Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Bilasizmi?

 MTT guruhlarining namunaviy kun tartiblari haqida bilasizmi? Bolalar to‘liq kun davomida bo‘ladigan guruhning namunaviy kun tartibi Маktabgacha ta’lim va tarbiya muqobil shakllarining namunaviy kun tartibi

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Ko‘krak nishonlari o'z egalariga topshirildi

Kuni-kecha yurtimiz bo‘ylab, 1-oktyabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni keng nishonlanib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda maktabgacha ta’lim tizimi va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlarga  «Xalq ta’limi fidoyisi» hamda  «Xalq ta’limi a’lochisi» kabi ko‘krak nishonlari topshirilgan edi.  Faxr bilan aytish kerakki, soha xodimlari barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi mashaqqatli, ammo sharafli ishlarida sadoqat bilan faoliyat yuritishmoqda. Ayni kunlarda yurtimizda bayram shukuhi hamon davom etmoqda, xuddi shu kabi ko‘krak nishonlardan bir nechtasi maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan yana bir qator xodimlarga ham topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

5-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushes xonim o‘rtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.  Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Fransiya tomoni bilan avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish masalalarini muhokama qilishdan iborat edi. Xususan, Frantsiya tajribasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, innovatsion oʻyin texnikasiga oʻrgatish, raqamli texnologiyalar va boshqa oʻqitish usullaridan foydalanishni nazarda tutuvchi yoʻnalishlar haqida soʻz yuritildi. Uchrashuvda fransuz tomonining maktabgacha yoshdagi bolalarni rus, ingliz, koreys va xitoy kabi mavjud chet tillari bilan bir qatorda fransuz tili o‘quv dasturini ishlab chiqishda ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, kun tartibida inklyuziv ta’lim uchun kadrlar tayyorlash sohasida Fransiyaning muvaffaqiyatli tajribasini birgalikda joriy etish masalasi ko‘tarildi. Tomonlar bu yo‘nalishda o‘zaro ishni boshlashga kelishib oldilar. Tomonlar tegishli fransuz tashkilotlarini jalb qilgan holda uch tomonlama formatda keyingi uchrashuvlarni tashkil etishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
TVOROGDAN TAYYORLANGAN MAYIZLI SIRNIKLAR

TAYYORLASH TЕXNOLOGIYASI  Tuxumni avval 1%li, so‘ngra 0,5%li iliq (harorati 30°С gacha) bo‘lgan kalsiyli yoki osh soda eritmasida yuviladi, keyin oqar suvda chayiladi. Tvorog elangan bug‘doy uni bilan uqalab olinadi (⅔ normada). Mayiz qaynoq suvga ivitilib qo‘yiladi, yumshagandan so‘ng yaxshilab yuviladi. Alohida idishda uqalangan tvorog, tuxum, shakar, mayiz, tuz, vanilin va manniy yormasi aralashtiriladi. Tayyor massadan unchalik katta bo‘lmagan sharsimon sirniklar yasab olinadi, shundan so‘ng, sirniklar unga (me'yordagi unning ⅓ qismi) bulg‘alanib, oz miqdordagi o‘simlik yog‘ida har ikki tomoni qovurib olinadi. Keyin ularni yog‘langan qovurish shkafi tovaga terib chiqib, 180-200°С haroratda 8-10 daqiqa davomida qovurish shkafida pishiriladi. Tarqatilishida smetanali sous yoki murabbo bilan berish mumkin. Tarqatishdagi maqbul harorati +50°C.  SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Tashqi ko‘rinishi: tvorogdan tayyorlangan mayizli taom, dumaloq, yassi shaklda, ustidan smetanali sous yoki murabbo quyilgan bo‘lishi mumkin. Rangi: sirtlari – och jigarrangdan, jigarrang-tillarang tusli, kеsilganda – och rangli dog‘lari bilan. Ta’m va hidi: tvorogga xos, biroz shirin va nordonroq, mayiz ta’mli va hidli. Tarkibi: bir xil, yumshoq, qovurilgan sirti biroz qattiqroq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 50 gr, 3-7 yoshga 60 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi gr hisobida: (1-3 yoshga / 3-7 yoshga) Tvorog 35,7/43 Tovuq tuxumi 4,1/ 3,6 /5/ 4,3 Shakar 2,1/2,6 Manniy yormasi 2,5/3 Tuz 0,36/0,43 Vanilin 0,07/0,09 Mayiz 2,9/3,4 Bug‘doy uni (1-navli) 3,6/4,3 O‘simlik yog‘i 2,9/3,4  

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTTlari uchun oktabr oyi yagona mavsumiy taomnoma menyusi ("Aqlvoy oshpaz" retseptlar kitobi asosida)

03.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Tariq yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Bugʻdoy noni TUSHLIK      Goʻsht qaynatmasida rassolnik Sabzavot qoʻshilgan goʻshtli ragu Olmali vinegret Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Plyushka bulochka Kefir   04.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Pishloqli buterbrod TUSHLIK      Mampar Karam doʻlma “Vitamin” salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Kartoshka  somsa Mavsumiy meva Asal choy   05.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Manniy  yormasidan olma va mayizli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Qaynatma shoʻrva Bayram palovi Achchik-chuchuk salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Tvorogli keks Murabbo  choy   06.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Grechka yormasidan boʻtqa Sutli choy Pishloqli buterbrod Mavsumiy meva TUSHLIK      Mastava (Sup risoviy) Mol goʻshtidan gulyash Bodiring (porsiyali) Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Baliq goʻshtidan kotlet Sariyogʻli buterbrod Shakar choy   09.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Manniy yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Sutli kakao Bugʻdoy noni TUSHLIK      Borsh Dimlangan mol goʻshtidan befstrogan Garnir qaynatilgan grechka yormasi “Vitamin” salati Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Povidloli vatrushka Kefir   10.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Qaynatilgan sut Pishloqli buterbrod TUSHLIK      Ugra oshi Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Shokoladli keks Mavsumiy meva Choy   11.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Grechka yormasidan boʻtqa Tvorogli sufle Asal choy Bugʻdoy noni TUSHLIK      Qovurma shoʻrva Shavla “Vitamin” salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Kartoshka va piyozli gumma (duxovkada pishirilgan) Kefir   12.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Moshxoʻrda Mol goʻshtidan kotlet Garnir qaynatilgan grechka yormasi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Pishloqli rogalik Mavsumiy meva Asal choy   13.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Tariq boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Tovuq goʻshtida ugrali shoʻrva Mayizli palov Achchik-chuchuk salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Qoʻlbola-xonaki somsa (domashnaya samsa) Murabbo  choy   16.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Pishloqli omlet Sutli kakao Pishloqli buterbrot TUSHLIK      Yumoloq qiymali (frikadelki) vermeshel shoʻrva Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Plyushka bulochka Kefir   17.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Tariq yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Bugʻdoy noni TUSHLIK      Goʻsht qaynatmasida rassolnik Sabzavot qoʻshilgan goʻshtli ragu Olmali vinegret Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Plyushka bulochka Kefir   18.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Pishloqli buterbrod TUSHLIK      Mampar Karam doʻlma “Vitamin” salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Kartoshka  somsa Mavsumiy meva Asal choy   19.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Manniy  yormasidan olma va mayizli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Qaynatma shoʻrva Bayram palovi Achchik-chuchuk salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Tvorogli keks Murabbo  choy   20.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Grechka yormasidan boʻtqa Sutli choy Pishloqli buterbrod Mavsumiy meva TUSHLIK      Mastava (Sup risoviy) Mol goʻshtidan gulyash Bodiring (porsiyali) Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Baliq goʻshtidan kotlet Sariyogʻli buterbrod Shakar choy   23.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Manniy yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Sutli kakao Bugʻdoy noni TUSHLIK      Borsh Dimlangan mol goʻshtidan befstrogan Garnir qaynatilgan grechka yormasi “Vitamin” salati Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Povidloli vatrushka Kefir   24.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Qaynatilgan sut Pishloqli buterbrod TUSHLIK      Ugra oshi Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Shokoladli keks Mavsumiy meva Choy   25.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Grechka yormasidan boʻtqa Tvorogli sufle Asal choy Bugʻdoy noni TUSHLIK      Qovurma shoʻrva Shavla “Vitamin” salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Kartoshka va piyozli gumma (duxovkada pishirilgan) Kefir   26.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Moshxoʻrda Mol goʻshtidan kotlet Garnir qaynatilgan grechka yormasi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Pishloqli rogalik Mavsumiy meva Asal choy   27.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Tariq boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Tovuq goʻshtida ugrali shoʻrva Mayizli palov Achchik-chuchuk salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Qoʻlbola-xonaki somsa (domashnaya samsa) Murabbo  choy   30.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Pishloqli omlet Sutli kakao Pishloqli buterbrot TUSHLIK      Yumoloq qiymali (frikadelki) vermeshel shoʻrva Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Plyushka bulochka Kefir   31.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Tariq yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Bugʻdoy noni TUSHLIK      Goʻsht qaynatmasida rassolnik Sabzavot qoʻshilgan goʻshtli ragu Olmali vinegret Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Plyushka bulochka Kefir  

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha "Mersy Corps" (Mehribonlik Korpusi)ning  “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida mahsulotlar saqlanayotgan omborxonasini Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining birinchi o'rinbosari F.Boboyev ko‘zdan kechirdi. Tashrif jarayonida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi hamda Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda  amalga oshirilayotgan “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik Korpusining Surxondaryo viloyatidagi filliali direktori D.Yangiboyev hamda Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasining oziq-ovqat bo'limi boshlig’i A.Ashurovlar bilan birgalikda davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun mo’ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini ko'zdan kechirishdi.  Birinchi o'rinbosar tomonidan omborxonada saqlanayotgan 3 turdagi (o'simlik yog'i, guruch, un) mahsulotlarini ko'zdan kechirish jarayonida, mazkur mahsulotlarning tegishli tashkilotlar tomonidan sertifikatlanganligi va  ularning saqlanishi to'liq davlat standartlari asosida ekanligini ta'kidlab o'tdi. Ma'lumot o'rnida, Xalqaro Mehribonlik Korpusi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi hamkorligida 27-iyul 2021-yilda imzolangan memorandum asosida ish yuritib kelmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Mukofot_muborak

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, quyidagi bir qator maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari ham mukofotlandilar: II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan Rustamova Mavlyuda Erkinovna - Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining kafedra katta o‘qituvchisi Tajimova Muxabbat Abdukadirovna - Beruniy tumanidagi 7-maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Sog‘lom turmush» medali bilan Tursunova Marhabo Teshayevna - Vobkent tumanidagi 1-maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi, Buxoro viloyati Tursunova Munavar Ergashevna - Kitob tumanidagi «Zvyozdochki kosmosa» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Qashqadaryo viloyati «Shuhrat» medali bilan Dushayeva Zamira Pirnazarovna - Jomboy tumanidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Samarqand viloyati Soataliyeva Matluba Murodovna - Chortoq tumanidagi 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Namangan viloyati Kim Vitaliy Nikolayevich - Mirobod tumanidagi «Mates» nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi, ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni nishonlandi

Ayni kunlarda yurtimiz uzra 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni keng nishonlanmoqda. Ushbu bayram Maktabgacha ta’lim agentligida ham keng nishonlandi.   Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A. Shin so‘zga chiqib, "Jamiyatning buguni va ertasi uning madaniy-ma’rifiy-ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Pedagog kasbining ko‘p qirrali, murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ilm-u fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi"-deya ta’kidladi. Shuningdek, tadbir davomida  “O‘qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda maktabgacha ta’lim tizimi va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlarga  «Xalq ta’limi fidoyisi» hamda  «Xalq ta’limi a’lochisi» kabi ko‘krak nishonlarini topshirdi.   Tadbir yakunida A. Shin barcha agentlik xodimlarini yana bir bor bayram bilan tabriklab, ularga barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi mashaqqatli, ammo sharafli ishlarida ulkan zafarlar, oilaviy  tinchlik, omonlik va shodu xurramlik tiladi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz TVOROGDAN TAYYORLANGAN MAYIZLI PUDING

TAYYORLASH TЕXNOLOGIYASI Tuxumni avval 1% li, so‘ngra 0,5% li iliq (harorati 30°C gacha) bo‘lgan kalsiyli yoki osh soda eritmasida yuviladi, keyin oqar suvda chayiladi. Qaynoq suvda (porsiyaga 10 ml hisobida) manniy yormasi dimlab qo‘yiladi, keyin esa sovitiladi. Mayiz saralanadi, yaxshilab yuviladi, so‘ngra ustiga suv quyib to‘lishib shishgunga qadar ivitib qo‘yiladi va oxirida yaxshilab quritiladi. Tvorog uqalanadi, shakar bilan aralashtirilgan tuxum sarig‘i, tayyorlab olingan manniy yormasi, yumshatib olingan yog‘ning bir qismi, tuz hamda ivitilib yaxshilab quritilgan mayiz qo‘shiladi. Barcha masalliqlar aralashtiriladi. Tuxumning oqi yumshoq va chidamli ko‘pik holatiga kelgunga qadar ko‘pirtiriladi hamda tayyorlangan tvorogli massaga qo‘shib ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan massani 3-4 sm qalinlikda, yog‘langan hamda talqon sepilgan qovurish shkafi tovasi yoki maxsus qolipli idishga joylashtiriladi. Ustini tekislab, smetana surtiladi va harorati 200°C bo‘lgan qovurish shkafida 25-30 daqiqa davomida qizg‘ish qatlam hosil bo‘lgunga qadar pishirib olinadi. Tayyor puding porsiyalab kesib chiqiladi. Tarqatilishida smetanali sous, yoki murabbo bilan beriladi. Tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Tashqi ko‘rinishi: qovurish shkafida tayyorlangan taom to‘rtburchak, uchburchak yoki boshqa shaklda bo‘lishi mumkin, bir xilda qizargan, tayyorlanish usuliga ko‘ra ustidan sous, yoki murabbo quyilgan. Rangi: puding sirti – och jigarrang, kеsilganda – och sariq yoki mayizli och qaymoq rangda. Ta’m va hidi: tvorogli taomlarga xos. Tarkibi: bir xil, yumshoq, zich, manniy yormasi qumoqlarisiz, qizartirib pishirilgan sirti biroz qattiqroq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 75 gr, 3-7 yoshga 100 gr.ni tashkil etadi. MASALLIQLAR Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi gramm hisobida: (1-3 yoshga / 3-7 yoshga) Tvorog 45/60 Manniy yormasi 6/8 Shakar 5/6,7 Tovuq tuxumi 22,1-19/29,5-25,3 Mayiz 4/5,3 Smеtana 2/2,7 Vanilin 0,1/0,13 Qabartma kukuni 1/1,3 Sariyog‘ 4,9/6,6 Murabbo yoki jеm bilan 75/10 100/15 Quyultirilgan sut bilan 75/10 100/15 Smеtanali sous bilan 75/7,5 100/10 Sutli shirin sous bilan 75/30 100/40

Maktabgacha ta'lim agentligi
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR HAQIDA BILASIZMI?

Maktabgacha ta’lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.  U ta’limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi. Davlat o‘quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Kompetensiya – bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Kompetentli bola o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo‘llashi, o‘z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bolalarning bilish bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsiy ("Men" konsepsiyasi) ni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz SULI YORMASIDAN MAYIZLI BO‘TQA

TAYYORLASH TЕXNOLOGIYASI Mayiz qaynoq suvda yumshatiladi va yuviladi. Suli yormasi qaynab turgan suvga solinadi va yarim tayyor holga kelgunga qadar aralashtirilib pishiriladi. So‘ngra sut, tuz, shakar, qo‘shiladi va past olovda miltillatib qaynatiladi. Me’yorida tayyorlangan mayiz, sariyog‘ solinib, quyuqlashgunga qadar aralashtirib turgan holda pishiriladi.  Shundan so‘ng qozonning qopqog‘ini yopib, past olovda bug‘lanib pishguncha qoldiriladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan, bo‘tqaga yog‘ va mayiz qo‘shilgan. Rangi: qaymoqrang. Ta’m va hidi: ishlatilgan masalliqlarga xos, bеgona ta’m va hidsiz. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, yormalari va mayizi – yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi. MASALLIQLAR Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga Suli yormasi 17/20 Suv 48/64 Sut 75/100 Sariyog‘ 1,7/2,2 Mayiz 7,5/9 Shakar 3/4 Tuz 0,75/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov oltita nominatsiya, “Eng yaxshi metodist”, “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”,“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” bo‘yicha tashkil etildi. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishgan edi. Hududiy bosqichdan tanlovning respublika bosqichiga jami 82 nafar ishtirokchi yo‘llanma olishib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bellashishdi. Shundan, 6 ta nominatsiya bo‘yicha 18 nafar ishtirokchi I, II, III o‘rinlarni egallashdi. I, II, III o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga Maktabgacha ta’lim agentligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari berilib, shu bilan birga: I o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 12 mln. so‘m; II o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 8 mln. so‘m III o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 5 mln. so‘m miqdorida pul mukofotlari taqdim etildi. Shuningdek, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyalarida I, II, III o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga  davlat granti asosida  oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun yo‘llanma berildi. Tanlovning qolgan ishtirokchilariga Maktabgacha ta’lim agentligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya boshqarmasi maslahatchisi janob Xan Vansyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.  Tashrifdan maqsad davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishish, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Xitoy elchixonasi tomonidan qo‘shma loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotiga taqdim etilgan texnik uskunalardan foydalanish jarayonining bolajonlar uchun muhim jihatlarini kuzatishdan iborat edi. Xitoy tomoni o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini oshirish, innovatsion yechimlar sonini ko‘paytirishni ko‘rib chiqish hamda maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan keyingi dasturlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda Xitoy elchixonasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirgi Agentlik) hamkorligida “Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini innovatsion uskunalar bilan ta’minlash” loyihasi amalga oshirilgan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. 19-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shinning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasi direktori janob Shin Myong Sop bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning jarayonlarini muhokama qildilar. Koreya tomoni “Toshkent shahrida Pedagogik kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va malakasini oshirish integratsiyalashgan markazi va Koreya modeli bo‘yicha innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi doirasida binolarni loyihalash yakunlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish yo‘lida qo‘shma loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lidagi hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni loyihaning har ikki davlat uchun muhimligini qayd etib, KOICA vakolatxonasiga o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Ayni kunlarda maktabgacha ta’lim agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birgalikda “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish” (2023-2025 yillar) dasturi bo‘yicha maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari malaka oshirish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha hududlaridan jami 18 nafar maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari malaka oshirish kurslarida o‘qimoqda.  Mazkur o‘quv tadbirlari davomida mahalliy mutaxassislar maktabgacha ta’lim sohasida Koreya modelining zamonaviy tendensiyalari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek, mamlakatimizdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  tarbiyalanuvchilarga yo‘naltirilgan muhitni yaratish bo‘yicha bilimlarini oshiradilar. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ushbu dastur so‘nggi 3 yil davomida Koreya tomonidan amalga oshirilib, buning natijasida respublikamizning 90 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim xodimlari qamrab olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

19-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shin Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyat yurituvchi, Jahon bankining ta'lim sohasidagi global amaliyoti rahbari Rita Almeyda xonim boshchiligidagi Jahon banki missiyasi bilan uchrashdi. Missiyaning asosiy maqsadi - O'zbekiston Respublikasi ta'lim sohasidagi joriy va istiqbolli loyihalarni muhokama qilish. Rita Almeyda xonim "Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasi Jahon bankining O'zbekistondagi loyihalari portfelida amalga oshirilishini baholash bo'yicha birinchi o'rinni egallashini ta'kidladi. Uchrashuv davomida tomonlar mablag'larni o'zlashtirish bo'yicha hisobotlarni, bajarilgan ishlarni, shuningdek joriy vazifalarni amalga oshirish holatini muhokama qildilar. Ma'lumot uchun: "Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasi 2019-yildan 2024-yilgacha davr uchun mo'ljallangan bo'lib, asosan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining (XTA) 59,5 mln. AQSh doll. kredit mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan beshta komponentga bo'lingan. Taklif etilayotgan loyihani birgalikda moliyalashtirish maqsadida quyidagi ikkita grant tasdiqlandi: (I) Ta'lim sohasida Global hamkorlik granti (TGH) Moliyalashtirishni to'ldirish jamg'armasi mablag'laridan 9,5 mln. AQSh doll.; va (II) Moliyalashtirishga asoslangan yondashuvlar bo'yicha Global hamkorlik granti (MAYBGH) 4,85 mln. AQSh doll. miqdorida, natijada jami mablag 73,85 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihaning maqsadlari quyidagilardan iborat: erta yoshda ta'lim olishga bo'lgan imkoniyatni yaxshilash, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim muhiti sifatini oshirish va asosli qarorlar qabul qilish uchun ta'lim sifatini tizimli ravishda nazorat qilish imkoniyatlarini yaratish. O'zbekiston tomoni maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha kompleks rivojlantirish bo'yicha takliflar to'plamini taqdim etdi, uning asosi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida" gi PF-158-sonli farmonida aks etgan tashabbuslari qabul qilindi. Xususan, yuqoridagi vazifalarga samarali erishish uchun hamkorligimizni oshirish maqsadida quyidagi istiqbolli yo'nalishlar taklif etildi: 1) maktabgacha ta'limning muqobil shakllari sonini ko'paytirish orqali maktabgacha ta'limdan foydalanish imkoniyatini oshirishda hamkorlik qilish; 2) MTTlarda kompyuter sinflarini tashkil etish, xususan, zarur uskunalar bilan jihozlash bo'yicha hamkorlik; 3) zamonaviy sanitariya-gigiyena tizimini tashkil etishda, shuningdek, MTTlar o'rtasida suv ta'minoti tizimini takomillashtirishda hamkorlik. Tomonlar, shuningdek, o'qituvchilarning malakasini oshirish (shu jumladan nodavlat sektorda ham), o'quv-uslubiy materiallarni takomillashtirish, didaktik materiallar ishlab chiqarish hajmini oshirish (shu jumladan didaktik materiallar to'plamini raqamli mahsulotlar bilan to'ldirish), MTTlarni boshqarish bo'yicha bo'yicha "EMIS" (hozirgi "Bolalar Bog'chasi") axborot tizimini takomillashtirish kabi tarkibiy qismlarni amalga oshirish masalalariga ham e'tibor qaratdilar. Uchrashuv yakunida Rita Almeyda xonim tomonidan maktabgacha ta'limni rivojlantirishga qaratilgan barcha takliflarning ahamiyati qayd etildi. Bundan tashqari, missiya rahbari qo'shma loyihalarni yanada rivojlantirishga to'liq tayyorligini bildirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi

Prezidentimizning 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida barcha bo‘g‘indagi davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o‘qitishni tashkil etish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida bugun Maktabgacha ta’lim agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Adliya vazirligi hamkorligida o‘quv seminari tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim agentligi direktori maslahatchisi X.Bo'riyev olib borgan seminarda Jamoat xavfsizligi universiteti professori, yuridik fanlari doktori S.Rahmonova, Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori, dotsent F.Samig'jonov hamda IIV Akademiyasi Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi boshlig‘i, dotsent Z.Jabborov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratgani hamda davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganini ta’kidladi. Seminar yakunida yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganligi ta’kidlandi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bilasizmi?

Avvalroq, bolalar rivojining  kompetensiyalari sohalarini e'lon qilgan edik, bugungi ruknimizda esa "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasida ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bolada qanday  kompetensiyalar shakllanishi lozimligi haqida ma'lumot beramiz. Bular quyidagilar: - ona tilini eshitadi va tushunadi; - ona tilida to‘g‘ri talaffuz, mos grammatik shakllar va turli gap tuzilmalaridan foydalanadi; - chet tilini o‘rganishga qiziqish bildiradi; - chet tili bo‘yicha dastlabki bilimlarini namoyish etadi; - badiiy adabiyotga qiziqish bildiradi; - so‘zning lug‘aviy ma’nosi, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga tushunchaga ega bo‘ladi; - gapning turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzadi va so‘zlab bera oladi; - ona tilida yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. Eslatib o'tamiz:  Bugun sizga bolaning "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasi kompetensiyalari haqida ma'lum qildik.  Keyingi ruknimizda esa bolaning "Bilish jarayonining rivojlanishi"  sohasi kompetensiyalari haqida ma'lumot beramiz. Kuting...    

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz "Pomidor qoqili obinon" tayyorlash tеxnologiyasi

Hurmatli kanal kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali "Pomidor qoqili  obinon" tayyorlash  tеxnologiyasini taqdim etamiz. - Pomidor qoqilar yaxshilab yuvib tozalanadi, keyin esa bir soatcha qaynagan suvga ivitib qo‘yiladi.  - Ivitilgan qoqilarni blender yordamida bir xil aralashma hosil qilgunga qadar aralashtiriladi yoki pichoq bilan chopiladi va yuvib kubik shaklida to‘g‘ralgan pomidor bilan aralashtiriladi. - Bug‘doy unini tuz, shakar, xamirturush, qabartma kukuni, qizil bulg‘or kukuni, sariyog‘, tayyorlangan tomatli aralashma va suv bilan aralashtiriladi, ana undan keyin xamir qoriladi.  - Tayyorlanayotgan xamir 10-15 daqiqa mushtlanadi va bir soat mobaynida xona haroratida oshiriladi. - So‘ngra xamirni bo‘laklarga bo‘lib, zuvalalar yasaladi va 10- 15 daqiqa davomida tindiriladi.  - Zuvalalarga non yoki bulochka shakli beriladi, mo‘ljallangan tovaga terib chiqiladi va ustiga sutli- tuxumli aralashma surtiladi. - 200°C darajali qovurish shkafida 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTTlari uchun sentabr oyi yagona mavsumiy taomnoma menyusi ("Aqlvoy oshpaz" retseptlar kitobi asosida)

04.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Pishloqli omlet Sutli kakao Pishloqli buterbrot TUSHLIK Yumoloq qiymali (frikadelki) vermeshel shoʻrva Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Plyushka bulochka Kefir 05.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Tariq yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Bugʻdoy noni TUSHLIK Goʻsht qaynatmasida rassolnik Sabzavot qoʻshilgan goʻshtli ragu Olmali vinegret Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Plyushka bulochka Kefir 06.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Pishloqli buterbrod TUSHLIK Mampar Karam doʻlma  “Vitamin” salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Kartoshka  somsa Mavsumiy meva Asal choy 07.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Manniy  yormasidan olma va mayizli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Qaynatma shoʻrva Bayram palovi Achchik-chuchuk salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Tvorogli keks Murabbo  choy 08.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Grechka yormasidan boʻtqa Sutli choy Pishloqli buterbrod Mavsumiy meva TUSHLIK Mastava (Sup risovыy) Mol goʻshtidan gulyash Bodiring (porsiyali) Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Baliq goʻshtidan kotlet Sariyogʻli buterbrod Shakar choy 11.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Manniy yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Sutli kakao Bugʻdoy noni TUSHLIK Borщ Dimlangan mol goʻshtidan befstrogan Garnir qaynatilgan grechka yormasi “Vitamin” salati Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Povidloli vatrushka Kefir 12.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Qaynatilgan sut Pishloqli buterbrod TUSHLIK Ugra oshi Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Shokoladli keks Mavsumiy meva Choy 13.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Grechka yormasidan boʻtqa Tvorogli sufle Asal choy Bugʻdoy noni TUSHLIK Qovurma shoʻrva Shavla “Vitamin” salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Kartoshka va piyozli gumma (duxovkada pishirilgan) Kefir 14.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Mashxoʻrda Mol goʻshtidan kotlet Garnir qaynatilgan grechka yormasi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Pishloqli rogalik Mavsumiy meva Asal choy 15.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Tariq boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Tovuq goʻshtida ugrali shoʻrva Mayizli palov Achchik-chuchuk salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Qoʻlbola-xonaki somsa (domashnayaya samsa) Murabbo  choy 18.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Pishloqli omlet Cutli kakao Pishloqli buterbrot TUSHLIK Yumoloq qiymali (frikadelki) vermeshel shoʻrva Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Plyushka bulochka Kefir 19.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Tariq yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Bugʻdoy noni TUSHLIK Goʻsht qaynatmasida rassolnik Sabzavot qoʻshilgan goʻshtli ragu Olmali vinegret Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Plyushka bulochka Kefir 20.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Pishloqli buterbrod TUSHLIK Mampar Karam doʻlma  “Vitamin” salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Kartoshka  somsa Mavsumiy meva Asal choy 21.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Manniy  yormasidan olma va mayizli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Qaynatma shoʻrva Bayram palovi Achchik-chuchuk salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Tvorogli keks Murabbo  choy 22.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Grechka yormasidan boʻtqa Sutli choy Pishloqli buterbrod Mavsumiy meva TUSHLIK Mastava (Sup risovыy) Mol goʻshtidan gulyash Bodiring (porsiyali) Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Baliq goʻshtidan kotlet Sariyogʻli buterbrod Shakar choy 25.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Manniy yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Sutli kakao Bugʻdoy noni TUSHLIK Borщ Dimlangan mol goʻshtidan befstrogan Garnir qaynatilgan grechka yormasi “Vitamin” salati Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Povidloli vatrushka Kefir 26.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Qaynatilgan sut Pishloqli buterbrod TUSHLIK Ugra oshi Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Shokoladli keks Mavsumiy meva Choy 27.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Grechka yormasidan boʻtqa Tvorogli sufle Asal choy Bugʻdoy noni TUSHLIK Qovurma shoʻrva Shavla “Vitamin” salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Kartoshka va piyozli gumma (duxovkada pishirilgan) Kefir 28.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Mashxoʻrda Mol goʻshtidan kotlet Garnir qaynatilgan grechka yormasi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Pishloqli rogalik Mavsumiy meva Asal choy 29.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Tariq boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Tovuq goʻshtida ugrali shoʻrva Mayizli palov Achchik-chuchuk salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Qoʻlbola-xonaki somsa (domashnaya samsa) Murabbo  choy

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Aqlvoy-oshpaz" bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobi haqida bilasizmi?

Bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan normal rivojlanishi uchun to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish katta ahamiyatga ega. Bolalar ovqatlanishining fiziologik me’yorlarini to‘laqonli ta’minlash, bolaning uyg‘un o‘sishi va rivojlanishining zaruriy sharti bo‘lib, uning immunitetini va yashash muhitining zararli omillariga nisbatan moslasha olish imkoniyatlarini oshiradi.  To‘laqonli ovqatlanmaslik bolaning o‘sish va rivojlanishini kechiktiradi, organizmda moddalar almashinuvi jarayoni susayib ketadi. Me’yoridan ortiq ovqatlanish esa almashinuv jarayonlarini izdan chiqarib, ovqat hazm qilish jarayonini buzilishiga olib keladi. To‘g‘ri ovqatlantishni tashkil etishda bola organizmining yoshiga qarab osqillar, yog‘lar, uglevodlar va vitaminlarga bo‘lgan fiziologik ehtiyojlarini, shuningdek asosiy oziq moddalari o‘rtasidagi nisbatning to‘g‘ri bo‘lishini hisobga olish kerak.  Bolani sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish uni yoshiga mos ravishda taomnoma tuzish va ovqat tayyorlash uchun mukammal ishlab chiqilgan tyexnologik ko‘rsatmalar kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi va Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda mazkur tashkilotlarda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati, ovqat tayyorlash texnologiyasi hamda bolalar uchun tayyorlanadigan taomlarning 200 dan ortiq reseptlar va texnologik kartalarni o‘ziga jamlagan "Aqlvoy-oshpaz"  bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobi ishlab chiqilgan. Turli xil milliy, yevropa taomlarining, shuningdek, parhez taomlar tayyorlashning texnologik ko‘rsatmalarini jamlangan "Aqlvoy-oshpaz"  bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobi bilan siz azizlarni tanishtirib o‘tamiz. Hurmatli ota-onalar va oshpaz opalar siz uchun yaratilgan ushbu ajoyib, rang-barang kitob, oshxonada yaxshi yordamchi bo‘ladi. Bizni kuzatishda davom eting, "Aqlvoy-oshpaz"  bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobidagi har bir taomning tayyorlanish jarayoni bilan kelgusi sahifalarda tanishtirib boramiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Navoiyda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va ishtirokchilari taqdirlandi

Joriy yilning 15-sentabr kuni Navoiy shahridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari J. Xodjayev tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova maktabgacha ta’lim tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar, ularning barchasi bolalar va pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga, maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilayotganligi haqida gapirdi. Shundan so‘ng, tanlovning g‘olib va sovrindorlari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ijrosidagi sho‘x kuy, qo‘shiq va raqslar barchaga a’lo kayfiyat bag‘ishladi. Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida jami 42 nafar tarbiyachilar ishtirok etdi. Ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq 3 shart bo‘yicha mahoratlarini ko‘rsatib, o‘zaro bellashdi. Yakuniy natijalatga ko‘ra, quyidagilar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. “Eng yaxshi metodist” nominatsiyasida 1- o‘rin Nurota tumanidagi 13-davlat MTT metodisti Karimova Umida; 2- o‘rin Uchquduq tumanidagi 2-davlat MTT metodisti Jontemirova Umida;  3-o‘rin Zarafshon shahridagi 13-davlat MTT metodisti Odilova Dilorom; “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi” nominatsiyasida 1-o‘rin Navbahor tumanidagi 1-davlat MTT tarbiyachisi Muxammadiyeva Dilbar; 2- o‘rin Navoiy shahridagi 28-davlat MTT tarbiyachisi Axmedova Nargiza;  3- o‘rin Konimex tumanidagi 11-davlat MTT tarbiyachisi Qurbonova Mafuna; “Eng ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasida 1- o‘rin Uchquduq tumanidagi 2-davlat MTT tarbiyachisi G‘aniyeva Dilrabo; “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasida 1-o‘rin Uchquduq tumanidagi 14-davlat MTT tarbiyachisi Fayziyeva Maftuna; 2-o‘rin Navoiy shahridagi 30-davlat MTT tarbiyachisi Sanayeva Kamola; 3-o‘rinni G‘ozg‘on shahar 1-davlat MTT tarbiyachisi Bahodirova Nafosat; “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi” nominatsiyasida 1- o‘rin Qiziltepa tumanidagi 17-davlat MTT tarbiyachisi Azimova Gulmira; 2- o‘rin Uchquduq tumanidagi 12-davlat MTT tarbiyachisi Sadullayeva Zebo; 3-o‘rin Navoiy shahridagi 9-davlat MTT tarbiyachisi Usmonova Yulduz; “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyasida 1-o‘rin Uchquduq tumanidagi 5-davlat MTT tarbiyachisi Mamanova Firuza;  2-o‘rin Nurota tumanidagi 7-davlat MTT tarbiyachisi Hasanova Nurxon; 3-o‘rin Zarafshon shahridagi 20-davlat MTT tarbiyachisi Muhiddinova Oysha. Birinchi o'rinni qo'lga kiritgan ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichida qatnashadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ko'chma anjuman o'z ishini boshladi

Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarida ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar va ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rgangan holda zamonaviy yondashuvlar asosida maktabgacha ta’lim sohasi uchun kompetentlik mutaxassislar tayyorlash mexanizmini ishlab chiqish hamda pedagogika kollejlari rahbar va pedagog kadrlarining sohaga oid savodxonligini oshirish maqsadida joriy yilning 23-30 sentabr kunlari ko’chma anjuman bo’lib o’tadi.  Ko’chma anjuman: 2023-yil 23-sentabr kuni - Xiva pedagogika kollejida; 2023-yil 25-sentabr kuni - Kattaqo‘rg‘on shahar pedagogika kollejida; 2023-yil 27-sentabr kuni - Shaxrisabz pedagogika kollejida; 2023-yil 29-sentabr kuni - Qo‘qon pedagogika kollejida; 2023-yil 30-sentabr kuni- O‘rtachirchiq pedagogika kollejida bo'lib o'tadi.

Вид сайта
Размер шрифта