Ichki audit xizmati tomonidan 2020 yil davomida maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan 611 ta nazorat tadbirlarida jami 51,8 mlrd.so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, noqonuniy xarajat va kamomadlar 23,4 mlrd.so‘mni (45%); Davlat xarid qonunchiligi talablarini buzilishi 11,2 mlrd.so‘mni (21,6%); buxgalteriya hisobi qoidalarini buzilishi va boshqa moliyaviy xato kamchiliklar 11,9 mlrd.so‘mni (22,9%); byudjet va tashkilot hisobiga qo‘shimcha hisoblangan daromadlar 5,3 mlrd.so‘mni (10,3%) tashkil etdi. Noqonuniy xarajat va kamomadlar asosan ish haqqi va oziq-ovqat xarajatlariga ajratilgan mablag‘larni noo‘rin sarflashda yo‘l qo‘yilmoqda. Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab o‘tib, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda 11,2 mlrd.so‘mlik shartnomalar tuzilgan. Ayrim holatlarda auksion xaridlar o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yoki maxsus axborot portaliga e’lonlarni joylashtirmasdan xarid qilingan. Masalan, Andijon viloyati Bo‘ston tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan Qonun talablariga zid ravishda shartnoma tuzilib yumshoq jihozlar 104 mln.so‘mga qimmat narxlarda xarid qilingan. Profilaktika ishlari natijasida ya’ni ortiqcha boyliklarni kirim qilish, asossiz hisoblanmagan badal to‘lovlarini hisoblash, asossiz hisoblangan kreditor qarzdorliklarni kamaytirish, mulkni sotishdan tushgan mablag‘larni 50%ini mahalliy byudjetga yo‘naltirish kabi yo‘llar bilan 5,3 mlrd.so‘m byudjet va maktabgacha ta’lim tashkiloti foydasiga qo‘shimcha hisoblandi. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” talablariga zid ravishda 451 nafar bolalar noqonuniy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yil davomida 550 ta tashkilotlar bo‘yicha nazorat tadbiri hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi. Vazirlik tomonidan byudjet mablag‘larini oqilona sarflanishini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish talon-tarojliklarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan uzviy hamkorldikda ish olib borildi.
Joriy yilning 13-14 mart kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i pora evaziga lavozimga MTT mudiraligini ta'minlanishiga qaratilgan ma'lumotlar tarqaldi.Ushbu maqolada keltirilgan vajlar ya'ni, nomalum shaxs (anonim) tomonidan Buxoro viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i Farxod Latipov uni Buxoro shahridagi maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori lavozimiga qo'yish evaziga 450 AQSh dollari pora so'raganiligi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Mazkur holat yuzasidan, Maktabgacha ta'lim vazirligi ichki audit va moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati tomonidan dastlabki o'rganish ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, Buxoro viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i Farxod Latipov tomonidan noma'lum shaxs bilan MTT rahbarligini olib berish bo'yicha hech qanday yozishmalar olib borilmagan va u MTT mudiraligiga nomzodlar bo'yicha hali ro'yxat shakllantirilmagan. Shuningdek, anonim tarzda ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan ma'lumotlarni xaqqoniyligini o'rganish maqsadida MTV tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda xolat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib boradi.Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati
“AQLVOY” bolalar telekanali o’z faoliyatini boshladi
Joriy yilning 22 martida O'zbekistondagi birinchi bolalar ta'lim va ko'ngilochar telekanalining translyatsiyasi boshlandi. O'zbekistonda 10 yoshgacha bo'lgan 7,5 milliondan ortiq bola yashaydi, so'nggi yillarda bolalar auditoriyasi doimiy ravishda o'sib bormoqda. Shu sababdan o’zbek tilidagi yuqori sifatli tarbiyaviy va ko’ngilochar bolalar televizion kontenti zamon talabiga aylanmoqda. AQLVOY telekanali Maktabgacha ta'lim vazirligi ko’magi bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil avgust oyida qabul qilingan “Ixtisoslashgan bolalar ko'ngilochar - ma`rifiy telekanalini tashkil etish to’g’risida” gi qarori asosida yaratilgan. “Kanalning asosiy shiori: “Bu sening vaqting!” Kashfiyotlar vaqti, mo'jizalar vaqti, yangi narsalarni o'rganish vaqti. Buning uchun kanal Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa ko'plab mamlakatlarda taniqli jahon studiyalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi animatsion seriallar va dasturlarni namoyish etadi. Kanalning asosiy ustunligi mamlakatimizning madaniy kodini hisobga olgan holda xorijiy tarkibni o'zbek tiliga moslashtiriladi va yuqori sifatli tarjima bo'ladi. Eng muhimi, barcha tarkib litsenziyalangan va faqat rasmiy ravishda sotib olinadi. Ayni paytda Sony, Disney, Universal kabi yirik kinokompaniyalar bilan animatsiya to'plamini xarid qilish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda”,- deb AQLVOY telekanalining bosh ijrochi direktori Vela Fidel ta'kidladi. AQLVOY telekanalining asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar, “Alfa” avlodi, raqamli olam daholari. Kanal tarmog'ida o'zimiz ishlab chiqargan, Maktabgacha ta'lim vazirligining so'nggi metodik ishlanmalarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan dasturlar ham mavjud, masalan: “Bilasanmi” - bolalarga tabiat hodisalari, hayvonot dunyosi, o'simliklar, fasllar, Yer, dinozavrlar va boshqa ko'plab narsalar qanday paydo bo'lganligi haqida hikoya qiluvchi hayajonli va kognitiv dastur. “Quvnoqvoy” teleko'rsatuvi orqali bolalar zavq va katta ishtiyoqda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadilar. Dastur erta bolalikdan to'g'ri odatlarni shakllantirishga yordam beradi - jismoniy tarbiya va to'g'ri ovqatlanish ga o’rgatadi. “Bilimdon” bu musiqiy dastur bo'lib, u bolalarni qo'shiqlar orqali: ingliz tili, kamalak ranglari, atrofdagi olamning qiziqarli hodisalarini o'rgatadi. “Eli va Bob” dasturining asosiy maqsad - bu bolalar ta’lim- tarbiyasidir va ta'limidir. Masalan, nima uchun nonushta foydali, ziyofatda va ko'chada o'zini qanday tutish kerakligi, qanday kasblar va nima uchun ular muhim ekanligi va h.k. Barcha kanal kontenti quyidagilar mo’ljallangan: ma'lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag'batlantirish, intellektual va ijodiy ko’nikmalarini rivojlantirish (edutainment); Teleko’rsatuvlarni tashkil qilish tizimida zamonaviy texnik yechimlar va ilg'or xorijiy tajribani tatbiq etish, raqamli va multimedia texnologiyalarini rivojlantirish; bolalar teleko’rsatuvlari infratuzilmasini kengaytirish, milliy ma’naviyat, madaniy – ahloqiy an’analar va zamonaviy innovatsiyalar uyg’unlashgan, bilim beruvchi va ko'ngilochar kontent rivojlanishini rag’batlantirish; O'zbekiston Respublikasida tasdiqlangan talablar, standartlar va o’quv - ta'lim dasturlariga muvofiq; bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi va o'yin elementlarini o’zida mujassam etgan teleko’rsatuvlar va multimedia kontentini yaratish; bolalarda Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, ularni jonajon o’lka madaniyati va tarixi, qadriyatlari, an'ana va urf-odatlari bilan tanishtirish; bolalarda kreativ – ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda ularda badiiy va estetik didni tarbiyalash; bolalarda sog'lom turmush tarziga oid bilimlarni shakllantirish, sport bilan shug’ullanishga qiziqishni oshirish, zarur sanitar-gigienik ko'nikmalarini shakllantirish, ularni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga o'rgatish. Bolalar telekanali interaktiv texnologiyalar va audiovizual san'at va televideniye sohasidagi so'nggi yutuqlardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadigan, O'zbekiston uchun yangi zamonaviy texnik bazada yaratiladi. AQLVOY telekanali ertalab soat 7 dan kechki 22 gacha efirga uzatiladi. Kelajakda onlayn translyatsiya ham rejalashtirilgan.
b-a-l-a-n-s-1Скачать kreditorskaya-1Скачать spravka-1-1Скачать
So‘nggi o‘n yilliklarda atrof-muhit bilan bog‘liq muammolar va masalalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik ta’lim va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, sog‘lom jamiyat va barqaror davlat siyosatining qurilishida zaruriy qismga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida ekologik madaniyatni rivojlantirish maqsadida YXHT loyihalari Koordinatorining idorasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “SVB Advisory” Britaniya-O‘zbekiston barqaror rivojlanish kompaniyasi va “Hashar Week” ijtimoiy loyihasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’lim va tarbiyani joriy etish dasturini boshlashdi. Loyiha doirasida “Qiziqarli chiqindi” didaktik o‘yinini va o‘qitish metodikasini aprobatsiyasi uchun Toshkent shahrining 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olindi. YXHT O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori idorasining ko‘magida maktabgacha ta’lim sohasidagi mutaxassislar guruhi va “SVB Advisory” kompaniyasining barqaror rivojlanishga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlari hamda O‘zbekistonda ekologik madaniyatni targ‘ib qiluvchi “Hashar week” ijtimoiy loyihasi tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarni turli xildagi chiqindini saralashga, chiqindi bilan to‘g‘ri ishlashni o‘rgatishga, shuningdek kichik motorikani va verbal aql-zakovatini rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi. Dastur 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda asosiy mezonlar vizual tasvir va amaliy faoliyat imkoniyatidan iboratdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining salohiyatini oshirish maqsadida 2020-yil dekabr oyida Toshkent shahridagi tanlab olingan 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 50 nafar tarbiyachilari uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazildi. Tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’limi doirasida xulq-atvor psixologiyasi texnikalariga o‘qitildilar, “Qiziqarli chiqindi” dasturining o‘qitish uslubi bilan tanishdilar va barqaror rivojlanish sohasida bilim oldilar. Loyiha doirasida YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorining idorasi tanlab olingan 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga begovel (bolalar pedalsiz velosipedini) taqdim etadi. O'zbekiston Respublikasi velosport federatsiyasi ko'magida pedalsiz velosipedlari maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Begovelda minish uslubi loyihasi O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi ko'magida Velosport federatsiyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Begovel yordamida bolalarga erta yoshdan boshlab koordinatsiya va muvozanatni ushlashni o‘rgatish mumkin. Ushbu texnikaning afzalligi - bolaning motorik faolligini ta'minlash, oyoq mushakklarini mustahkamlash, shuningdek, velosipedda mashq qilish uchun samarali tayyorgarlik jarayoni imkoniyatlarini oshirishdan iborat. 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari asosida o‘tkazilgan pilot loyiha natijalarini hisobga olgan holda, hamkorlar tomonidan (YXHT, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “SVB Advisory” va “Hashar Week”) butun Respublika bo‘ylab “Qiziqarli chiqindi” o‘qitish metodikasi va didaktik o‘yinini yanada kengaytirish strategiyasi ishlab chiqiladi, shuningdek maktabgacha ta’lim tizimida ekologiya yo‘nalishida dastur yaratish va uni joriy etish yo‘lga qo‘yiladi. Ma’lumot uchun: 2020-yil noyabr oyida YXHT, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Velosport federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi, uning doirasida ekologik ta’lim bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi, bu YXHT O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorining idorasi tomonidan hukumatga yashil iqtisodiyot mexanizmlarini joriy qilishda ko‘maklashishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Fuqarolarni qabul qilish jadvali
Jismoniy va yuridik shaxslarning qabul kunlari. №Rahbarning FIOLavozimiQabul kunlariVaqti“Ishonch telefonlari“1Shin Agrippina VasilyevnaO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziriChorshanba14.00-16.00(71) 207-04-072Onorboev Bahodirjon OchilboevichO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari Seshanba14.00-16.00(71) 207-04-073Begimkulov Uzoqboy ShoimqulovichO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosariPayshanba14.00-16.00(71) 207-04-074Muslitdinov Nodir XojiyevichO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosariJuma14.00-16.00(71) 207-04-07
MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA TO‘G‘RISIDA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda.Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar — nogironligi bo‘lganidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar; davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilot; inklyuziv ta’lim va tarbiya — bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon; maktabgacha bo‘lgan yosh — bolalarning tug‘ilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish boshlangan paytga qadar bo‘lgan yoshi; maktabgacha ta’lim va tarbiya — bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi; maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti — ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmui; maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi — bola tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan asosiy bilimlarning, mahorat va ko‘nikmalarning hajmini hamda mazmunini belgilovchi, shuningdek ta’lim va tarbiya mazmunining o‘ziga xosligini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi hujjat; maktabgacha ta’lim tashkiloti — maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkiloti; nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya asosida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; pedagogning kasbiy standarti — maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining shaxsiy kasbiy sifatlariga, bilimlariga, mahorati va ko‘nikmalariga doir asosiy talablar majmui; ta’lim va tarbiyaning muqobil shakli — maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimidagi innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli. 4-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi; har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi; maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi; maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi; bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv; maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi; ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi; ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi; maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi. 5-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash; bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish; bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam ko‘rsatish; bolalarning, shu jumladan alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish; ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish; maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish; maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 6-modda.Maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega. Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi. Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi. 2-bob.Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini tartibga solish 7-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi); O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; o‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; mahalliy davlat hokimiyati organlari. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan organlar hamda tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi; o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi; davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlaydi; maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalarning (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berilish tartibini belgilaydi; maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 9-modda. Davlat inspeksiyasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari Davlat inspeksiyasi: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi; maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazadi; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil etadi; nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida litsenziyalar beradi. Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi: maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi; maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiradigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlanishini, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasi jihozlanishini hamda mustahkamlanishini tashkil etadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini hamda tahlil qilinishini ta’minlaydi; davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi; bolaning qonuniy vakillariga uslubiy, maslahat yordami va boshqa yordam ko‘rsatadi; maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar hamda grantlarni jalb etish choralarini ko‘radi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi; o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda bolaning yoshiga va fiziologik ehtiyojlariga mos keladigan, ratsional hamda mutanosib ovqatlanishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tabiiy mahsulotlar to‘plamini belgilaydi; alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilgan davolash-sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlarini o‘tkazadi; maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 12-modda. O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatlari O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari: maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra o‘z tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etadi va tugatadi. O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari: maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi; o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat-xususiy sheriklik borasidagi faoliyatni amalga oshiradi; ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining ijtimoiy himoya qilinishini, hayoti, sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, shuningdek huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashadi; maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘radi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra tegishli hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi, tugatadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 14-modda. Fuqarolarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishi Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari: maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; aholi o‘rtasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi. Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin. 3-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari 15-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim tashkilotlari; ta’lim berishning muqobil shakllari; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim tashkilotlari; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlar. 16-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqomi Maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti bo‘lishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ham tashkil etilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotida siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga hamda faoliyat yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 17-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlar bo‘yicha tashkil etiladi: umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti; ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti; inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti; qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy rivojlantirish yo‘nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi. Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turlarda ham tashkil etilishi mumkin. 4-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish 18-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislaridir: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; mahalliy davlat hokimiyati organlari. Boshqa davlat organlari va tashkilotlar ham qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin. 19-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav hamda maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya asosida amalga oshiradi. Yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin. 20-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga haqli. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘pi bilan yigirma besh nafar maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yiladi. 21-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin beriladi. Litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 22-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi besh yilda bir marta amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 23-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning majburiyligi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari: shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda; turar joy majmualari qurilganda; tegishli hududda maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi. Bir nechta ko‘p kvartirali uydan yoki yakka tartibdagi uylar guruhlaridan iborat bo‘lgan yangi turar joy majmualarini loyihalashtirish va qurishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yoxud alohida bino tarzida har bir ikki yuzta kvartira yoki yakka tartibdagi uylar uchun kamida ellikta o‘rindan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud bo‘lishi shartligi nazarda tutiladi. 24-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining huquq va majburiyatlari Maktabgacha ta’lim tashkiloti: maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishla