Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim sohasidagi islohotlar va natijalarni baholash.

24 iyul kuni " Yuksalish" umummilliy harakati zalida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Oliy Majlis Senati a'zosi senator M.Salimova , mahalliy hokimiyat vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.Anjumanda Maktabgacha ta'lim vazirining o'rinbosari U.Begimqulovning besh yil mobaynida amalga oshirilayotgan ishlar to'g‘risida hisoboti tinglandi. Shuningdek, vazirlikning yaqin kelajakdagi istiqbolli rejalari to'g'risida ma'lumotlar taqdim etildi. SHU bilan birga, Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari maktabgacha ta'lim bo'limlari rahbarlarining hisobotlari OAV vakillariga taqdim etildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“So‘nggi 5 yil ichida maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlar va natijalarni baholash” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani haqida

(Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarining so‘nggi 5 yil ichida maktabgacha ta’lim tizimidagi yutuq va kamchiliklarini OAV bilan hamkorlikda tahlil qilish) Maktabgacha ta’lim tizimida 2017-yilda mamlakatimizda 5211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 2 557 931 nafar boladan 708 247  nafarni yoki 27,7 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olingan edi. (Press-relizga ilova qilingan slaydda so‘nggi 5 yillik barcha ma’lumotlar infografikada keltirilgan.) Xususan, Jizzax viloyatida 172 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 147 967 nafar boladan 24 265  nafarni yoki 16,4 % ni , Namangan viloyatida 462 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 183 705 nafar boladan 54 141  nafarni yoki 29,5 % ni, Qashqadaryo viloyati 332 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 259 194 nafar boladan 55 871 nafarni yoki 21,6 % ni,  Samarqand viloyati 565 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 285 077 nafar boladan 75 087  nafarni yoki 21 % ni, Toshkent viloyatida  441 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 220 274 nafar boladan 59 989  nafarni yoki 27,2% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. 2018-yil holatiga kelib mamlakatimizda 7104 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 473 145 nafar boladan 932 310  nafari yoki 37,7 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Xususan, Jizzax viloyatida 242 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 132 868 nafar boladan 35 656  nafarni yoki 26,8 % ni , Namangan viloyatida 636 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 184 288 nafar boladan 79 023  nafarni yoki 42,9 % ni, Qashqadaryo viloyati 595 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 241 843 nafar boladan 68 602 nafarni yoki 28,4 % ni,  Samarqand viloyati 637 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 305 068 nafar boladan 79 262  nafarni yoki 26 % ni, Toshkent viloyatida  681 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan  199 077 nafar boladan  nafarni yoki 40,7% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. 2019-yilda mamlakatimizda 13 530 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 701 462 nafar boladan 1 413 290  nafari yoki 52,3 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Xususan, Jizzax viloyatida 725 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 111 890 nafar boladan 63 473  nafarni yoki 56,7 % ni , Namangan viloyatida 1210 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 227 968 nafar boladan 118 331  nafarni yoki 51,9 % ni, Qashqadaryo viloyati 1558 ta 110 532 nafarni yoki 38,7 % ni,  Samarqand viloyati 2027 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 323 916 nafar boladan 163 231  nafarni yoki 50,4 % ni, Toshkent viloyatida  823 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 218 888 nafar bolalardan, 108 881  nafarni yoki 49,7% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. 2020-yilda mamlakatimizda 18 254 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 792 806 nafar boladan 1 699 566  nafari yoki 60,9 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Xususan, Jizzax viloyatida 990 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 117 363 nafar boladan 76 253  nafarni yoki 65 % ni , Namangan viloyatida 1 618 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 238 592 nafar boladan 149 983 nafarni yoki 62,9 % ni,  Samarqand viloyati 2421 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 337 121 nafar boladan 212 229  nafarni yoki 63 % ni, Toshkent viloyatida  1034 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 220 595 nafar bolalardan, 119 951  nafarni yoki 54,4% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. Shuningdek, joriy yilning 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha mamlakatimizda 19 316 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 1 707 860 nafar bolalar yoki 62,4 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.  Xususan, Jizzax viloyatida 1010 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 81 062 nafar bolalar yoki 67,5 % ni , Namangan viloyatida 1743 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 155 720 nafar bolalar yoki 64,2 % ni,  Samarqand viloyati 2487 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 215 643 nafar bolalar yoki 63,2 % ni, Toshkent viloyatida  1101 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 220 595 nafar bolalardan, 125 166  nafarni yoki 57,3% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Joriy yilning 16 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan, farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish uchun MTT direktori pora so’ragani to’g’risidagi fuqaro fikri yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Xullas, 200 dollar pora so’rabdi, direktor. Men: “yo’q, kerakmas, 200 dollar pulim yo’q, Yagona darchadan navbatimizni kutamiz” dedim. “Yagona darcha”ga borsak, sizni navbatingiz o’tib ketibdi, deyishdi” mazmunidagi fuqaro fikri yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:Joriy yilning 16 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Xullas, 200 dollar pora so’rabdi, direktor. Men: “yo’q, kerakmas, 200 dollar pulim yo’q, Yagona darchadan navbatimizni kutamiz” dedim. “Yagona darcha”ga borsak, sizni navbatingiz o’tib ketibdi, deyishdi” mazmunida fuqaro fikri tarqatilgan. Mazkur fikrni qay darajada toʼgʼri ekanligini oʼrganish jarayonida, muallif bilan ijtimoiy tarmoqdagi messendjer orqali suhbatlashildi hamda undan tarqatgan fikri yuzasidan asosli dalillar taqdim etishi soʼraldi. Murojaatchiga agarda murojaati asosini topmasa “tuxmat” deb belgilanishi va “Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisida”gi Kodeksning 40-moddasiga binoan, tuhmat, yaʼni bila turib yolgʼon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab boʼlishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. Biroq, murojaatchi oʼzi keltirib oʼtgan vajlar yuzasidan maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori bilan ogʼzaki muloqot qilgani, shuningdek u mazkur suhbatlashuv jarayonini hech qanday yozuvli holatlarda saqlab olmagani, 200 dollar talab etilganlik haqidagi poraxoʼrlikni isbotlaydigan dalillari yoʼqligini bildirdi.Masalaga oydinlik kiritish maqsadida, vazirlik xodimlari fuqaro bilan bogʼlanish uchun undan qoʼl telefon raqamini soʼrashganida, murojaatchi telefon raqamini taqdim qilishni xohlamadi. Аsos va dalillar taqdim etilmagani sabab, murojaat “asossiz” deb topilganini maʼlum qilamiz. Ijtimoiy tarmoqdagi yozishmalar davomida fuqaroga hozirda Maktabgacha taʼlim vazirligida korrupsiya holatlari, noqonuniy faoliyatlar bilan shugʼullanayotganlarga qarshi kurashadigan alohida komplaens-nazorat boʼlimi tashkil etilganligi, ushbu boʼlimga murojaat qilib, asoslarini taqdim qilishi lozimligi, bordiyu fuqaroning fikri oʼz tasdigʼini topsa, bunday noqonuniy ishlarga chek qoʼyishda amaliy yordam berilishi toʼgʼrisida maʼlumot berildi.Аziz fuqarolar! Siz ham poraxoʼrlik va korrupsiya kabi holatlardan xabardor boʼlsangiz va albatta yetarli asoslaringiz boʼlsa, noqonuniy faoliyatlarga chek qoʼyilishida Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining komplaens-nazorat boʼlimiga murojaat qilishingiz mumkin.Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Anorboyev Jizzax viloyatining bir qator maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qamrov masalasi, taʼlim jarayoni, qisqa muddatli guruhlarini yaratish va sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratdi.Dastlab Bahodir Anorboyev tomonidan Jizzax shahridagi 1-son DMTTni bosqimcha bosqich IT sohasiga ixtisoslashtirilgan MTT ga aylantirish. “Mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotining rasmiy sayti ishga tushirilishi va u ingliz, rus va oʻzbek tillarida yuritilishi kerak. IT sohasiga ixtisoslashtirilgan ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotida barcha xodimlar komputer savodxonligiga oʻqitilishi lozim”-deydi vazir oʻrinbosari.Shuningdek, Zomin tumanidagi Yakka tartibdagi tadbirkor Joʻrayeva Iroda tomonidan faoliyati yoʻlga qoʻyilgan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotida tashrif davomida Bahodir Anorboyev tomonidan oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha kerakli taklif va tavsiyalar berildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bogʻchalardagi navbatlar: muammo nimada?

Soʻnggi paytlarda bolalarni davlat bogʻchalariga joylashtirish, navbatlar yuzasidan koʻp murojaatlar kelmoqda. Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat xizmatlari agentligi va mutaxassislari hamkorlikda ushbu kamchiliklarni toʻliq tahlil qildi. Natijalari bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yoshlarga eng yaxshi loyihalar uchun 49 million so‘mgacha grant mablag‘lari beriladi

Farmon bilan 2021 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahrida Yoshlar biznes maktabi, 2022 yildan boshlab barcha hududlarda uning filiallari tashkil etiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap g‘oyalari tanlovlari tashkil etiladi hamda har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan g‘olibga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi. Eng yaxshi loyihalarning har biri uchun BHMning 200 baravarigacha grant mablag‘lari beriladi. 2021/2022 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va OTMlarda axborot texnologiyalari darslari Kembrij dasturi asosida o‘tkaziladi. 2021 yil 1 sentyabrdan Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi 5 yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan, shuningdek, olis va chekka hududlarda ishlayotgan sportchi-trenerlarga: • sport to‘garaklarini tashkil etish uchun tuman va shaharlarda bo‘sh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu ob’yektga nisbatan belgilangan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga beriladi;• sport inventarlari, buyumlari va jihozlarini xarid qilish uchun subsidiyalar ajratiladi;• kamida 100 nafar yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishini tashkil etgan taqdirda BHMning 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda har oylik to‘lov joriy etiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan har yili “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi tashkil etiladi. Tanlovda g‘olib deb topilgan mualliflarga:➖ birinchi o‘rin uchun – 100 million so‘m;➖ ikkinchi o‘rin uchun – 75 million so‘m;➖ uchinchi o‘rin uchun – 50 million so‘m mukofot mablag‘lari ajratiladi. Asos: PF–6260-son, 13.07.2021 y. Manba: Adliya vazirligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida o‘qiyotgan farzandlariga birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakti to‘lab beriladi

“Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularningijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi Farmonga ko‘ra, 2021 yil avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandi uchun 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida ta’lim olayotgan farzandlariga 2021/2022 o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi qoplab beriladi. “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi. Ipoteka dasturi doirasida boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari bo‘yicha qo‘shimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratiladi. 2021 yil 1 sentyabrdan respublikadagi OTMda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va o‘qish muddati tugagandan keyin yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida ta’lim kreditlari beriladi. Davlat organlari va tashkilotlarida ishlayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish tartibi joriy etiladi. Oylik ustamalar 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda har oy to‘lab boriladi. Asos: PF–6260-son, 13.07.2021 y. Manba: Adliya vazirligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
“А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti”ning Toshkent shahridagi filialida kirish imtihonlari boshlandi

А.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filialida kirish sinovlari boshlandi. Sinovlar onlayn tarzda belgilangan grafik asosida oʼtkazilmoqda. Dastlabki sinovlar Toshkent shahridagi Puchon universiteti bazasida oʼtkazildi. Viloyatlardagi universitetlar bazasida sinovlar oʼtkazilishi uchun alohida jihozlangan xonalar tayyorlangan. Аbiturientlar tanlagan yoʼnalishlari boʼyicha kirish sinovlarining birinchi bosqichidan oʼtmoqdalar.  Eslatib oʼtamiz, filialga belgilangan 8 ta taʼlim yoʼnalishi boʼyicha abiturientlardan hujjatlar qabuli davom etmoqda. Batafsil maʼlumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.  https://www.herzen.uz/  https://t.me/herzenuz Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Bo'ka tumanidagi 3-sonli MTTni ko'zdan kechirdi.

Oʼzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Toshkent viloyati Boʼka tumanida boʼlib, "Madaniyat" mahallasi hududida mehnat vazirligi boshchiligida barpo etilayotgan 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini koʼzdan kechirdi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mazkur tashkilotga 18 milliard mablagʼ ajratgan boʼlib, hozirgi kunda jihozlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Boʼka tumani hokimligi tomonidan tashkilotni taʼmirlash va jihozlash ishlari boʼyicha bir nechta loyihalari hamda rejalar haqida berilgan takliflar muhokama qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
«Mittivoy» loyihasi doirasida ertaga soat 12-00 da youtube.com platformasida «Bolalar bogʻchasi va oila: munosobat xususiyatlari» mavzusida onlayn kurs oʻtkaziladi. Maʼruzachi: Vera Derkunskaya , A.I. Gersen nomidagi Bolalik Instituti dotsenti.

“Mittivoy“ loyihasining vazifasi Rossiya davlat pedagogika A.I. Gertsen nomidagi Bolalik Instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli taʼlim dasturlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha taʼlim tashkilotlarda milliy yoʻnaltirilgan taʼlim tizimini ishlab chiqarish va joriy etishdan iborat.Batafsil: 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim sohasida Yuneskoning hamkorligi

Joriy yilning 15-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda Yunesko Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Djannini bilan uchrashdi va ta'lim sohasidagi masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv doirasida maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va erishilgan ilg'or natijalar, shuningdek kelgusi yillarda maktabgacha ta'lim sohasida rivojlanishning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha masalalar muhokama qilindi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish davlatning ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Oʼzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarining 4.2 bandiga muvofiq 2030-yilga kelib barcha oʼgʼil-qizlar boshlangʼich taʼlimga tayyor boʼlishlari uchun yosh bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha taʼlim olish uchun sifatli tizimlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʼlishlarini taʼminlash borasida ijobiy natijalarga erishdik. Respublika boʼyicha maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʼrsatkichlari 2017 yili 27% dan 2021 yilga kelib 62% gacha oshishi natijasida, bugungi kunga kelib 1,7 mln. dan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼldilar, qolaversa Oʼzbekistonda 2019 yildan boshlab barcha bolalar uchun boshlangʼich taʼlimda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maktabga borishdan bir yil oldin majburiy maktabgacha taʼlim tizimi joriy etildi. Bugungi kunda maktabga chiqish yoshidagi bolalarning 77 %i maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olindi, 2025 yilga borib ularning barchasini bir yillik majburiy bepul taʼlim tizimiga qamrab olinishi rejalashtirilganmiz” deya ta’kidladi, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin .  “O’zbekiston qisqa muddat ichida bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish darajasini deyarli 2,5 barobarga oshirishi, bir yillik majburiy ta’limga qamrab olish esa 77% ga yetgani, “Ilk Qadam” davlat o’quv dasturi va pedagoglarni malakasini oshirish bo’yicha qilingan ishlar tahsinga sazovordir”-dedi Yunesko Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Djannini. Uchrashuv jarayonida 2022 yilning kuzida Toshkent shahrida ilk yoshdagi bolalarga tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 27-29 sentyabr kunlari Moskvada Yuneskoning Birinchi ilk yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish va ta’limi bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tgan, unda, uch kun davomida konferensiya ishtirokchilari butun dunyo bo‘ylab bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilishgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
KOICA bilan hamkorlikda o'quv kurslari boshlandi

Joriy yilning 12 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim Vazirligi va KOICA hamkorligida "O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va kelgusidagi taraqqiyoti" dasturi doirasida 12-30 iyul kunlariga moʻljallangan "Oʻzbekiston maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini malakasini oshirish" oʻquv kurslari boshlandi. Mazkur o'quv kurslari 2021-2023 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lib, har 3 yil davomida maktabgacha ta'lim sohasining 20 nafar xodimi dasturda ishtirok etadi. Tadbir doirasida Koreyaning Soonchunhyang Universiteti yetakchi professor-o'qituvchilar ishtirokida ikki va uch haftalik ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar rejalashtirilgan. Bugungi kunda 120 nafar xodimlardan 21 nafari (4 nafar direktor, 4 nafar metodist, 13 nafar maktabgacha tarbiyachi ) suhbat asosida tanlab olindi. O'quv kursi maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga yo'naltirilgan yondashuvlarni va o'quv dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan. Epidemiologik vaziyat tufayli o'quv kurslari onlayn tarzda tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolalarning rashki

Bir necha farzandli oilalarda ota-onalar ko'pincha bolalar rashki va o'rtasidagi raqobat muammosiga duch kelishadi. Oilada go'dak paydo bo'lganidan so’ng katta yoshdagi bolalar o'zlarining avvalgi "kumir" holatiga qaytishga intilishadi: tajovuzkor xatti-harakatlar, negativ yoki ko'z yoshlarini ko’payishi kuzatiladi.❗️Ota-onalar rashkchi farzandni tanqid qilmasligi, ta'na qilmasligi yoki ustidan kulmasligi kerak.❗️Ota-onalar rashkchi bolani "kattalar" harakatlarini namoyon qilishida rag'batlantirishlari kerak (masalan poyabzalini o’zi kiysa yoki o'yinchoqlarni yeg’ib qo’ysa).❗️Bola katta bo'lish sharaf va imtiyoz ekanligini tushunishi kerak.❗️Onaga go'dakni boqish qanchalik qiyin bo'lmasin, u har kuni katta farzandi bilan ham muloqot qilish va o'ynashi uchun vaqt topishi kerak.❗️Ota-onalar har bir farzandini kerakli darajada sevishi lozim. Bolalarga bir xil muhabbat kerak emas, ular boshqalar kabi emas, balki o'zgacha tarzda sevilishini orzu qiladilar.❗️Farzandlarigizni hech qachon bir-biri bilan taqqoslamang.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazir o'rinbosari Jizzax viloyatida

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosari Uzoqboy Begimqulov Jizzax viloyatida maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlar, faoliyatlari, shart-sharoitlari, ta'lim sifati bilan tanishish maqsadida bir nechta maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan tanishdi. Xususan, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi "jajji qadamlar" nomli 14-DMTT, "yorqin yulduz boychechak" nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, shuningdek, Paxtakor tumanidagi Pedagogika kollej faoliyati bilan tanishib, "pedagoglarning malakasini oshirish uchun Respublikadagi tajribali mutaxassislar Jizzaxdagi kollejlarda amaliy seminarlar o'tkazishi uchun jalb etilishi hamda viloyat Pedagogika kollejida Klaster tizimi tashkil etib, uning qoshida DMTT ochish va bu bilan talabalarning olgan bilimlarini amaliyot bilan uyg'un tarzda o'zlashtirishini" - vazir o'rinbosari ta'kidlab o'tdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Diqqat qiling Iste'dodli bolalar va ularning ota-onalari!

12-23 iyul kunlari biz "AQLVOY bilan kuyla" fleshmobini o'tkazmoqdamiz.⠀Buning uchun darhol telefoningizni qo'lingizga oling, video tugmachani bosing va "Aqlvoy" telekanalining madhiyasini kuylang.⠀ Videoni instagram sahifangizga joylashtiring. Bizni @aqlvoy deb belgilashni ham unutmang. Shuningdek, videolarni ijtimoiy tarmoqlarimiz messenjerlariga (Direct, messenjer, telegram) yuborishingiz mumkin.⠀#aqlvoybilankuyla xeshtegidan foydalaning.⠀Eng yaxshi va kreativ videolardan telekanalimiz madhiyasiga videoklip yaratishda foydalaniladi!⠀Fleshmobning asosiy maqsadi bolalarimizning iste'dodlarini namoyish etish va ularning musiqaga bo'lgan qiziqishini oshirishdir.⠀Aziz ota-onalar! Siz ham ushbu imkoniyatdan foydalanib, ishtirok etishingiz mumkin. Videolaringizni yuboring. Bolalarga namuna bo'ling))⠀Eslatma: videoroliklarni iloji boricha yuqori sifatli, jonli ijroda va maksimal kreativlikka e'tibor bergan holatda yuborishingizni so'raymiz!⠀Video ijtimoiy tarmoqlarimizga joylashtiriladi.⠀Bu sizning iste'dodingizni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat. Vaqt ketdi … https://www.youtube.com/watch?v=9UDXNzmgWwA

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Diqqat qiling Iste'dodli bolalar va ularning ota-onalari!

12-23 iyul kunlari biz "AQLVOY bilan kuyla" fleshmobini o'tkazmoqdamiz.⠀ Buning uchun darhol telefoningizni qo'lingizga oling, video tugmachani bosing va "Aqlvoy" telekanalining madhiyasini kuylang.⠀ Videoni instagram sahifangizga joylashtiring. Bizni @aqlvoy deb belgilashni ham unutmang. Shuningdek, videolarni ijtimoiy tarmoqlarimiz messenjerlariga (Direct, messenjer, telegram) yuborishingiz mumkin.⠀ #aqlvoybilankuyla xeshtegidan foydalaning.⠀Eng yaxshi va kreativ videolardan telekanalimiz madhiyasiga videoklip yaratishda foydalaniladi!⠀Fleshmobning asosiy maqsadi bolalarimizning iste'dodlarini namoyish etish va ularning musiqaga bo'lgan qiziqishini oshirishdir.⠀Aziz ota-onalar! Siz ham ushbu imkoniyatdan foydalanib, ishtirok etishingiz mumkin. Videolaringizni yuboring. Bolalarga namuna bo'ling))⠀Eslatma: videoroliklarni iloji boricha yuqori sifatli, jonli ijroda va maksimal kreativlikka e'tibor bergan holatda yuborishingizni so'raymiz!⠀Video ijtimoiy tarmoqlarimizga joylashtiriladi.⠀Bu sizning iste'dodingizni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat. Vaqt ketdi … ⏰ https://www.youtube.com/watch?v=9UDXNzmgWwA

Maktabgacha ta'lim agentligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Кorrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati

Joriy yilning 6 iyulida "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimchachora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.2021 yil 1 oktyabrgacha korrupsiya, manfaatlar to'qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo'lga qo'yiladi.2021 yil 1 avgustdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e'lon qilinadi.Davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibi ishlab chiqiladi.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yil 1 dekabrdan har yil yakuni bo'yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e'lon qilib boriladi.2021 yil 1 dekabrgacha daromad va mol-mulk deklarasiyalari bo'yicha ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.2021 yil 1 oktyabrgacha davlat mablag'lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o'tkaziladigan tanlovlar "shaffof qurilish" tizimi ma'lumot almashinuvini ta'minlagan holda davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.2022 yil 1 yanvargacha avtomobil yo'llari sohasiga tegishli ma'lumotlarni o'z ichiga oladigan "SHAFFOF YO'L" onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi.2022 yil 1 yanvardan boshlab "halollik vaktsinasi" tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'qitiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fargʻona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Fargʻona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Xodjayeva Yulduz Mansurovna. Fargʻona viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Xodjayeva Yulduz Mansurovna 1968-yil 19-may kuni Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 1990-yil Qoʻqon davlat pedagogika instituti (kunduzgi) rus tili va adabiyoti,maktabgacha pedagogika- psixologiya yoʻnalishini tamomlagan, 1997-yil Qoʻqon davlat pedagogika instituti (sirtqi) oʻqituvchisi va maktabgacha tarbiya metodisti yoʻnalishini tamomlagan. 1985-1990-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi 1990-1991-yillarda Qoʻqon shahar 17-maktab rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi 1991-2000-yillarda Dangʻara tumani “Lola” maktabgacha taʼlim muassasa tarbiyachisi 2000-2000-yillarda Dangʻara tumani №3 — maktabgacha taʼlim muassasa mudirasi 2000-2002-yillarda Dangʻara tumani “Lola” maktabgacha taʼlim muassasa tarbiyachisi 2002-2004-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedra oʻqituvchisi 2004-2005-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika kafedra oʻqituvchisi 2006-2007-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi litseyi rus tili oʻqituvchisi 2007-2009-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyoti kafedra oʻrindosh oʻqituvchisi 2008-2012-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi direktori 2012-2013-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari 2014-2017-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi Direktori 2017-yildan hozirgacha Fargʻona viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi. ✅Xodjayeva Yulduzxon Mansurovna? (73)2260993? fargonamtb@umail.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich – Samarqand viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich – 1968-yil Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. Samarqand qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992-1996 yy. – Samarqand viloyati Chelak tumani Dehqonchilik sanoati uyushmasi bosh mutaxassis, moliyachisi vazifasidan boshlagan. 1996-1996-yillari “OʻzSavdogarbank” Chelak boʻlimi qarz boʻlinmasi 2-toifali iqtisodchisi 1996-1998-yillari “Tadbirkorbank” Chelak boʻlimining kreditlash boʻlimi qimmatli qogʻozlar boʻyicha yetakchi mutaxassisi 1999-2001-yillari “Savdogarbank” Chelak boʻlimining kreditlash boʻlimi 1-toifali iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi 2001-2001-yillari Oʻzbekiston Respulikasi Moliya vazirligining “Samarqand don” hissadorlik jamiyati boʻyicha moliya inspektori 2001-2002-yillari Samarqand viloyati Chelak tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri 2002-2009-yillari Samarqand viloyati Payariq tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri 2009-2012-yillari Samarqand viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari U tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi 2021-yil 8-iyundan boshlab Samarqand viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi ishlab kelmoqda. ✅Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich?(66)233-93-93?samarqand@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi

Abdullayev Abduvoxid Abduraimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi. Abdullayev Abduvoxid 1964-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 1988-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 1988-1989-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi yordamchisi; 1989-1900-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi oʻrinbosari; 1990-1990-yillarda -«Sverdlov» nomli kolxoz hisobchisi; 1990-1991-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi; 1991-1998-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha 1-toifali nazorat-taftishchisi; 1998-2001-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari; 2001-2003-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish” boʻlimi bosh nazorat-taftishchisi; 2003-2004-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taftish qilish hamda valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari; 2004-2008-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taftish qilish hamda valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi; 2008-2017-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarni melorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti Byudjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish inspeksiyasi Inspeksiya boshligʻi; 2018-2019-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarni melorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti Loyihalarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlimi bosh mutaxassisi; 2019-2019-yillarda - Oʻrmon xoʻjaligi Davlat qoʻmitasi huzuridagi «Oʻrmonqurilish» DUKning moliya, nazorat qilish, shartnoma va marketing boʻlimi boshligʻi; 2019-2020-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi boʻlimi bosh mutaxassisi; 2020-2021-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi bosh mutaxassisi; 2021-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi; ✅Abdullayev Abduvohid Abduraimovich ?(71) 207-04-08 (816) ?dxsh.monitoring@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Azimov Azizbek Zaynabiddinovich – Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Azimov Azizbek Zaynabiddinovich 1984-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 2005-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2005-yilda Andijon shahri 35-ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisi sifatida boshlagan. 2008-2010-yillarda Andijon shahri 35-ixtisoslashtirilgan maktab direktori oʻrinbosari boʻlgan. 2010-2013-yillarda Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi taʼlim jarayonini taʼminlashni tashkillashtirish boʻlimi yetakchi mutaxassisi boʻlgan. 2013-2015-yillarda Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi davlat taʼlim standartlari monitoringi boʻlimi boshligʻi, boshqarma oshligʻi oʻrinbosari boʻlgan. 2015-2016-yillarda Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi axborot-texnologiyalari boʻlimi boshligʻi 2016-2017-yillarda Andijon shahar hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha bosh mutaxassisi. 2017-2017-yillarda Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Andijon shahar boʻlimi mudiri. 2017-2018-yillar Andijon viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi. 2018-2018-yillarda Andijon viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari. 2019-2020- yillarda Andijon shahar hokimligining voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha shahar idoralar komissiyasi masʼul kotibi. 2020-yil x.v — Andijon viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi. ✅Azimov Azizbek Zaynabiddinovich?(74) 225-51-08?boshqarma@andijonvmtb.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Madaniy almashinuv va xorijiy tillarni o'rganish" mavzusidagi I Toshkent viloyati forumi bo'lib o'tdi.

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bo'lib o'tgan "madaniy almashinuv va xorijiy tillarni o'rganish" mavzusidagi I Toshkent viloyati forumida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosari Begimqulov Uzoqboy va bir qator soha mutaxassislari ham ishtirok etib, o'z fikr mulohazalari, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Xususan, forumda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 34-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori, "Ta'lim laboratoriya"si asoschisi Ubaydullaeva Nilufar o'z takliflari bilan ishtirok etdi. Ushbu loyiha mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini innovasion usulda o'qitish bo'yicha ilk marta tashkil etilmoqda. Shu sababli, Zangiota tumanining "2020-2021 yillar davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi"ga kiritilib, joriy yilning 4 fevral kunidan loyiha doirasida o'quv jarayonlari yo'lga qo'yilgan. Ushbu loyihaga ko'ra 4 oylik o'quv dasturi asosida tinglovchilar "bolalar psixologiyasi", "o'qitish metodikasi", "rus tili", "ingliz tili" yo'nalishlarida tahsil oldilar. Tinglovchilar laboratoriyada olgan bilimlarini o'z ish faoliyatlarida qo'llab, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini oshishi uchun xizmat qiladi. Mazkur "Ta'lim laboratoriya"sini rivojlantirish uchun viloyat hokimligi tomonidan mahalliy byudjet hisobidan kerakli miqdorda mablag'ajratilishi belgilandi. Bundan tashqari mazkur loyihaga Buyuk Britaniya konsullik idorasi ham o'zlarining qiziqishlarini va har tomonlama qo'llab quvvatlashlarini bildirib o'tganlar. Tadbir davomida Konfutsiy instituti, Gyote instituti, O'zbekiston-Yaponiya markazi singari xorijiy til va madaniyat markazlari vakillarining ma'ruzalari tinglandi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim tizimining 73,3% xodimlari koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashning birinchi bosqichidan o'tdi.

Maktabgacha ta'lim tizimida jamoaviy immunitet hosil qilish va koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ko'magida O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlarning xodimlarini emlash jarayoni amalga oshirildi va ushbu qamrov ko'rsatkichi 73,3% tashkil etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim sohasi siyosatini shakllantirish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

✅Ten Elena Gerasimovna?(71) 207-04-08 (700)?boshqarma@mdo.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlantirish boʻlimi boshligʻi

Xidirbayev Baxrom Baxtiyarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlantirish boʻlimi boshligʻi. Xidirbayev Baxrom 1983-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005-2007-yillarda - “Olmaliq KMK” OAJ Angren kon boshqarmasi mehnat va ish haqi boʻlimi EHM operatori; 2007-2012-yillarda - “Olmaliq KMK” OAJ Angren kon boshqarmasi reja va iqtisod boʻlimi 1-toifali iqtisodchisi; 2012-2015-yillarda - “Olmaliq KMK” AJ Kovuldi koni mehnatni tashkillashtirish va ishlab chiqarishni rejalashtirish byurosi boshligʻi; 2015-2017-yillarda - “Olmaliq KMK” AJ Angren kon boshqarmasi reja va iqtisod boʻlimi boshligʻi; 2019-2020-yillarda - “Olmaliq KMK” AJ Angren kon boshqarmasi reja va iqtisod boʻlimi boshligʻi; 2020-2020-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 2020-2020-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Hududiy rivojlanish tahlili, strategiyasi va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi; 2020-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlantirish boʻlimi boshligʻi. ✅Xidirbaev Baxrom Baxtiyarovich ? (71) 207-04-08 (703) ? main.dep@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Statistika boʻlimi boshligʻi

Samiyev Shaxzod Olimjon oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Statistika boʻlimi boshligʻi. Samiyev Shaxzod 1993-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2017-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 2012-2013-yillarda - Jizzax viloyati Jizzax shahri “Mohir quruvchi lyuks” xususiy korxonasi ish boshqaruvchisi; 2018-2018-yillarda - Toshkent shahar statistika boshqarmasi Sanoat statistikasi boʻlimi 1-toifali mutaxassisi; 2018-2019-yillarda - Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma axborot-tahliliy ishlar boʻlimi yetakchi mutaxassisi; 2019-2019-yillarda - Toshkent shahar statistika boshqarmasi Sanoat statistikasi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi; 2019-2019-yillarda - Investitsiya va qurilish statistikasi boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi; 2020-2020-yillarda - Toshkent shahar statistika boshqarmasi Sanoat statistikasi boʻlimi boshligʻi; 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Statistika boʻlimi bosh mutaxassisi; 2021-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Statistika boʻlimi boshligʻi . ✅ Samiyev Shaxzod Olimjon o'g'li? (71) 207-04-08 (706)? stat@mdo.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Мaktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 iyundagi qaroriga koʻra, Onorboyev Bahodirjon Ochilboyevich Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Onorboyev Bahodirjon Ochilboyevich 1971 yili tugʻilgan. Texnika fanlari doktori. Unga qadar, Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatining mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yuridik boshqarma boshligʻi

Buriyev Xurshid Kosimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarma boshligʻi. Buriyev Xurshid 1977-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 1998-1999-yillarda - Navoiy viloyati Navoiy shahar prokuraturasining ish oʻrganuvchisi;1999-1999-yillarda - Navoiy viloyati 9306-sonli maxsuslashtirilgan harbiy qism prokuraturasining katta tergovchisi;1999-2000-yillarda - Navoiy viloyati Navoiy shahar prokuraturasining katta tergovchisi;2000-2001-yillarda - Navoiy viloyat prokuraturasi tashqi iqtisodiy faoliyatda korrupsiya, talon-toroj va boshqa suiisteʼmolchiliklarga qarshi kurash boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchisi;2001-2002-yillarda - Navoiy viloyat prokuraturasi iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi;2002-2004-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi millatlararo va xalqaro huquqiy munosabatlarda qonunlarni ijrosi ustidan nazorat boʻlimi prokurori;2004-2007-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xalqaro-huquqiy boʻlim katta prokurori;2007-2008-yillarda - Samarqand viloyati Samarqand shahar prokurorining oʻrinbosari;2008-2009-yillarda - Samarqand viloyat prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar boʻyicha katta yordamchisi;2009-2014-yillarda - Samarqand viloyat prokurorining milliy xavfsizlik va bojxona organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boʻyicha yordamchisi;2014-2014-yillarda - Samarqand viloyat prokuraturasi soliqqa oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori;2014-2014-yillarda - Samarqand viloyat prokuraturasi ichki ishlar organlarida surishtiruv, tergov va tezkor qidiruv faoliyati ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori;2018-2018-yillarda - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Taʼlim-tarbiya muassasalari bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi;2018-2018-yillarda - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kadrlar boʻlimi boshligʻi;2018-2019-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Axborot-tahlil boʻlimi bosh inspektori;2019-2019-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi Metodologiya, xavflarni baholash va tipologiyalar boʻlimi bosh inspektori;2019-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarma boshligʻi. ✅ Buriyev Xurshid Kosimovich ?(71) 207-04-08 (838) ?legal@mpe.uz

Вид сайта
Размер шрифта