ham mazkur koʻrik tanlov davom etdi. Xorazm viloyati ham ushbu tanlovni keng miqyosda nishonladi. Binobarin Qo'shko'pir tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o'z chizgan rasmlari orqali tabiatni tasvirladilar.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Learning Passport “Bolalik akademiyasi” raqamli platformasini optimallashtirish Oʻzbekistondagi 1,5 million bolaga naf keltiradi

Bugun UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Bilim Makon” axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan birga Learning Passport “Bolalik Akademiyasi” raqamli platformasini ishga tushirdi. Platforma Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.Learning Passport UNICEF va Microsoft hamkorligida yaratilgan boʻlib, moslashuvchan raqamli oʻquv platformasidir. Hozir platforma butun dunyo boʻylab millionlab bolalarning oʻqishini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatilmoqda.Mazkur platforma maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari; mashgʻulotlar rejalari; qoʻshimcha oʻqish uchun materiallar, raqamli taʼlim va tarbiya resurslari bilan taʼminlaydi. Bularning bari “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim davlat oʻquv dasturi va Oʻzbekiston Respublikasining erta va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi boʻyicha davlat talablari asosida ishlab chiqilgan.Maʼlumotlarga koʻra, bola miyasining 90 foizi 5 yoshga qadar rivojlanadi. Bu davrda ota-onalar va pedagoglar bolaga butun umri davomida taʼlim olishi uchun mustahkam poydevor qoʻyishda yordam berishlari mumkin. Buning uchun tarbiyalovchi va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratishlari, bola bu orqali oʻrganishi, rivojlanishi va yutuqlarga erishisha olishi zarur.“Ushbu ahamiyatli davr hayotda faqat bir marta keladi, shu bois u maktabgacha yoshdagi millionlab bolalar uchun juda muhimdir. Ular butun umri davomida erishadigan jismoniy va ruhiy natijalar, moliyaviy taʼminlanganlik darajasi aynan shu vaqt ichida koʻrsatiladigan yordamga bogʻliq”, dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin. Mazkur texnologik innovatsion gʻoya butun mamlakat boʻylab maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qatnashi yoki qatnamasligidan qatʼi nazar, yuqori sifatli oʻquv resurslaridan foydalanish imkonini beradi. “Maʼlumotlarga koʻra, aynan erta va maktabgacha yosh davrida sarmoya kiritish foydali. Bolalarni erta yoshidanoq tarbiyalash, himoya qilish, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash ijobiy oʻzgarishlarga olib keladi. Erta taʼlimga kiritilgan sarmoya 16 baravar koʻpayib qaytadi, – dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. – Shuning uchun ham UNICEF Oʻzbekistonda Learning Passport “Bolalik akademiyasi” oʻquv platformasini ishga tushirish boʻyicha innovatsion yondashuvni tatbiq qildi. Ushbu platforma 3–6 yoshli bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlariga imkon yaratadi”. “Bolalik akademiyasi” platformamiz eng avvalo sifatli taʼlim olamidir. Pedagoglar zamonaviy metodikalar asosida tayyorlangan mashgʻulotlardan foydalanishi, oʻz ustida ishlashlari uchun qoʻshimcha mutolaa manbalarini qoʻllashi, ota-onalar esa bola taʼlim tarbiyasi va parvarishi boʻyicha foydali maʼlumotlarni oʻzlari uchun kashf etishlari mumkin”, dedi Shahnoza Mirziyoyeva. “Bilim Makon” markazi direktori Oyatullo Rahmatullayevga koʻra: “Pedagoglar – bola hayotiga eng koʻp taʼsir koʻrsatadigan shaxslardan biri. Ular malaka oshirish kurslarida oʻqib, yangi bilim va koʻnikmalarni egallashlari va uni oʻz ish faoliyatlarida qoʻllashlari mumkin boʻladi. Tarbiyachilar zamonaviy va ilgʻor taʼlim amaliyotlaridan foydalanganda bolalar jismoniy, hissiy va taʼlimiy jihatdan oʻsishga erishadi. “Bolalik akademiyasi” pedagoglarimizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun katta qulayliklar taqdim etadi”.Ota-onalar va vasiylar bolalar sogʻlom rivojlanishi uchun zarur boʻlgan poydevorni yaratadilar. “Bolalik akademiyasi” uyda taʼlim berish borasida beqiyos koʻmakchidir. U oddiy mashgʻulotlar kutubxonasi va ota-onalar uchun maslahatlar, birgalikda oʻynaladigan oʻyinlar boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Birgalikdagi oʻyinlar ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini rivojlantiradi.“Bolalik Akademiyasi” bolalar foydalanishi uchun ham qulay. Ular savodxonlik, hisoblash va ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarni rivojlantiruvchi oʻyinlarni oʻynashlari, oʻz ona tillaridagi elektron kitoblarni oʻqishlari mumkin. Bundan tashqari, oʻquv-koʻngilochar videolarni tomosha qilish va yoshga mos kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari ham mavjud.   “Bolalik akademiyasi”ni ishga tushirish orqali Oʻzbekiston boʻylab 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish, 1,5 millionga yaqin bolalarning oʻqish va rivojlanish natijalarini yaxshilash koʻzda tutilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Energetika vazirligi MTT tarbiyalanuvchilariga kitoblar topshirdi

Energetika vazirligi tomonidan bir qator MTTlarda, xususan, Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanidagi 19-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga “Super Leo” kitoblari topshirildi.  Qayd etilishicha, “Super Leo” — bu bolalikdan energiya samaradorlik toʻgʻrisidagi bilimlardan xabardorlikka targʻib qiluvchi kitobdir. Ushbu kitoblar Energetika vazirligi tomonidan qator idora va tashkilotlar hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga homiylik asosida topshirilmoqda.   Maʼlumot oʻrnida, ushbu bogʻchada 276 dan ortiq tarbiyalanuvchilarga ega oʻzbek va rus tillaridagi guruhlar mavjud. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qashqadaryoda vazirlik ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ishchi guruhining Qashqadaryo viloyatidagi oʻrganishlari, joylarda huquqiy va metodik koʻmak berilayotgani xususida xabarlar bergan edik. Biroq, ayrim MTTlarda tashrif davomida qator kamchilik va muammolar aniqlanmoqda. Xususan, Mirishkor tumanidagi 17-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati ishchi guruh tomonidan oʻrganilganda jiddiy kamchiliklar borligi maʼlum boʻldi. Achinarlisi, tashkilotda 3 yoshga toʻlmagan va yoʻllanmasi mavjud boʻlmagan bolalar hisobidan guruhlarda bolalar jihozlar yetishmovchiligi ham aniqlandi. Alohida qayd etish joizki, ushbu masalalar boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishi, ularni tibbiy daftarchalari yuritilishi borasida ham, umuman hamshiraning ish faoliyatida jiddiy kamchiliklar koʻzga tashlangan. Bundan tashqari xoʻjalik mudiri oʻz faoliyatiga oid hujjatlarni koʻrsata olmaganligi, oshpazlarning esa menyuda qayd etilgan mahsulotlarga nisbatan kam mahsulot solib ovqat pishirayotganliklari kuzatilgan. Barcha ota-onalar jondan aziz farzandlarini maktabgacha taʼlim tizimiga taʼlim-tarbiya olishlari uchun ishonib topshirishmoqda, vaholanki yuqoridagi kabi noxush holatlarning kuzatilishi ota-onalar tomonidan bildirilgan “ishonch”ning tashkilot rahbari tomonidan suisteʼmol qilinishi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimdagi kasbiga sadoqatsiz kasb egalariga nisbatan qatʼiy choralar koʻrishi va kerak boʻlsa huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda javobgarlikka tortilishi tarafdori. Oʻrganish natijalari yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishchi guruh tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib ishlar olib borilmoqda.   Ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida Koreya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Kim Xi-Sang hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida tomonlar maktabgacha taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston-Koreya munosabatlarining bugungi va ertangi kelajagini yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishdi. Koreya delegatsiyasi rahbari oʻz nutqida maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirishda oʻzaro manfaatli hamkorlikni oshirish tarafdori ekanini alohida taʼkidladi. Mehmonning fikricha, maktabgacha taʼlim sohasidagi hamkorlik loyihalarni samarali amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyatining maktabgacha taʼlim tizimiga eʼtibori ortib borayotgan bir paytda, Koreya tomoni KOIKA loyihasi doirasida Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish uchun kompleks markazni qurish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga bu borada har tomonlama yordam koʻrsatishini alohida taʼkidladi. Oʻz navbatida janob Kim Xi-Sang Koreyaning EBS bolalar taʼlim telekanali va Oʻzbekistonning «Aqlvoy» telekanali oʻrtasida aloqalarni mustahkamlashda Maktabgacha taʼlim vazirligiga koʻmaklashish uchun tayyorligini bildirdi. Xususan, janob Kim Xi-Sang Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan barcha bolalar turli oʻquv animatsion filmlarni tomosha qilish imkoniga ega boʻlishlari uchun telekanallar oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolanishini taʼminlashga vaʼda berdi. Muzokaralar natijasida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim jarayonini rivojlantirish yoʻlidagi hamkorlik ishlarini davom ettirish toʻgʻrisida kelishib olishdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Namangan Maktabgacha taʼlim klasterida navbatdagi malaka oshirish kurslari boshlandi

Namangan pedagogika kollejida maktabgacha taʼlim klasterining navbatdagi, ikkinchi bosqichi oʻz faoliyatini boshladi. Unda jami 75 nafar rahbar va pedagog xodimlar ishtirok etmoqda. Shundan 25 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktorlari hamda 50 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachilardir.  Darslarni Namangan davlat universitetining yetakchi o'qituvchilari olib bormoqda. Taʼlim klasteri davomida tegishli mavzu olgan har bir tinglovchiga metodik yordam va koʻrsatmalar berish hamda nazorat qilish maqsadida Namangan davlat universitetidan tajribali oʻqituvchilar biriktirildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Yana 4 ta MTT foydalanishga topshirildi

Fargʻona viloyatining qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh, anklav hudud boʻlgan Soʻx tumanida 240 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Tumandagi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yigʻinida barpo etilgan mazkur taʼlim tashkilotining qurilish ishlari oʻtgan yili boshlangan edi. Uning qurilishiga esa davlat byudjetidan 7 milliard 300 million soʻm yoʻnaltirib, hududdagi qurilish ishlari «Jahon qurilish invest» MCHJ tomonidan olib borildi. Endilikda, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yigʻini hududida foydalanishga topshirilgan 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi 6 ta asosiy guruhlarda 180 nafar hamda 2 ta qisqa muddatli guruhlarda 60 nafar, jami 240 nafar maktab yoshidagi bolajonlar tarbiya olishadi. Buning uchun ularga taʼlim tashkilotida barcha qulayliklar yaratilgan. Shu bilan birga, viloyatning Qoʼshtepa tumani Sohibkor mahallasidagi 6-sonli MTT “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida mukammal taʼmirdan chiqarilgan boʼlsa, Soyboʼyi mahalla fuqarolar yigʼinida 150 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti davlat xususiy sherikligi asosida qurilib, foydalanishga topshirildi. Qoʼshtepa tumanining Sohibkor mahalla fuqorolar yigʼini hududida joylashgan 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 1983-yilda qurilgan boʼlib, “Obod qishloq” davlat dasturi asosida taʼmirdan chiqarilgan. Hozirda taʼlim tashkilotida 10 ta guruh faoliyat olib bormoqda. Ushbu taʼlim tashkilotiga nafaqat Sohibkor mahallasidagi, balki Kichikbeshkapa va Qiyqi mahallalaridan ham tarbiyalanuvchilar qamrab olingan. Sohibkor mahalla fuqarolar yigʼini hududida 3-7 yoshlilar soni 235 nafarni tashkil etib, bularning 95 nafari bugungi kunda qamrab olinmagan edi. 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga yengil tipdagi 90 oʼrinli qoʼshimcha bino qurilishi rejalashtirilgan edi. Bugun ushbu bino ham foydalanishga topshirildi. Shuningdek, tumanning Soyboʼyi mahalla fuqarolar yigʼini hududida 238 nafar 3-7 yoshli bolalar istiqomat qiladi. Ushbu hududda davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud emas edi. Shuning uchun xususiy tadbirkor Oybek Raxmatov tomonidan Davlat xususiy sheriklik shaklidagi 150 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu tashkilotda ham bolalarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun zamonaviy mashgʼulot xonasi, yotoqxona va oshxona mavjud. Endi hududdagi 238 nafar 3-7 yoshli bolalarning 150 nafari ushbu taʼlim tashkilotiga, 50 nafari esa hududda faoliyat yuritayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinadi. Shuningdek, Qamashi tumanining Paxtaobod mahallasida bogʻcha binosi yangi koʻrinishga keltirildi. Mazkur 11-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi “Obod mahalla” dasturiga koʻra loyiha qiymati 3, 4 milliard soʻm evaziga taʼmirlandi.   Ushbu bogʻcha foydalanishga topshirilishi natijasida 150 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlimga qamrab olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Boʻkada 600 oʻrinli MTT foydalanishga topshirildi

Bugun, 11-aprel kuni Toshkent viloyati Boʻka tumani “Madaniyat” MFYda joylashgan 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Maktabgacha taʼlim vaziri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, OAV vakillari ishtirok etdi. Qayd etilishicha, ushbu tashkilot 1952-yil qurilgan boʻlib, 1982-yildan maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida faoliyat yuritgan. 2019yil aprel oyidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirliklari homiyligi ostida “OOO KAPITAL” qurilish taʼmirlash birlashmasi tomonidan qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilib, rekonstruksiya qilingan.  Ushbu 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 12 ta asosiy guruh (360-oʻrin) 2 ta qisqa muddatli guruh hamda 2 ta bepul bir yillik majburiy taʼlim uchun guruhlar (240-oʻrin) mavjud. Tashkilotda jami 33 nafar xodimlar faoliyat yuritib, shundan pedagog xodimlar 23 nafar, texnik xodimlar esa 9 nafarni tashkil etadi. Maʼlumot uchun, Boʻka tumani maktabgacha taʼlim tizimida 80 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, jumladan 18 ta davlat, 4 ta xususiy hamda 58 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadi. Bugungi kunda tumanda 10 029 nafar 3-7 yoshli bolalar boʻlib, ulardan 5738 nafari qamrab olinib, qamrov 57,2 foizni tashkil etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Vazirlik ishchi guruhi tomonidan tavsiyalar berildi

Joriy yilning 28-mart – 4-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining tegishli buyrugʻi bilan Qashqadaryo viloyat maktabgacha taʼlim tizimidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, tegishli koʻrsatma va metodik tavsiyalar berish yuzasidan vazirlikning ishchi guruhi faoliyat olib bordi. Ishchi guruh aʼzolari va viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari dastlab viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasida yigʻilib, yoʻl xaritasini belgilab, qilinadigan ishlar yuzasidan maslahatlashib oldilar. Shundan soʻng, ishchi guruh yoʻnalishlar boʻyicha Gʻuzor, Nishon, Qarshi, Kasbi, Koson tumanlari hamda Qarshi shahar maktabgacha taʼlim boʻlimlari hamda hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi hamda tegishli tushuntirish va tavsiyalar berib oʻtdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yana 5 ta MTT bolajonlarga eshiklarini ochdi

Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida bir kunda 3 ta DMTT foydalanishda topshirildi. Endilikda 520 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinadi.Joriy yilning 8-aprel kuni Jizzax viloyati Doʻstlik tumani “Navroʻz” mahallasida 10-son DMTT 140 oʻrinli, 3-son DMTT 240 oʻrinli, 7-son 140 oʻrinli DMTTlar foydalanishga topshirildi. Barcha sharoitlarga ega, keng va yorugʻ xonalar, sport va musiqa zallari, innovatsion taʼlim berishga ixtisoslashgan jihozlar endilikda kichkintoylarimizning porloq istiqboli uchun xizmat qiladi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanning chekka hududida joylashgan «Mehrobod» mahallasida 90 oʻrinli 26-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi. Ushbu tashkilot mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan yangidan qurildi. Bundan tashqari, aholi bandligini taʼminlash maqsadida, ushbu tashkilotga hududdagi 20 nafar pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilish koʻzda tutilgani. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 ta guruh uchun moʻljallangan, zarur mebellar bilan jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona va barpo qilingan. «Mehrobod» mahallasida 327 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, shularning 120 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Shundan 90 nafari kuni uzaytirilgan guruhda, qolgan 30 nafari qisqa guruhlarga qamrab olinadi. Shu bilan birga, Qumqoʻrgʻon tumanining “Hurriyat” mahallasida ham 140 oʻrinli 10-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham bolajonlarga oʻz eshigini ochdi. Ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1978-yil qurilgan boʻlib, 2021-yilda “Obod qishloq dasturi” asosida taʼmirga tushib, 1 mlrd 800 mln mablagʻ hisobidan kapital taʼmirlash ishlari olib borildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida 6 ta kuni uzaytirilgan va 2 ta qisqa guruh uchun moʻljallangan, zarur mebellar bilan jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona, oshxona va yozgi ayvonchalar barpo qilingan.   “Hurriyat” mahallasida 398 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, shularning 190 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Shundan 140 nafari kuni uzaytirilgan guruhda, qolgan 50 nafari qisqa guruhlarga qamrab olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Murojaatlar bilan ishlash yuzasidan tavsiya va tushuntirish berildi

Bugun Qashqadaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasida ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash yuzasidan seminar oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi Shirinbek Toychiboyev, boshqarma xodimlari hamda tuman, shahar boʻlimlari mutaxassislari ishtirok etdi. Seminar davomida Sh.Toychiboyev tomonidan bugungi kunda dolzarblik kasb etayotgan murojaatlar va ular bilan ishlashning maqbul yoʻllari, elektron hujjat almashish tizimlari samaradorligi, ogʻzaki murojaatlar bilan ishlash boʻyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.   Shuningdek, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savollarga javob oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodik koʻmak berildi

Qashqadaryo viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ishchi guruhi boʻlib turibdi. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan joylarda mehnat qonunchiligi, huquqiy va metodik yordam, tushuntirish hamda tavsiyalar berib borilmoqda. Bugun ishchi guruh aʼzosi Dilafroʻz Mahmudova Chiroqchi hamda Kitob tumanlaridagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, tarbiyachilarga metodik tavsiyalar berib oʻtdi. Shuningdek, D.Mahmudova tomonidan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi mazmun-mohiyati, tarqatma materiallardan unumli foydalanish, ijodkorlik va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish hujjatlarini yuritish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.   Ishchi guruh faoliyatini davom ettirmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта