Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovboshchiligidagivazirliklar xodimlari 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi ta'lim muassasalarida bo'lib, bolalajonlarni bayram bilan tabrikladilar va sovg'alar topshirdilar. O'tkazilgan tadbirlar va sovg'alarni topshirish jarayoni karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirildi. Ikki vazirlik vakillari kunning birinchi yarmida Yangiyer Pedagogika kolleji, Yangiyer Akademik litseyi va Guliston Olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurishdi. Agrippina Shin Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yo'llagan tabrik nutqida : «Mamlakatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan bolalarga doimiy g'amxo'rlik ko'rsatib kelinmoqda. Farzandlarimiz - bu bizning hayotimiz, kelajagimiz va baxtimiz. Har biringizning oilalaringizda va maktabgacha ta'lim muassasalarida e'tibor va g'amho'rlik ko'rsatilayotgan bu bolajonlar kelajakda hayotimizga yanada g'ayrat, ma'no va mazmun bag'ishlayversin, biz kattalarni yangi ijodiy muvaffaqiyatlarga etaklasin» Tashrif davomida Maktabgacha ta'lim vazirligi xodimlari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlarida joylashgan MTTlar ihtiyoriga tarbiyalanuvchilar uchun bolalar velosipedlarini sovg'a qildilar. Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 1302 nafar uy ho'jaliklariga vaqtincha joylashtirilgan maktabgacha yoshdagi kichkintoylarga o'yinchoqlar, shirinlik va kiyim kechaklar,jumladan132 nafar maktab yoshidagi tarbiyalanuvchilarga bola uchun foydali va rivojlantiruvchi sovg'alar topshirildi. "Biz sizga nafaqat 1-iyun kuni, balki sizni har kuni himoya qilishga va mehr ko'rsatishga va'da beramiz. Bugun 1-iyun - "Ilk kadam" dasturiga binoan yozgi sog'lomlashtirishdam olish tadbirlari boshlanadigan kun hisoblanadi. Bugun Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda har biringizni tabriklashga harakat qildik: kitoblar, yozgi kiyimlar, velosiped va televizorlar. Bularning barchasisiz uchun yozgi mashg'ulotlarimiznimasofadatomosha qilib shug'ullana olishingiz, shuningdek, bardam va sog'lom bo'lgan holda sentyabr oyida yana jonajon bog'chalaringizga qaytishingiz uchundir. Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida vazirlik xodimlari Sirdaryo viloyatining 16 ta hududida joylashgan ta'lim tashkilotlarida bo'lib, bolalarni bayramlari bilan tabrikladilar va sovg'alarni egalariga etkazdilar.
BatafsilBolalar sevgi va g‘amxo‘rlik muhitida voyaga yetishlari, davlatimiz va ota-onalarining qo‘llovida ulkan orzulari sari ilk qadamlaridayoq muvaffaqiyatlarga erishishlarini tilaymiz.Har bir bola qayerda bo‘lishidan qat'iy nazar o‘zini xavfsiz his qilsin, ko‘zlari baxt-saodatdan porlasin, har bir yangi kun esa qiziqarli va mehrga to‘la bo‘lsin! Farzandlarga bo‘lgan mehr-muhabbat, ota-onalar hayotini yangi ma‘no va shodlik bilan limmo-lim to‘ldirsin ,ular qalbini ajoyib hislar bilan boyitib, ko‘ngillariga ilhom baxsh etsin.Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Maktabgacha ta'lim tizimi uchun bu eng muhim sanalardan biri hisoblanadi. O‘tgan yillari biz ushbu sanaga bolalar va ota-onalar uchun alohida tadbirlar tashkil etar edik. Bu yil esa ma'lum holatlar tufayli rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritishimizga to‘g‘ri kelmoqda va biz bolajonlarni tabiat qo‘yniga, istirohat bog‘lari va o‘yin maydonchalariga chorlay olmayapmiz. Bu yil bolajonlarimiz uchun multfilm qahramonlari bilan birgalikda yayrab o‘ynash, o‘zaro musobaqalashib, mukofotlarga ega bo‘lish imkonyati chegaralangan. Havfsizlik choralari tufayli ular uyda bo‘lishlari lozim. Ammo, hatto shunday holat ham, biz bu kunni bayram sifatida nishonlashimizga xalaqit bera olmaydi! Maktabgacha ta'lim vazirligi "UzReport" telekanali, Xalq ta'limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab onlayn-loyiha o‘tkazmoqda. 1- iyun soat 10.00 da "UzReport" telekanalida loyihamizni tomosha qiling!
Yaratgan hayotingizni baxt-saodat, qalbingizni surur bilan to‘ldirsin. Xonadoningiz farovon bo‘lsin!
Maktabgacha ta'lim vazirligiga karantin choralari amalda ekanligiga qaramay ,Toshkent shahri,Mirobod tumanidagi 489-МТТ hududini tartibga keltirish uchun xodimlar jalb etilganligi haqida xabar kelib tushdi. SHu munosabat bilan MTV majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga qarshi ekanligini ma'lum qiladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi mas'ul davlat organlari bilan hamkorlikda bu holat tafsilotlarini har tomonlama o‘rganib chiqdi.Karantin choralarini buzganlik va xodumlarni ta'qiqlarga qaramay MTT hududiga kiritganligi uchun 489-sonli MTT mudirasiga nisbatab intizomiy jazo chorasi qo‘llanganligi va xayfsan berilganligini ma'lum qilamiz. Hurmatli MTT xodimlari va ota-onalar! Mamlakat rahbaruyatining joriy yil 16-martdagi barcha shakldagi MTT lar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqidagi qaroriga ko‘ra,karantin vaqtida MTT hududida xodimlar,tarbiyalanyvchilar va boshqa shaxslar bo‘lishi qat'iy man etilganligini eslatib o‘tamiz. Karantin choralari buzilganligi aniqlangan taqdirda, buni amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonuniy jazo choralari ko‘rilishi belgilangan. Barchangizni o‘zingiz va yaqinlaringiz calomatligini muhofaza qilish, koronovirus infeksuyasi yuqishining oldini olish maqsadida davlat tomonidan belgilangan choralarga qat'iy rioya qilishga chaqiramiz!
"RAVON NUTQ" - bu bolajonlarimizni nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishda ota-oanalarimizga ko'mak beruvchi mashg'ulotdir. Logoped maxsus mashqlar yordamida chiroyli gapirish va tovushlarni aniq-tiniq talaffuz qilishni o‘rgatadi. Mashqlar o'zbek va rus tilida.
BatafsilHurmatli ota-onalar!Mamlakatimiz va dunyo hamjamiyati uchun murakkab bo‘lgan shu davrda Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim olishini davom ettirishlari muhimligini yaxshi anglaydi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Milliy teleradiokompaniya yordamida ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga tizimli, foydali va rivojlantiruvchi ta’lim berishda uslubiy yordam sifatida «Onlayn bolalar bog‘chasi» dasturini ishlab chiqdi. U o‘z ichiga quyidagi ta’lim loyihalarini qamrab oladi:— «Ilk qadam» — 3-5 yoshdagi bolalar uchun;— «Aqlvoy» — 6 yoshdagi bolalarni maktabgacha tayyorlash uchun.Loyihalar nimalarga bag‘ishlangan?20-25 daqiqalik ushbu videolavhalar «Ilk qadam» va «Aqlvoy» davlat dasturlari negizida tayyorlangan. Har bir mashg‘ulot mavzusi maktabgacha yoshdagi bolani rivojlantirishning 4-5 soha: atrof olamni o‘rganish, ijodiy va ta’lim olish, nutq va mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishni qamrab oladi:«Ilk Qadam» - bu:- quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya;- interfaol o‘yin shaklidagi ingliz tili mashg‘uloti;- mental arifmetika va matematik hisob asoslari;- yosh sayyoh (mitti do‘stlarimiz uchun O‘zbekistonning qadimgi shaharlari haqida ko‘rsatuvlar to‘plami);- mitti yordamchi (oshxona taomlari tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari);- logoped bilan mashg‘ulot.«Aqlvoy» — bu:— MTT pedagoglari va milliy qahramonlar (Amir Temur, Zulfiya, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Tamaraxonim) ishtirokidagi bolalar ta’lim ko‘rsatuvlari;— mahorat sinflari;— uy sharoitlarida amaliy tajribalar.Mashg‘ulotlarni qayerda tomosha qilish mumkin?TELEVIDENIE1 apreldan boshlab «Bolajon» telekanalida dushanbadan jumagacha soat 8:00 dan 16:00 gacha.INTERNETOnlayn-mashg‘ulotlar quyidagi internet-resurslarda joylashtiriladi:— MTV rasmiy sayti: http://Mdo.uz— Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC4FSqnbmdHr3Jzcms...— instagram: @mdo.uz (https://instagram.com/mdo.uz)— facebook: @mtv.gov.uz (https://www.facebook.com/mtv.gov.uz/)