Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda bog‘cha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Aniqlanishicha, joriy yilning 25 - iyul kuni Namangan viloyati, Uychi tumanidagi “Gulshan” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari uyqudan uyg‘ongach, 3 nafar tarbiyalanuvchilar ko‘ngil aynashi va qorin og‘rig‘iga shikoyat qilgan. 50 o‘rinli NMTTda bugungi kunda 48ta tarbiyalanuvchi qamrab olingan. Tashkilotdagi bir guruh 15 nafar tarbiyalanuvchilari shu zahoti  oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishida gumonlanib, tuman shifoxonasiga olib borilgan va  darhol tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada 2 nafar tarbiyalanuvchilarda sifati tez buziluvchi mahsulotni iste’mol qilishi oqibatida oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi kuzatilgan, tuman tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limiga yotqizilgan. Qolgan 13 nafar tarbiyalanuvchining holati yaxshi bo‘lganligi uchun o‘sha kunning o‘zida uylariga ketishlariga shifokorlar tomonidan ruxsat berilgan. Shifoxonada qolgan 2 nafar tarbiyalanuvchilar barcha zaruriy muolajalar ko‘rsatilib butunlay sog‘ayganidan so‘ng  26 - iyul kuni uylariga ketishga ruxsat berilgan. Hozirda bolalarning hammasi o‘zini sog‘lom his qilib, Uychi tumanidagi “Gulshan” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonlarida ishtirok etishmoqda. Namangan viloyati, Uychi tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullariga ta’lim tashkilotlariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ogohlantirilib, tushuntirish ishlari to‘liq olib borilgan. Hurmatli maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar va xodimlar hamda ota-onalar!!! Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha talim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etishga oid gigiyenik talablari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30-son) SanQvaN 0016-21-sonli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlatilishiga ruxsat berilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati quyidagilar: ·        kalla-poycha mahsulotlari (buyrak, yurak, jigar, o‘pka, yelin); ·        barcha yovvoyi xayvonlarning go‘shti; ichi tozalanmagan parranda go‘shti; ·        2,3,4-kategoriyali go‘sht, parranda, baliq go‘shti; ·        go‘shtning yog‘i va shilliq pardalarining miqdori 20 foizdan ko‘p bo‘lishi; ·        xolodes, go‘shtning bezli kiyomlari, diafragma, kalla go‘shtidan rulet; ·        dudlangan mahsulotlar, barcha turdagi kolbasalar, sosiska, sardelka; ·        charvi yog‘i, dumba yog‘i, margarin va boshqa gidrogenizasiyalangan yog‘lar; ·        yog‘lilik darajasi 82,5 foizdan kam bo‘lgan sariyog‘ (sigir yog‘i); o‘simlik moyiga sut qo‘shilgan mahsulotlar (spred); ·        tvorog mahsulotiga qo‘shilgan smetana, shokolad, o‘simlik moyi qo‘shib tayyorlangan muzqaymoq; ·        qimiz va etanol saqlovchi achitilgan sut mahsulotlari (0,5 foizdan yuqori); ·        pasterizasiyalanmagan sutdan tayyorlangan tvorog va smetana, termik ishlov berilmagan, katta idishdagi tvorog va smetana; ·        oshxona sharoitida tayyorlangan qatiq; ·        suvda suzuvchi parrandalarni go‘shti va tuxumlari (salmonellyoz bilan zararlanish xavfi bo‘lgani sababli); ·        po‘stlog‘i ifloslangan, yorilgan va salmonellyoz uchraydigan xo‘jaliklardan keltirilgan tuxumlar; ·        barcha turdagi uy sharoitida tayyorlangan konservalar; ·        germetik berkitilishida kamchiligi bo‘lgan, idishi ezilgan, shishgan (bombaj), qopqog‘i zanglagan, yorlig‘i bo‘lmagan konservalangan mahsulotlar; ·        ombor zararkunandalari va mayda chiqindilar bilan zararlangan yormalar, dukkaklilar, un, makaron mahsulotlari, quruq mevalar; ·        pestisid va nitrat miqdori laboratoriyada tekshirilmagan, mog‘orlagan, buzilgan meva va sabzavotlar; ·        uy sharoitida tayyorlangan va ota-onalar tomonidan uydan olib kelingan, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lmagan taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari (shu jumladan, bayramlar va tug‘ilgan kunlarni nishonlashda); ·        kremli qandolat mahsulotlari (pirojniy va tortlar), kremlar; ·        turli qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar; ·        kvas, mors, gazli ichimliklar, sun’iy rang, mazza, hid beruvchi vositalar qo‘shilgan taom hamda ichimliklar, ·        yog‘da qovurilgan (frityur) mahsulotlar (grenka, chipselar, fri); ·        mayonez, murch, xantal, xren, sirka, qahva; barcha turdagi karamellar; ·        quruq konsentratlar asosida tez tayyorlanadigan 1 va 2 taomlar; ·        bir kun oldingi yoki oldingi ovqatdan qolgan ovqat qoldiqlari; ·        qovurilgan tuxum, omletdan tashqari; tuxum barak.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan. Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi    

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston bolalari Jahonni zabt etmoqda.

Mental arifmetika boʻyicha 15 ta mamlakat va mintaqalar o’rtasida (Bangladesh, Kambodja, Kanada, Xitoy, Xorvatiya, Ekvador, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Meksika, Panama, Filippin, Tayvan,  O'zbekiston va Venesuela) Yakkasaroy tumanidagi 132-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Qudratova Risolatxon ishtirok etib  faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekistonning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston—2030” strategiyasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston—2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston—2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari joriy yilning 31-iyulidan boshlab regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda. Fuqarolardan loyihalarning muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborishlarini so‘raymiz. Jamoatchilik muhokamasi 2023-yil 9-avgustga qadar davom etadi.   Unutmang, Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagogika kollejlaridagi bitiruvchilar mutaxassisliklari bo'yicha diplomlarini olishmoqda

Ayni kunlarda Maktabgacha taʻlim agentligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimlari boʻlib oʻtmoqda. 2022-2023 oʻquv yilida respublika bo'yicha pedagogika kollejlarida jami 17 752 nafar oʻquvchilar o'qishni tamomladi. Shundan, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi yoʻnalishi bo'yicha 14234 nafar; Maktabgacha taʼlim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi yoʻnalishini 3184 nafar; Musiqa rahbari yoʻnalishini bo'yicha 139 nafar; Jismoniy tarbiya yoʻnalishini bo'yicha 122 nafar; Kutubxonashunoslik yoʻnalishini bo'yicha 18 nafar; Oshpaz yoʻnalishini esa 58 nafar oʻquvchilar o'qishni bitirdilar. Eslatib o'tamiz: Pedagogika kollejalarida  “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi”,  “Maktabgacha ta’lim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi”, “Kutubxonashunoslik” “Jismoniy tarbiya”, “Musiqa rahbari”  yo‘nalishlari mavjud.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Uchrashuv

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasining yangi direktori janob Shin Myong Sok oʻrtasida tanishuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  Uchrashuvda vakolatxonaning sobiq direktori Pak Sunjin xonim ham ishtirok etib, samarali hamkorlik uchun Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, yangi tayinlangan direktorni tanishtirdi. Janob Shin Myong Sok, o‘z navbatida, O‘zbekistonda o‘z missiyasini boshlashga tayyorligini bildirdi va maktabgacha ta’lim sohasidagi loyihalar muhimligini ta’kidladi. Uchrashuvda qoʻshma loyihalarning butun majmuasi, shuningdek, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish yoʻlida hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni “Pedagog kadrlarni  tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi bo‘yicha Koreya tomonidan ishlab chiqilgan loyiha dizaynini ma’qullab, o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilgani uchun KOICA vakolatxonasi vakiliga minnatdorlik bildirdi.  Ma’lumot uchun: “Pedagog kadrlarni  tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasining maqsadlari quyidagilardan iborat: -maktabgacha ta'lim tizimining pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish; - Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish markazi bilan birgalikda Kompleks markaz va Koreya modelidagi 500 o‘ringa mo‘ljallangan innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va foydalanishga topshirish; - mamlakat aholisining bolalar rivojlanishida maktabgacha ta'limning ahamiyatini keng e'tirof etishiga erishish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
OAV biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda “Mehribonlik Korpusi” (Mercy Corps) bilan hamkorlikda 2023-yilning 12- va 21-iyul kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida “Zakovat” intellektual o‘yini bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.   Agentlikda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida 4 ta jamoa: 1- jamoa “Taraqqiyot sari”  2 – jamoa “Aqlvoy”  3 - jamoa “Tinchimas ixtirochilar”  4 - jamoa “Intilish” jamoalari o‘rtasida g‘oliblik uchun bellashdilar, natijada,  1-o‘rin “Aqlvoy” jamoasiga 2-o‘rin “Taraqqiyot sari” jamoasiga 3-o‘rin “Tinchimas ixtirochilar” jamoasiga nasib etdi.  O‘yin yakunida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin so‘zga chiqib, “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan jamoalarni tabriklab, bu kabi o‘yinlarni doimiy o‘tkazib turish lozimligi bo‘yicha mas’ullarga ko ‘rsatma berdi. Shuningdek, A.Shin ushbu o‘yin jamoada jipslikni, o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashida xizmat qilishini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori asosida Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’limning yangi shakli bolalarni o‘qishga tizimli tayyorlaydi

Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasini rivojlantirish rejasiga muvofiq, Jahon banki bilan hamkorlikda yurtimizning olis tumanlari va chekka hududlarida maktabgacha ta’limning yangi — muqobil shakllari amaliyotga tatbiq etildi. Jumladan, Namangan viloyati Kosonsoy pedagogika kolleji va Samarqand viloyati Tayloq pedagogika kollejida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida tajriba-sinov tariqasida har biri 20 ta rivojlantiruvchi o‘yin guruhini o‘z ichiga olgan “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi  Янги Ўзбекистон №147.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
SHHTga a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusidagi Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

1-iyun  Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda SHHTga a’zo davlatlar bolalari orasida ekologik savodxonligini oshirish, tabiatni muhofaza qilish, ularni tasviriy san’at va badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yosh rassomlarni aniqlash maqsadida SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari o‘rtasida joriy yilning 30 - may – 2 - iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida  “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan edi. Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rgazmada ishtirok etgan va g‘olib deb topilgan asarlar aniqlandi. Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi binosida tashkilotchilar tomonidan “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti”, “Eng yaxshi yosh qatnashchi”, “Eng faol ustoz”, “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi”, “Eng faol viloyat”, “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyalari bo‘yicha  g‘oliblariga O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov,  O‘zbekiston  Respublikasi  maktabgacha  va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agripinna Shin, Toshkentdagi “Свiтанак” Belarus madaniyat markazi raisi Tatarenko Galina Aleksandrovna, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Janob Chi Junlin va Xitoy elchixonasining ikkinchi kotibi U Menin xonim mukofot va diplomlarni topshirishdi.                          “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida g‘oliblar quyidagilar: “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti” nominatsiyasi g‘olibi O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar, Sergeli tumani, 539-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Madina Umrzokova (7 yosh). "Eng yaxshi yosh ishtirokchi" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi Grodno shahri vakili Artur Skorov (6 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga topshirildi) "Eng faol ustoz" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi, Bixov shahridagi "Moskalkova N.T." nomidagi davlat ta'lim muassasasi 3-umumta'lim maktabi o'quvchisi Gubskiy Dmitriy (10 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi). “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi” nominatsiyasi g‘olibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Artikboyev Nurislom. “Eng faol viloyat” nominatsiyasi g‘olibi Navoiy viloyati, Navoiy shahar 20- sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi  E’zoza Hikmatova. “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyasi g‘olibi – Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Badiiy Akademiyasi Bolalarni estetik tarbiyalash ilmiy markazi tarbiyalanuvchisi Vu Sixan.  (Sovrin Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi) Tadbirda davomida keyingi yillarda “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasini SHHTga a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti tarbiyalanuvchilari o‘rtasida hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasida memorandum imzolandi.   Tadbir yakunida doirasida  Toshkent shahridagi bir qator davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqa va raqs dasturlari namoyish etildi.   Eslatib o ‘tamiz: SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida joriy yilning 30-may – 2-iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida o‘tkazilgan  “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Tojikiston, Belorusiya Respublikalari va  Xitoy Xalq Respublikasi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning ijod mahsuli bo'lgan 1000dan ortiq rasmlar ishtirok etib, shundan 300dan ortiq rasmlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijod mahsuli edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 2-bandiga muvofiq “Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrugʻiga hamda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotining 5-7 yoshli oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining  maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqichi joriy yilning 12-14 iyun kunlari, tuman (shahar) bosqichi 15-19 iyun kunlari, viloyat bosqichi 20-23 iyun kunlari oʻtkazildi. Bugun Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining respublika bosqichi o ‘tkazildi. Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichida viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan jami 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻzaro bellashishdi. Musobaqa yakunlari boʻyicha oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilardan 1-, 2- va 3-oʻrin gʻoliblari aniqlandi va  agentlikning diplomi bilan qolgan ishtirokchilar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.  G‘oliblar bilan quyida tanishishingiz mumkin: Qizlar oʻrtasida: 1-oʻrin Navoiy viloyati, Navoiy shahar 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi  Murodillayeva Xushnoza Nuraliyevna;  2 - oʻrin Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani 250 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Kadirova Ra’no Davronovna; 3 - oʻrin Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani 66 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Faxriddinova Dilorom Namozovna.  O‘g‘il bolalar oʻrtasida  1 - oʻrin Samarqand viloyati, Jomboy tumani 23 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Aliyev Sarvar Suxrobovich;  2 - oʻrin Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar 46 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Farxodov Fazliddin Faxriddinovich;  3 - oʻrin Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani 125 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Abrorov Muhammadyusuf Baxtiyor oʻg‘li.  Eslatib o‘tamiz: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasi 3 marotaba o‘tkazildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim sohasidagi yutuq va kamchiliklar yuzasidan hududiy tizim rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazildi

Kuni-kecha Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar xodimlar uchun tashkil etilgan o'quv-seminar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari bilan maktabgacha ta'lim sohasidagi yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan uchrashuv o'tkazdi. Kun tartibida quyidagi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni MTTga qamrab olish; MTTlardagi ta'lim sifati; Investitsiya dasturi asosida barpo etilayotgan MTTlar va ularga yetkaziladigan jihozlar, didaktik materiallar; Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTTlarda joriy etilgan onlayn davomat; Yagona mavsumiy taomnoma kabi asosiy masalalar ko'rib chiqildi. Hududiy tizim rahbarlari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollarga agentlik rahbariyati tomonidan javoblar berildi. Yig'ilishdan so'ng, hududiy tizim rahbarlariga Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutidagi o'quv xonalari, pedagoglarning malakasini oshirish uchun   yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Eslatib o'tamiz, uch kun davom etgan o'quv-seminari Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bo'lib o'tdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qoraqalpog‘istonda “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi va “Mehribonlik Korpusi” (Mercy Corps) bilan hamkorlikda 2023-yilning 21-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.  AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan moliyalashtirilayotgan O‘zbekistondagi “Mehribonlik Korpusi”ning “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi - Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan.  Ushbu dastur doirasida, Termiz va Nukus shaharlarida tashkil etilgan konferensiyada 171 pedagog va metodistlar, 22 nafar mentor (murabbiy), shuningdek, 60 nafar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari ishtirok etishdi. Taklif etilgan ma’ruzachilar orasida American Councils tashkilotidan English Speaking Nation (ESN) trenerlari Vendi Koulson va Yuta Otake, bolalarda erta savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zining xalqaro tajribalari bilan bo‘lishishdi. Konferensiyada pedagoglar va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mentorlar (murabbiylar) hamda “Mehribonlik Korpusi” tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarning salohiyatini oshirish dasturi doirasida bolalarda ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish doirasida o‘tkazilayotgan amaliy ishlarning yutuqlari haqida ba’tafsil ma’lumot berib o‘tildi.  Shuningdek, mentorlik (murabbiylik) dasturi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini salohiyatini oshirish va bolalarning ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish uchun jamiyat va oilani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligi va gigiyenasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Tadbir yakunida, konferensiya ishtirokchilariga sertifikatlar tarqatildi, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi “Mehribonlik Korpusi” dasturidaga kiritilgan barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun plakatlar, o‘quv kartalari to‘plamlari va bolalarda erta savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha amaliy g‘oyalarga ega pedagoglar uchun konferensiya qo‘llanmalaridan iborat sovg‘alar to‘plami toshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda navbatdagi huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi

2023-yil 21-iyul kuni Maktabgacha ta’lim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi. Navbatdagi huquqiy savodxonlik o‘tgan haftada qabul qilingan quyidagi qonunchilik hujjatlariga to‘xtalib o‘tildi: 1. Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma’muriy jarima miqdorini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi(O‘RQ–851-son, 04.07.2023 y.). Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra: BHMning 10 baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan ijro etmaslik: fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mgacha); mansabdor shaxslarga esa 10 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ilgari jarimaning eng kam miqdori qat’iy belgilangan bo‘lib, fuqarolarga BHMning 1 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan boshlab jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, ma’muriy jarima summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emasligi belgilandi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi. Qonunga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga endilikda quyidagilar haqli: O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari; Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari. Ilgari ma’muriy jazo choralarini qo‘llash davlat ijrochilariga tegishli bo‘lgan. 2. “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–848-son, 16.06.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega: kam ta’minlangan shaxslar, agar ular: fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar; ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar; ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar; jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa; ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda; o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar; Jinoyat-prosessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi. Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi (Jinoyat-prosessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar va muddatlar bundan mustasno). Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi. Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimida ro‘yxatga olinganidan keyin tizim advokatni avtomatik ravishda tanlaydi. Advokatga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda to‘lov amalga oshiriladi. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 3. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi (O‘RQ-855, 13.07.2023). Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etildi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 4. “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishva qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–856,17.07.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra: Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligiva davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilinganligi uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Hisob palatasi: moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi; nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ularning bartaraf etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorak yakunlariga ko‘ra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar mustasno; har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik oldida OAV vakillari ishtirokida hisobot berib boradi. Qonun bilan Hisob palatasi qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlariga qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishga haqliligi belgilandi. 5. Shuningdek, Prezident tomonidan imzolangan Qonunbilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritildi(O‘RQ–857, 18.07.2023 y.). Shunga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi: barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno); o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini; O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyasiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini. Bu Qonun ham rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Yuqoridagi qonunlardan tashqari: 6. “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-230, 18.07.2023) qabul qilindi. Mazkur qaror bilan, 2023 yil 24 fevral kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekistan Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston-Ozarbayjon investisiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. 7. “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” Hukumat qarori imzolandi (290, 14.07.2023). Qaror bilan, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlandi. Tog‘ ishlarida, metro, tunnellar va maxsus yer osti inshootlari qurilishida; Geologiya qidiruv va topografiyageodeziya ishlarida jami shunga o‘xshash 34 turdagi o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlar hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlar ro‘yxatga kiritildi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" namoyish etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Koreya tajribasini maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin va Koreya elchixonasi huzuridagi Taʼlim markazi direktori janob Pen Ju Man oʻrtasida hamkorlik  uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar bolalarni tarbiyachi tomonidan qaltis ravishda tartibga chaqirgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, joriy yilning 20-iyul kuni Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda Yangiyo‘l tumani Ibrat MFY Yoshlik ko‘chasida joylashgan YATT A.X.Bga tegishli bo‘lgan “Ominaxon” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 19-iyul kuni tashkilot rahbari hamda tarbiyachi lavozimida ishlab kelayotgan X.Abdumannonova tomonidan tarbiyalanuvchilarni bir necha bor tartibga chaqirilishini e’tiborga olmay tartibsizliklar qilganligi, ushbu tarbiyalanuvchilar bir biriga qo‘shni ekanligi bolalar bir necha bor o‘yin kulgulardan so‘ng bir biri bilan tortishib qolganligi tarbiyachi video tasvirga aks etgan holatdagidek tarbiyachi xaqiqatdan xam tarbiyalanuvilarni qo‘l qismiga 1 marotabadan yumshoq uy oyoq kiyimi bilan zarba berganligi aniqlandi.  Ushbu xolat Yangiyo‘l tuman IIB tomonidan nazoratga olinib, surishtiruv ishlari olib borilayotganligini, surishtiriuv ishlari yakunlangandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilamiz. Shuningdek, tadbirkorga ogohlantirish berilib, bu holat yana takrorlansa tadbirkor bilan tuzilgan bitim bir tomonlama bekor qilinishi tushuntirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim agentligi va OPEK jamgʻarmasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

19-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda O‘zbekiston Respublikasidagi OPEK jamgʻarmasi missiyasi vakili hamda  OPEK jamgʻarmasining davlat sektoridagi operatsiyalar boʻyicha hududiy menejeri Olga Mixaylova xonim o ‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  OPEK jamg‘armasining 2023-yil 16-iyuldan 23-iyulgacha davom etadigan missiyasining maqsadi O‘zbekistondagi OPEK jamg‘armasining joriy faoliyatini ko‘rib chiqish, shuningdek, davlat sektorida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qilishdan iborat. Ma’lumot uchun: Islom taraqqiyot bankining “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida umumiy qiymati 66,9 mln. bo‘lib, OPEK jamg'armasining ishtirokida esa 20 million AQSh dollari miqdorida nazarda tutilgan. Loyihaning maqsadi – davlat-xususiy sheriklik asosida 200 ta yangi tashkilot  qurish orqali nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish,  maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovini 30 mingta yangi o‘ringa oshirish, shuningdek, 2,5 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Uchrashuvda tomonlar OPEK jamg‘armasi ishtirokini ko‘zda tutuvchi Islom taraqqiyot bankining qo‘shma loyihasini amalga oshirishning yakunlangan bosqichlarini, shuningdek, amalga oshirish rejalari va loyihaning operatsion modeli tafsilotlari bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.  Olga Mixaylova xonim mamlakat rahbariyatining maktabgacha yoshdagi bolalar uchun teng sharoit va ta'lim olish imkoniyatini yaratishga intilayotganini ta'kidladi. O'z navbatida, A.Shin qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish yo‘lida Fondning missiyasini tashkil etgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifat ko‘rsatgichini oshirish yo‘lidagi navbatdagi seminar

Kuni-kecha Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglariga amaliy seminar tashkil etildi.   Mutaxassislar kun tartibini, bolalar faoliyati turlari bo‘yicha o‘quv dasturini tuzish, bola shaxsining rivojlanishini kuzatish jarayonini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
SIZNING QONUNIY HUQUQLARINGIZ BUZILAYAPTIMI? KORRUPSION HOLATLARGA DUCH KELDINGIZMI?

Maktabgacha ta’lim agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘limiga quyidagi masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Korrupsion xarakterdagi har qanday ta’magirlik holatlari bo‘yicha; Maktabgacha ta’lim tizimiga ishga qabul qilishda korrupsiya holatlari bo‘yicha; Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotganligi bo‘yicha;  Maktabgacha ta’lim tizimida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotgani xususida;  Maktabgacha ta’lim tizimida moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilayotgani xususida; Murojaat uchun: +998 71 207-04-07 @antikorr_ado  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Samarqandda kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, uyga tashrif dasturi bo‘yicha seminar - trening bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha ta’limi agentligi hamda Jahon banki hamkorligida bolani erta rivojlantirish loyihasiga ko‘ra,  "Ilk rivojlanish markazlari" pedogoglari malakasini oshirish maqsadida Reach Up: kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, uyga tashrif dasturi bo‘yicha 3-14-iyul kunlari Toyloq tumanidagi markazda seminar-trening tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, "Ilk rivojlanish markazlari" respublikamizning Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida hamda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda birgina Samarqand viloyatidagi markazda 777 nafar kam ta’minlangan oilalarning farzandlari va 46 nafar alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar tarbiyalanmoqda.   Seminarda Namangan va Samarqand viloyatidagi markazlarning pedogoglariga 10 kun davomida Vest-Indiya Universiteti trenerlari Kristina Pouel va Syuzan Chang-Lopeslar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.  Shu o‘rinda Reach Up dasturi haqida: Ushbu dastur kam ta’minlangan, sharoiti yaxshi bo‘lmagan, ta’lim olish qiyin oilalar hamda alohida ta’lim ehtiyoji bor yosh bolalarning ota-onalari uchun mos keladigan samarali, dastur bo‘lib, u bolaga erta yoshdan ta’lim olishga yordam berishdir. Erta bolalikni tarbiyalash dasturi yamaykalik Salli Grantem-MakGregor tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu dastur Bangladesh, Kolumbiya va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli moslashtirildi va baholandi, bu bolalar rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.Quyida "Ilk rivojlanish markazlari"  pedogoglarining malakasini oshirishdagi seminar-trening jarayonidan lavhani ko'rishingiz mumkin:

Maktabgacha ta'lim agentligi
YUNESKO missiyasining yig'ilishi: yo'l xaritasini imzolash.

14 - iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Parijdan kelgan YUNESKO missiyasi o'rtasida Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifali Mintaqaviy markazni tashkil etish masalalarini muhokama qilish uchun  yakuniy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yig‘ilishning kirish qismida Parijdagi YUNESKO shtab-kvartirasining Ta’lim siyosati departamenti boshlig‘i hamda missiya rahbari –janob Chang Gvang-Chol missiyaning Toshkentdagi uch kunlik tadbirlarning amalga oshirilishi  yakunlariga ko‘ra quyidagilarni ta’kidladi. Ishchi guruhning ikkita yig‘ilishi tashkil etildi, unda loyihaning texnik va huquqiy jihatlari batafsilroq shaklda muhokama qilindi;  - O‘zbekiston tomonidan bo‘lajak markazni joylashtirish uchun taklif etilgan ob’ektlarda bo‘lishdi; -Missiya yakunida “O‘zbekistonda 2-toifali mintaqaviy markazni tashkil etish to‘g‘risida”gi yo‘l xaritasi imzolandi. Bundan tashqari, YUNESKO shafeligida 2-toifali markaz maqomiga ega boʻlgan shu kabi markazlarni, tashkil etish va faoliyat yuritish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni Seul (Koreya), Shenchjen (Xitoy) va Sharjda (BAA)dan  o‘zlashtirish bo‘yicha taklif kiritildi. Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekiston yuritayotgan siyosatning ochiqligini, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yaqinroq hamkorlik yo‘lida yangi tashabbuslarni izlash zarurligini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi – dedi xonim A.Shin. Yig‘ilishda missiya samarali yakunlanganidan dalolat sifatida markazni tashkil etish bo‘yicha vazifalar va ularning muddatlari belgilab berilgan hujjat o‘zaro ma’qullandi. Missiyaning samarali yakuniga erishish belgisi sifatida markazni tashkil etish yo‘lidagi vazifalar va amalga oshirish muddatlarini ko‘zda tutuvchi hujjat o‘zaro tasdiqlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qashqadaryoning Qamashisida ikkita yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi

Bugun Qamashi tumani Jonbo‘z va Oynako‘l mahallasi hududida har biri 150 o‘rinli bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binolari foydalanishga topshirildi.  Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi B.Tog‘ayev, sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Jonbo‘z mahallasidagi 25-DMTT binosini qurish ishlariga loyiha qiymati 6 milliard 142 million so‘m mablag‘ sarflandi.  Oynako‘l mahallasi hududidagi 26-DMTT 6 milliard so‘mga yaqin mablag‘ evaziga barpo etildi.  Yangi qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruh va sanitariya-gigiyena xonalari, tibbiyot xonasi, musiqa zali, alohida oshxona, umumiy ovqatlanish zali, o‘yin maydonchalari, yozgi ayvonchalar hamda suzish havzasi barpo etilgan.  Shuningdek, tumanda yaqin kunlarda yana 4 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.  

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim hamda Parijdan tashrif buyurgan YUNESKO missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

12-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim, Parijdan tashrif buyurgan YUNESKO tadqiqot missiyasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar Toshkentda o‘tkazilgan “Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning YUNESKO shafeligida 2-toifali mintaqaviy markazni ochish bo‘yicha bergan taklifini amalga oshirishga qaratilgan masalalarni ko'rib chiqishdi. Shuningdek, uchrashuvning kirish qismida tomonlar jahon konferensiyasi davomida YUNESKOga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan YUNESKOning Toshkent deklaratsiyasiga kiritilgan shartlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin tomonidan O‘zbekistonda tashkil etilishi kutilayotgan 2-toifali  mintaqaviy markazga maktabgacha ta’lim bilan birgalikda maktab va oliy ta’limni rivojlantirish masalalarini kiritilishi lozimligi to‘g‘risida”gi taklif kiritildi. Yig‘ilishning asosiy qismi hududiy markazni ochish bo‘yicha kelgusidagi harakatlarni muhokama qilishga qaratildi. Mazkur markazni ochish uchun texnik-huquqiy shart-sharoitlarni tayyorlash bo‘yicha ham vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha missiyaning loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi bilan birgalikdagi faoliyatini davom ettirishi qayd etildi va missiya yakunida yakuniy yig‘ilish tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro hamkorlik

12-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin Islom taraqqiyot banki missiyasi, YUNISEF, YUNESKO hamda Respublika ilmiy-metodik markazi vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasida ta’limni rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashdi. Xalqaro ekspertlar ham ishtirok etgan uchrashuvda tomonlar “O‘zbekiston Respublikasida 2023-2026 yillarda amalga oshiriladigan ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish”ning yangi loyihasi doirasida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish”ga oid masalalarni muhokama qildilar. Loyiha maqsadi: Loyiha Hamkorlik kelishuvi hujjatida belgilangan umumiy ustuvorliklarni, jumladan, sifatli ta’limdan teng foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Loyihaning ta'siri ixcham hujjatdan quyidagicha namoyon bo'ladi: "2026-yilga kelib, barcha qizlar va o'g'il bolalar samarali, hisobdor va inklyuziv ta'lim tizimida kompetentsiyaga asoslangan ta'lim sifatidan foydalanadilar". Kun tartibida maktabgacha ta'lim sifatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni muvofiqlashtirish va xarajatlarni tarkibiy qismlarga ajratish vazifasi qo‘yildi. Tomonlar, shuningdek, har bir kichik komponent bo‘yicha faoliyatning barcha texnik va tashkiliy tafsilotlarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʻlim tashkilotida yozgi sogʻlomlashtirish davrining TAXMINIY KUN TARTIBI

7.00 – 8.00  Ochiq havo (ayvonchada) bolalarni qabul qilish,  ertalabki filtr 8.30 – 8.50  Ochiq havoda ertalabki badantarbiya 9.00 – 9.30  Nonushtaga tayyorgarlik, nonushta 9.30 – 10.50  Rejalashtirilgan  tadbirlar   (rivojlantiruvchi markazlarda taʻlim-tarbiya jarayoni, ochiq havoda oʻyinlar, koʻngilochar tadbirlar) 11.00 – 12.20  Chiniqtirish tadbirlari (qumda oʻynash, yalangoyoq oʻtda yurish, suv bilan o ʻyinlar)  12.20 – 13.00  Tushlikka tayyorgarlik, tushlik 13.00 – 15.00  Uyquga tayyorgarlik, uyqu 15.00 – 15.40  Uyqudan uygʻonib turish, yuvinish. Erkin faoliyat. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash. Kunning ikkinchi yarmi uchun belgilangan faoliyatlar 15.00 —15.40  Ikkinchi tushlik 15.40 — 17.00  Ayvonchada tashkil etilgan markazlarda taʼlimiy, stol, syujetli-rolli oʼyinlar. Oʻyin maydonchasida harakatli va  ixtiyoriy oʻyinlarni  tashkil  etish 17.00— 18.00  Ota-onalar bilan suhbat. Bolalarni uyga kuzatish Eslatma: ikkinchi nonushta olib tashlanganligi sababli, rejalashtirilgan tadbirlar, rivojlantiruvchi markazlarda taʻlim-tarbiya jarayoni, ochiq havoda oʻyinlar, ko’ngilochar tadbirlar vaqti uzaytirildi      Izoh: kun tartibi maktabgacha taʻlim tashkilotining ish soati ichki imkoniyati, shart-sharoiti va har bir guruhning yosh xususiyatini inobatga olgan holda tuziladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryoda "Mehribonlik korpusi" tomonidan erishilgan natijalar tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamkorligida "Mehribonlik korpusi" tomonidan Surxondaryo viloyatida "Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati" mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, "Mehribonlik korpusi" vakillari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, pedagog va metodistlari ishtirok etib, o‘zaro fikr, tajriba almashishdi. Konferensiyada pedagoglar va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mentorlar (murabbiylar) hamda“Mehribonlik Korpusi” tomonidan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining salohiyatini oshirish dasturi doirasida bolalarda ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish doirasida o‘tkazilayotgan amaliy ishlarning yutuqlari haqida ba’tafsil ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, mentorlik (murabbiylik) dasturi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini salohiyatini oshirish va bolalarning ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish uchun jamiyat va oilani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish,  Maktabgacha yoshdagi bolalarda gigiyena va sog‘lom turmush tarzi hamda to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.  Trenerlarning mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlari yig‘ilganlarda iliq tasssurotlar qoldirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#iqtibos #Aqlvoy_avtobuslari

“Euronews” telekanali orqali “Aqlvoy” avtobuslari haqidagi reportajni ko‘rib,  mamlakatning chekka hududlaridagi bolalarni qamrab olish qaroridan hayratda qoldim. Bugun esa men Samarqand viloyatidagi tashrifimiz davomida o‘z ko‘zim bilan noyob loyihani ko‘rdim, shuningdek bizda hali mavjud bo‘lmagan erta rivojlanish markazlarida ham bo‘ldim. Bugun biz qardosh mamlakatlarimiz bilan maktabgacha ta’lim sohasida hamkorlik qilib, tajriba o‘rganayotganimizdan juda xursandmiz!  Tojikiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Majidiy Yusuf “Euronews”  telekanalida efirga ketgan “Aqlvoy” avtobuslari haqidagi reportajni ko‘rishingiz mumkin: https://is.gd/AvHGDF          

Maktabgacha ta'lim agentligi
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida Gamburgdagi nemis-o‘zbek forumi ijrochi direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 11-iyul kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida, 9-iyul kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Gamburgdagi nemis-o‘zbek forumi ijrochi direktori Katrin Annette Morozov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvni Qo‘mita raisi R.Kurbanov ochib, mamlakatimizda o‘tkazilgan ulkan siyosiy tadbirga xalqaro kuzatuvchi sifatida taklif etilgani bilan tabriklab, ushbu tashrif xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasiga prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Gamburgdagi nemis-o‘zbek forumi ijrochi direktori Katrin Annette Morozovga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamrohlik qilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта