Yangiliklar
Maktabgacha ta’lim agentligida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda "Edulink Global" prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xan xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan "S-board" dasturini amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv doirasida Chungrim Xan xonim Koreya tomoni Maktabgacha ta'lim agentligi bilan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimiga yangi ilg'or innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishning turli yo'nalishlari bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga intilayotganini ta'kidlab o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish va O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Koreyaning "Edulink Global" ta' lim kompaniyasi o'rtasida imzolangan hamkorlik to'g'risidagi memorandum bandlarini amalga oshirishni jadallashtirish zarurligi to'g'risida kelishuvga erishdilar.
BatafsilМолиявий ҳисобот 2023 й 1-чорак.pdf Дебитор маълумотлари.pdf Кредитор маълумотлари.pdf
Joriy yilning 18-aprel kuni Maktabgacha ta'lim agentligida O'zbekistondagi KOICA vakillari va loyiha boshqaruvi bo'yicha koreys maslahatchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvning maqsadi - "Toshkent shahrida koreys modeli bo'yicha kadrlar tayyorlash, o'qitish va rivojlantirish bo'yicha Kompleks markaz hamda Innovatsion davlat maktabgacha ta'lim tashkilotini qurish" loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish bo'ldi. Uchrashuv davomida Koreya tomoni Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatini qurilishi rejalashtirilgan obyektlar uchun qo'llanilishi mumkin bo'lgan dizayn variantlari bilan tanishtirdi. Mazkur loyiha doirasida O'zbekiston va Koreyaning ixtisoslashgan mutaxassislaridan iborat maktabgacha ta'lim Kengashini shakllantirish zarurligi alohida qayd etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-sonli MTTda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchining ehtiyotsizlik oqibatida jarohatlangani haqida murojaat tarqaldi. Maktabgacha ta’lim agentligi mas’ul vakillaridan iborat ishchi guruh murojaat yuzasidan ushbu MTTda o'rganish o'tkazdi. O'tkazilgan o'rganish natijalariga ko'ra, to'plangan hujjatlar huquq-tartibot organlari va tegishli tashkilotlarga qonuniy baho berish uchun yuborildi. Natijasi bo'yicha qo'shimcha batafsil ma’lum qilinadi.
Farg'ona tumanidagi 40-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun koinot sirlari haqida tushunchalarni shakllantirish ularning rang-tasvir olamini yanada rivojlantirish maqsadida ochiq faoliyat tashkil etildi. Eslatib o'tamiz, "Ilk qadam" davlat o'quv dasturidagi oy mavzusiga ko'ra, аprel oyi "Yer sayyorasi umumiy uyimiz" hisoblanib, shu mavzu doirasida tarbiyalanuvchilarga oy davomida boshlang'ich bilimlar berilib boriladi.
Kuni-kecha, Buxoro viloyati Qorako'l tumanida bir yo'la 2 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Binolarni foydalanishga topshirish marosimlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi E.Gadoyev hamda tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tumandagi Mirzaqal’a mahallasida 120 o‘ringa mo‘ljallangan 42-sonli DMTT yangidan barpo etildi, unda zamon talablari darajasida tibbiyot xonasi, oshxona, universal zal, yotoqxonalar hamda yozgi ayvonchalar bolajonlar uchun xizmat qilishga shay holatga keltirilgan. Quvonarlisi, ushbu ta’lim tashkilotning ish boshlashi bilan 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shu kunning o‘zida tumandagi 15-sonli DMTTning ham ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Qulonchilik mahallasidagi bolajonlar quvonchiga quvonch qo‘shgan ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘tgan yilgi “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ajratilgan mablag‘ hisobiga mukammal ta’mirlandi. Avval 90 o‘rinli bo‘lgan eski bog‘cha mukammal ta’mirdan so‘ng 120 o‘rinli zamonaviy tashkilotga aylanib, guruhlar soni ham 3 tadan 4 taga yetkazildi. Shunday qilib tumanda faoliyat olib borayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 42 taga yetdi. Xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari soni bilan qo‘shib aytganda bu raqam 132 taga yetadi. Bugungi kunda yana 4 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan 5-6 yil avval tumanda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarning qamrov darajasi bor-yo‘g‘i 18% ni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatgich 67 foizga yetdi. Joriy yil yakuni bilan bolalar qamrovini 80 foizdan oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi va YUNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik ishlari muhokama etildi. Shuningdek, YUNISEF tashkiloti bilan maktabgacha ta’lim tizimi sifatini oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi. Mazkur yo‘nalishdagi uchrashuvlar Maktabgacha ta’lim agentligi va YUNISEF tashkiloti o‘rtasida muntazam o‘tkazilishi bo‘yicha kelishib olindi.
Kuni kecha Toshkent pedagogika kollejida “Maktabgacha ta’lim pedagogika” si fanidan ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik xodimlari hamda kollej pedagoglari ishtirok etishdi. Ochiq dars mavzusi “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya” bo‘lib, unda bo‘lajak pedagoglar, ya’ni kollej o‘quvchilari bola huquqlari va uni MTT faoliyatida qo‘llash, voyaga yetmagan bolalarning huquqiy manfaatlari qonun hamda xalqaro konvensiya bilan mustahkamlanganligi kabi bilimlarga ega bo‘lishdi. Ochiq dars yakunida erishilgan natijalar va dars jarayonidagi kamchiliklar haqida dars kuzatuvchilari tomonidan fikr va tavsiyalar berildi. Ma’lumot uchun: Ta’lim muassasasida hozirgi vaqtda 931 nafar o‘quvchi 5 ta kasb bo‘yicha kunduzgi, sirtqi, kechki, dual ta’lim shakllarida ta’lim olishmoqda.
Batafsil2023-yil 14-aprel kuni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi. Unda o‘tayotgan haftada qabul qilinib, e’lon qilingan muhim qonunchilik hujjatlari batafsil tushuntirildi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi “Siyosiy-maʻrifat soati” namoyish etildi.
Samarqand shahar 60-DKTIMTTda "Ilg'angan nigoh" mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda autizm belgilari va xususiyatlari haqida, Autizm sabablari va statistik ma'lumotlar haqida shifokorlar tomonidan taqdimot qilindi. Hozirgi kunda Samarqand shahar 60-DKTIMTTda 110 nafar tarbiyalanuvchilardan 20 nafari Autik spektrli bolalardir. Ular bilan olib boriladigan yangi texnologiyalar: ABA, XENLI, DENVER, FLOUR TIME kabi terapiyalarning qo'llanishi, ish tajribalari haqida tashkilot defektologlari ma'lumot berishdi. Hozirgi zamon asr muammosi bo'lib borayotgan autizm spektrli bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar borasida savol-javoblar bo'ldi. Seminar yakunida ishtirok etgan mehmonlar o'z fikr-mulohazalarini bildirib, tashkil etilgan seminardan yangi bilim, nazariy va amaliy tajribalar olganliklarini bildirishdi.
Bolalik - beg‘ubor fasl. Unda kelgusi hayot uchun muhim zahiralar yaratiladi. Bu davrda inson umri davomida olajak bilim va ko‘nikmalarning salmoqli qismi olinadi. Agarda bu uchun muhim sharoitlar yaratilgan bo‘lsa. Kuni kecha Buxoro viloyati, Shofirkon tumanining Denov MFYda 34-sonli DMTT zamonaviy talablar asosida yangidan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Ushbu tantana qishloq ahli uchun haqiqiy bayramga aylandi. Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi N.Rahmonov maktabgacha taʼlim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, foydalanishga topshirilayotgan zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ahamiyatiga to‘xtalib, mazkur taʼlim maskani hududdagi qamrovning ortishi, bolajonlarning har tomonlama komil inson bo‘lib voyaga yetishlarida “maktab” bo‘lishini taʼkidladi. Mazkur MTT 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ‘'Obod mahalla‘' dasturi asosida yo‘naltirilgan 2 milliard 322 ming so‘m mablag‘ evaziga “Shofirkon Jo‘ynav Qurilish” MCHJ bunyodkorlari tomonidan 4 oy davomida rekonstruktsiya qilindi. Zamon talablariga to‘la javob beradigan mazkur tashkilotda bolajonlar uchun barcha sharoitlar yetarli.
2023-yil 7-aprel kuni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi. Unda quyidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. O‘tayotgan haftada ham muhim qonunchilik hujjatlari qabul qilindi va e’lon qilindi. Jumladan, 1. “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–107-son, 01.04.2023 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan tijorat banklari kreditlarining garov ta’minoti 2,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi asosida ta’minlanadi. 2024-yil 1-martgacha Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida barcha suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi. Suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv iste’molchilari o‘rtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda to‘ldirish hamda elektron raqamli imzolar orqali tasdiqlash imkonini beruvchi “Suv hisobi” axborot tizimi yaratiladi. 2025-yil 1-yanvardan quyidagi tartib joriy etiladi: respublikaning barcha hududlarida “Suv hisobi” AT joriy qilinadi; “Suv hisobi” AT orqali taqdim etilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirib berish amaliyoti joriy etiladi. 2023-yil avgustgacha 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan hamda subsidiya mablag‘larining 50 foizini olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga tizimlarning ishlatilishiga qarab belgilangan subsidiya miqdorining qolgan 50 foizi tuman ishchi guruhi xulosasi asosida ajratiladi. 2023-yil 1-maygacha suv resurslaridan samarasiz foydalanish va suv xo‘jaligi ob’yektlarining gidrotexnik inshootlaridan noqonuniy foydalanish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha taklif ishlab chiqiladi. 2. “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–108-son, 04.04.2023 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil qilindi. Shuningdek, Institut tarkibida hududlarda yer resurslaridan unumli foydalanish va ularni optimal taqsimlash orqali bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni o‘rganish va amaliy takliflar tayyorlashga yo‘naltirilgan yuridik shaxs bo‘lmagan “Yer islohotlari markazi”; Oliy maktab tuzilmasida yuridik shaxs bo‘lmagan “Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish” loyiha ofisi va Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi tashkil etildi. Shuningdek, bizning xodimlarimizning ayrimlari Oliy maktabda magistratura yo‘nalishlarida ta’lim olayotganlarini inobatga olib, Oliy maktabning yangi asosiy vazifalaridan kelib chiqib himoya ishiga mavzularini tanlashlarini tavsiya etgan bo‘lar edik. 3. “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–110-son, 04.04.2023 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra: iste’molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi; etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib o‘rnatiladi; sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi; o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi; belgilangan talablar va shartlarning qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida lisenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi ro‘yxatda keltirilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga cheklovlar belgilanadi. 4. “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–113-son, 05.04.2023 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyungacha paxta, g‘alla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi. 2023-yilda har bir viloyatda o‘rtacha 250-300 gektardan namunaviy bog‘-tokzorlar barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun beriladigan yerlar maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi. 5. Hukumat qarori (142-son, 04.04.2023 y.) bilan Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Reglamentga ko‘ra, bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi. Shunga ko‘ra, ariza beruvchi (jismoniy yoki yuridik shaxs) DXMga o‘zi kelib yoki YAIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi. So‘rovnoma kelib tushgach, vakolatli organ bino va xonalarni 10 ish kuni ichida normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqadi. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 10 foizi (30 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda mazkur miqdor 27 ming so‘mni tashkil etadi. Jismoniy shaxslar YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Shuningdek, qaror bilan Radiotexnik inshootlarni o‘rnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi o‘zgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi. So‘rovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqadi. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. 2023-yil 1-apreldan nimalar o‘zgaradi? Pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi; Majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytiriladi; Pensiya oluvchilar Toshkent metropolitenidan kun davomida bepul foydalanadi; Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi; Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi; Avtotransportlar harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha pasaytiriladi; Xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashining qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilinadi; Ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi; Ayrim kasalliklarda nogironlik fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi; Ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishga ruxsat beriladi; Professional ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari oshiriladi; Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oila a’zolari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi; Yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk solig‘i pasaytiruvchi koeffisiyentda to‘lanadi; Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan shaxslar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi; Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari bojxona to‘lovlari va utilizasiya yig‘imidan ozod qilinadi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi “Siyosiy-maʻrifat soati” namoyish etildi.
2023-yilning 4-aprel kuni Maktabgacha ta’lim agentligida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Pak Sunjin xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini, shuningdek, Toshkent shahrida pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha Kompleks markaz hamda Innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurishga qaratilgan qo‘shma loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar. Koreya delegatsiyasi rahbari o‘zining kirish nutqida so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan yosh bolalarni erta rivojlantirish sohasiga yuksak baho berdi. Koreya tomoni maktabgacha ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish salohiyatini oshirishga intilayotgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, Pak Sunjin xonim KOICA ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi amalga oshirilayotgan loyiha doirasida, jumladan, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagogning kasbiy vakolatlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi komponentlarni joriy etish orqali muloqot va hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish uchun ochiq ekanini ta’kidladi. Tomonlar qo‘shma loyiha doirasida barpo etilayotgan pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish Kompleks markazi hamda Innovatsion maktabgacha ta’lim tashkiloti respublikaning maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani moslashtirish va joriy etish hamda maktabgacha ta’lim tizimini yagona uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirishning yana bir vositasi bo‘lishiga kelishib oldilar. KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktorining ta’kidlashicha, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha Agentlikning muvaffaqiyatli faoliyati alohida e’tiborga loyiqdir. Shu nuqtai nazardan, xalqaro nodavlat tashkilot vakili tomonidan O‘zbekiston tomoniga ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligi bildirildi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra tomonlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish va Toshkent shahrida pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha Kompleks markaz hamda Innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini barpo etishga qaratilgan loyihani amalga oshirish jarayonini jadallashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.
Kuni kecha Nukus shahrida Maktabgacha ta’lim agentligining mas’ul xodimi S.Mirzakarimov ishtirokida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni sifatli tashkil etish maqsadida seminar o‘tkazildi. Seminarda Nukus shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar davomida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishda SanPin me’yorlariga doimiy rioya qilish talabi qo‘yildi. Shu kunning o‘zida, agentlik mas’ul xodimi S.Mirzakarimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi ausorserlar uchun ham seminar o‘tkazdi. Seminar davomida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada yaxshilash, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oshxonalarga investisiyalar kiritish hamda zamonaviy texnika texnologiyalardan foydalangan holda sifatli taomlar tayyorlash yuzasidan suhbatlashib, o‘z takliflari va talablarini ma’lum qildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarova va birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Xiva shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va Xiva Pedagogika kollejiga bordi. Vazirlik rahbariyati Xiva shahridagi buyuk matematik, olim Muhammad Al-Xorazmiy nomiga atalgan 360 quvvatga ega 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib , u yerdagi tarbiyalanuvchilarning mukammal ta’lim-tarbiya olishlari hamda matematika fanini mukammalroq o‘rganishi uchun rejaviy mashg‘ulotlardan tashqari fanga yo‘naltirilgan hamda gimnastika, raqs, karate, kurash kabi to‘garaklarning faoliyati bilan tanishdi. Maktabgacha ta’lim agentligi o‘rinbosari N.Muslitdinov tomonidan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi http://nodavlat-bogcha.uz haqida ma’lumot berilib, uning afzalliklari va qulayliklari tushuntirildi. Shundan so‘ng, vazirlik rahbariyati Xiva Pedagogika kollejida bo‘lib, u yerda o‘quvchilarning ta’lim olishida yaratilgan sharoitlar va DMTT tasarrufidagi majburiy bepul tayyorlov guruhlarini ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, kollej xodimlari va o‘quvchilarning ovqatlanishi uchun ochilayotgan 200 o‘rinli yangi oshxonaning ochilish marosimida ishtirok etishdi. Ma’lumot uchun: Xiva shahrida jami 88ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib, shahardagi 7 mingdan ziyod 3-7 yoshli bolalarning barchasi MTTlarga qamrab olingan. Bugungi kunda Xorazm viloyatida jami 4 ta: Xiva, Hazorasp, Yangibozor, Xonqa pedagogika kollejlari mavjud bo‘lib, ularda jami 3 911 nafar o‘quvchilar tahsil olishmoqda.
Ayni kunda Maktabgacha ta’lim agentligining mas’ul xodimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimidagi tashkilot pedagoglari uchun seminar va master klasslar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi seminarda Qonliko‘l tumanidagi MTT pedagoglari shuningdek, To‘rtko‘l, Beruniy, Xo‘jayli, Chimbay, Taxiatosh, Qonliko‘ldagi kollej rahbar - pedagoglari ishtirok etishdi. Seminar davomida "Ilk qadam" dasturida keltirilgan faoliyat markazlariga doir ko‘plab savollarga mutaxassis tomonidan javoblar berildi.
Nukusda shahar maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari uchun didaktik materiallardan unumli foydalanish yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligining mas’ul xodimi tomonidan seminar o‘tkazildi. Seminar davomida takomillashtirilgan "Ilk qadam" dasturida keltirilgan bolalarni har tomonlama rivojlantirish muhitini MTT guruhlarida tashkil etish hamda kichik yoshdagi bolalarning rivojlanishini toʻgʻri tashkil etish maqsadida pedagog tomonidan yuritilishi belgilangan rivojlantiruvchi xaritani yuritish yuzasidan qoʻshimchalar ham tushuncha berildi. Shuningdek, har bir metodik qoʻllanmada kiritilgan elektron QR kodlardan qanday tartibda foydalanish haqida ham master-klass koʻrsatildi. Ushbu master-klass pedagoglar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta‘lim agentligi direktori Agrippina Vasilevna Shinning Puchon universiteti Prezidenti janob Xan Chong Sok boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, Toshkent shahridagi Puchon universiteti faoliyati bilan bog‘liq keng ko‘lamli tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Janob Xаn o'zining kirish nutqida Koreya tomoni maktabgacha ta'lim sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda salohiyatni oshirishga intilayotganini alohida ta'kidladi, shuningdek, Puchon universitetining so'nggi yutuqlari va rivojlanish istiqbollari haqida qisqacha ma'lumot berdi hamda Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatiga O'zbekiston-Koreya munosabatlarini rivojlantirishga qo'shgan bebaho hissasi va Toshkent shahridagi Puchon Universitetini har tomonlama qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga, Koreya delegatsiyasi rahbari so'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligi va jiddiy e'tibori ostida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning asosiy natijalariga yuqori baho berdi. Uchrashuv doirasida janob Xan Toshkent shahridagi Puchon universitetini mustahkamlashga qaratilgan qo'shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi, shu jumladan: – boshqaruvchi kadrlar tayyorlash fakulteti va boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash fakultetining ochilishi; – Maktabgacha ta'lim tizimiga tegishli va respublika, viloyat markazlarida joylashgan 14 ta pedagogika kolleji negizida Puchon universitetining mintaqaviy bo'linmalarining ochilishi; – pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy o'sishi va malakasini oshirishni ta'minlash; – koreys mutaxassislarini tegishli dasturlar va metodik qo'llanmalarni ishlab chiqishga jalb qilish orqali ta'limning yuqori sifatda bo'lishini ta'minlash; – innovatsion o'qitish usullarini joriy etish; – universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ta'lim jarayonini oshirishga qaratilgan dasturlar monitoringi va tahlilini kuchaytirish; – istiqbolli va iqtidorli talabalar ishtirokida mustaqil tayyorgarlik ko'rish va mentorlik guruhlarini tashkil etishga qaratilgan qo'shimcha dasturlarni ishlab chiqish orqali talabalarning potentsial bilimlarini oshirish. Tomonlar Koreya tomonining innovatsion takliflarini O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimi ehtiyojlariga moslashtirish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi to'g'risida kelishib oldilar. O'zbekiston Respublikasi rahbariyatining ta'lim masalalariga e'tibori ortib borayotgan bir sharoitda Koreya tomoni ushbu sohada belgilangan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishda respublikaga har tomonlama ko'mak berishi alohida ta'kidlab o'tildi. Uchrashuv yakuniga ko'ra, tomonlar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligi va Puchon universiteti o'rtasida maktabgacha ta'lim sohasida faol muloqotni ta'minlash uchun muntazam ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi to'g'risida o'zaro kelishuvga erishdilar.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inson hayoti davomida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishi orqali kasallikka qarshi kuchli immun tizimining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lar ekan. Qator kuzatishlar va tajribalarda yuqoridagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topgan. Shuning uchun mutaxassislar ertalabki badantarbiya hamda ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishni tavsiya etishadi. Yuqoridagi tavsiyalarni inobatga olgan holda, shuningdek, Maktabgacha ta’lim agentligi xodimlarining salomatligi va jismoniy faolligini oshirish maqsadida, badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda. Xuddi shunday jismoniy tarbiya tadbirlaridan biri bugun agentlik binosida bo‘lib o‘tdi. Unda barcha xodimlar faol ishtirok etishdi.
17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Agrippina Vasilevna Shin hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Sergey Vladimirovich Andryushin va Toshkentdagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali rahbari o‘rinbosari Rubsov Artem Sergeevichlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida, 2022-yil O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. S.V.Andryushin o‘z nutqida Sankt-Peterburg universiteti O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlarida, jumladan, maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yo'lga qo'yishga intilishini ma’lum qildi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy O‘zbekiston taraqqiyotining ajralmas qismi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. SPbDU Prorektori yig‘ilish doirasida tomonlar o‘rtasida imzolangan Memorandum bandlarini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida, “Yo‘l xaritasi”ni belgilash va ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Shu bilan birga, S.V.Andryushin Rossiya tomoni Sankt-Peterburg shahridagi universitet hududida o‘zbek mutafakkiri va olimi Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatilishiga, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan Sankt-Peterburg davlat universitetida O‘zbek madaniyati markazining ochilishida har tomonlama yordam berishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi. S.V.Anryushin, shuningdek, Sankt-Peterburg universiteti rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi bilan quyidagi sohalarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi: a) maktabgacha ta’lim tizimining ilmiy salohiyatini oshirish; b) inklyuziv ta'limni rivojlantirishga qaratilgan qo'shma loyihalarni amalga oshirish; v) hamshiralik ishi rivojlanishining individual modullari va dasturlarini ishlab chiqish; d) maktabgacha ta'lim tizimida ishlovchi hamshiralarning malakasini oshirish. Muzokaralar natijasida, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo'yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish lozimligi haqida kelishib olishdi.
2023-yil 17-mart kuni Maktabgacha ta’lim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifat va huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi. Unda “Energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-822 Qonuni (13.03.2023); Prezidentning “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-34 Farmoni (13.03.2023); Prezidentning “Mahalla tizimi xodimlari kuni belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi «Mahalla iftixori» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi PQ-3132-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” PQ-93-son Qarori (14.03.2023); “Toshkent metropolitenidan foydalanishda pensiya oluvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida” Prezidentning PQ-94-son Qarori (15.03.2023); “Vazirlar Mahkamasining «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishiniva uning ishlashini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019 yil 5 dekabrdagi 971-son qaroriga o‘zgartirishva qo‘shimchalar kiritish haqida” 106-son (13.03.2023) Hukumat qarori mazmun-moyihati va ahamiyati xodimlarga tushuntirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi 3017-IV-son qaroriga ham to‘xtalib o‘tildi. Siyosiy-ma’rifat va huquqiy savodxonlik soati yakunida, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” namoyish etildi.
BatafsilSavol: Men 50 o‘rinli oilaviy bog‘cha tashkil qilganman. Lekin, nega joriy yilning yanvar (yoki boshqa oy) oyi uchun 4 nafar xodimga emas, faqatgina 2 nafar xodimga ish haqi uchun subsidiya hisoblandi? Javob: Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan quvvati 50 o‘rinli bo‘lgan oilaviy MTTga ikkita guruh uchun yollangan 2,5 ta tarbiyachi va 2 ta tarbiyachi-yordamchi shtat birliklariga ish haqiga subsidiya hisobot oyida ushbu MTTning birinchi guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni 25 nafar, ikkinchi guruhida kamida 12 nafarni tashkil qilganda to‘liq to‘lanadi. Bunda subsidiyalar oilaviy MTTdagi guruhlar sonidan kelib chiqib, ko‘pi bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25 shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimida band bo‘lgan xodimlarning ish haqini to‘lash uchun ajratiladi. Misol uchun, 50 o‘rinli oilaviy MTTda hisobot oyida 37 nafar va undan ortiq tarbiyalanuvchilar ro‘yxatga olinganda, ikkita guruh tashkil etilib, jami 2,5 shtat birligi tarbiyachi va 2 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimiga ish haqi uchun subsidiyalar ajratiladi. Agar hisobot oyida 50 o‘rinli oilaviy MTTda 36 nafar va undan kam tarbiyalanuvchilar ro‘yxatga olingan bo‘lsa, unda ushbu oilaviy MTTga faqatgina bitta guruhi uchun 1,25 shtat birligi tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi ish haqi uchun subsidiyalar ajratiladi.
15-mart kuni Maktabgacha ta’lim agentligida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Agrippina Vasilevna Shin hamda A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektori Sergey Valentinovich Tarasov o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ochilish nutqida S.Tarasov RDPUning so‘nggi yutuqlari va rivojlanish istiqbollari haqida qisqacha so‘zlab berib, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda Toshkent shahridagi A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining rivojlanishida qo‘shgan bebaho hissasi uchun Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. Rossiya delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlik to‘g‘risida gapirar ekan, RDPU jamoasi A.I.Gertsen universitetining Toshkentdagi filialini qo‘llab-quvvatlash va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ma’lum qildi. Rossiya tomoni, shuningdek, filial doirasida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha yangi tarkibiy ta’lim dasturlarini ochish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi. Tomonlar, shuningdek, pedagogika sohasida yangi aloqa nuqtalarini topish va A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida oʻquv modulini ishlab chiqish va umumtaʼlim maktablari professor-oʻqituvchilari malakasini oshirishni nazarda tutadigan tegishli hamkorlik memorandumini imzolash zarurligiga kelishib oldilar. Muzokaralar natijasida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi tizimini hamda Toshkent shahridagi A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining o‘quv jarayonlarini rivojlantirish bo'yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish to'g'risida kelishishdi.
Savol. Menda shaxsiy kabinetim orqali Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (nodavlat-bogcha.uz) (NMTTBAT)da tashkilotimga 2023 yilning yanvar oyi uchun subsidiya hisoblanganligi ko‘rinmoqda, lekin nega ushbu mablag‘lar hanuzgacha to‘lab berilmadi? Javob: Bunday holat yuzaga kelganligining bir nechta sabablari mavjud: birinchidan, ayrim oilaviy nodavlat MTTni tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan NMTTBATga faqatgina asosiy bitim kiritilib, unga asosan bitimni amal qilish muddati yanvar oyiga qadar tugaganligi kuzatildi. Bu holatda agar tadbirkorlar qo‘shimcha bitimni (mavjud bo‘lganida) NMTTBATga kiritmasa, bitimni amal qilish uzaytirmaganligi natijasida, NMTTBAT avtomatik ravishda subsidiyani hisoblamaydi. Mazkur holatlarni zudlik bilan tuzatish maqsadida, Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maxsus ishchi guruh tashkil etilib, ushbu tadbirkorlarning bitim va qo‘shimcha kelishuv ma’lumotlari bugungi kunda axborot tizimiga to‘liq kiritilishi ta’minlandi. Shuningdek, bitimning amal qilish muddati tugab, o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha kelishuvlarni rasmiylashtirgan tashkilotlarning yanvar oyi subsidiyasi joriy yilning 16-17 mart kunlari “nodavlat-bogcha.uz” platformasida hisoblanib, to‘lovlar bank hisob raqamlariga to‘lab berilishi ma’lum qilinadi. ikkinchidan, ayrim tadbirkorlar tomonidan “nodavlat-bogcha.uz” platformasiga belgilangan me’yorlardan ortiqcha shtat kiritilishi yoki xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq kiritilmasligi oqibatida joriy yilning yanvar oyi ish haqi uchun subsidiyalar to‘lanishi kechiqmoqda. Ma’lumot uchun: DXSH asosidagi, shu jumladan, oilaviy MTTlar, ularda ishlovchi ayrim xodimlarning ish haqlarini to‘lash uchun — 9 soatli ish rejimidagi davlat MTTlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlarida davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi. Bunday kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida tadbirkorlarga NMTTBATning mobil ilovasi (“qo‘ng‘iroqcha” tasviri) orqali habarnomalar yuborilgan. Ushbu tadbirkorlar tomonidan NMTTBAT orqali tegishli ma’lumotlardagi kamchiliklarni bartaraf etish va ish haqi uchun elektron ariza berishlari so‘raladi. uchinchidan, Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan: - davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib NMTTBATda avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi; - hisobot oyida NMTTBATda xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi va oilaviy nodavlat MTTning guruhlaridagi tarbiyalanuvchilari bo‘yicha o‘rtacha oylik davomati foizi 40 foizdan kam bo‘lganda, hisobot oyi uchun xodimlarning ish haqiga subsidiya hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Ushbu Nizomga asosan 2023 yil fevral oyi uchun DXSH va oilaviy nodavlat MTTda oylikning o‘rtacha davomati 40% dan yuqori bo‘lgan va oilaviy MTT larda ish kunida tarbiyalanuvchilar soni guruhda 12 tadan ko‘p bo‘lgan xodimlar uchun davomat asosida ish xaqi hisoblanganligini ma’lum qilamiz. to‘rtinchidan, tadbirkorlar va ONMTTlar tomonidan bank rekvizitlari xato (yoki to‘liq emas) bo‘lganligi, xodimlarining bank plastik kartasi ma’lumotlarini xato kiritilganligi yoki to‘liq kiritilmasligi, shuningdek, ish xaqi uchun mo‘ljallanmagan karta ma’lumotlarining tizimga kiritilishi natijasida ushbu tadbirkorlarga subsidiya to‘lovlarini amalga oshirish imkonsizligicha qolmoqda. Eslatma: Hurmatli tadbirkorlar yuqoridagi kabi holatlarni zudlik bilan bartaraf etishingizni so‘raymiz! Aks holda subsidiya to‘lovlarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmaydi. Shuningdek, NMTTBATning mobil ilovasida maxsus “qo‘ng‘iroqcha” tasviri ostida xabarnoma menyusi orqali yuborilgan yangiliklarga va axborotlarga e’tiborli bo‘lishing
Andijon va Namangan viloyatlaridagi ayrim davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda oilaviy nodavlat MTTlar faoliyati tanlanma asosida o‘rganildi. Natijada: ba’zi davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat MTTlar tomonidan bir bolaning fotosurati bir necha marotaba nodavlat-bogcha.uz axborot tizimiga kiritilib, davomat qilib kelinayotganligi; tashkilot bitimda ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritmayotganligi; oilaviy nodavlat MTTda 48 nafar tarbiyalanuvchi davomatdan o‘tkazilgan lekin amalda 6 nafar tarbiyalanuvchining mavjudligi; bir nafar tarbiyalanuvchining fotosurati bir nechta boshqa MTTda davomatdan o‘tkazilganligi; davlat MTTining tarbiyalanuvchilarini davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat MTT tarbiyalanuvchisi sifatida davomatdan o‘tkazilganligi aniqlandi. Yuqoridagi holatlar yuzasidan yig‘ilgan barcha ma’lumotlar umumlashtirilib huquq-tartibot organlariga taqdim etilmoqda. Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan DXSH asosidagi va oilaviy nodavlat MTTlarga subsidiyalar to‘lanishi uch oyga to‘xtatildi. Hurmatli davlat-xususiy sherikligi asosida hamda oilaviy nodavlat MTTlarini tashkil etgan tadbirkorlar, bugungi kunda Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi yordamida har bir tarbiyalanuvchining shaxsini biometrik identifikasiya qilish orqali tarbiyalanuvchining o‘ziga tegishli ekanligini va bitimda ko‘rsatilgan manzilda davomat qilinganligi nazorat qilinib borilayotganligini, shuningdek, axborot tizimiga Siz tomoningizdan kiritilgan har bir ma’lumot tizim xotirasida saqlanib qolinayotganligini (keyinchalik ushbu ma’lumotlarni o‘chirib yuborganingizda ham axborot tizimi xotirasida saqlanib qolinadi) hamda bu kabi o‘rganishlar butun respublika bo‘ylab, bosqichma-bosqich davom ettirilishini, aniqlangan kamchiliklar esa o‘z navbatida huquq-tartibot organlariga qonuniy chora ko‘rilishi uchun taqdim etilishini ma’lum qilamiz. Eslatma: DXSH asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTT tomonidan bir bolaning ma’lumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati o‘rniga boshqa bola (tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilganligi va uning asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda: - mazkur tarbiyalanuvchi MTTga qatnagan barcha davri uchun to‘langan subsidiyalar summasi to‘liq Davlat byudjetiga undiriladi; - ushbu holat aniqlangan oydan boshlab uch oy davomida subsidiya to‘lovlari mazkur DXSH asosidagi MTTga hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Bunday holat ikkinchi marta aniqlanganda ushbu DXSH asosidagi MTT bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinadi va qayta tuzilmaydi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Nizomning 33-bandi.
2023-yilning 10-18 mart kunlari AQSH qishloq xo‘jaligi vazirligining “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali Maktabgacha taʼlim agentligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamshiralarining malakasini oshirish kursi o‘tkazilmoqda. Ushbu 8 kunlik treningning asosiy maqsadlari maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning o‘sishi va rivojlanishini monitoring qilish, ularning to‘g‘ri ovqatlanishi va gigiyenasi bo‘yicha hamshiralarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishidir. Trening jarayonida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish bo‘yicha hamshiralarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini darajasini oshirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Hamshiralarning malakasini oshirish kursi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur doirasida 2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 60ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshiralarining malakasini oshirish rejalashtirilgan.
"SHHT makonida ayollar: o'zaro manfaatli hamkorlik" konferensiyasi noyob platforma sifatida SHHTga a'zo davlatlarning gender tengligini ta'minlash, ayollarning huquq va imkoniyatlarini eng muhim yo'nalishlarda kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko'rish bo'yicha hamkorligini yanada rivojlantirish va tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan. Mamlakatimiz ayollarining ehtiyojlarini qondirish masalasi ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash to'g'risida qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Natijada ayollarga barcha sohalarda imtiyozlar berildi. Davlatimiz rahbari "Ayol qadri, inson qadri ulug‘langan yurtda esa, tinchlik va farovonlik, ahillik va baraka albatta barqaror bo‘ladi", deb ta'kidladi . Bu mamlakatda mamlakatimiz ayollariga katta e'tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. Ta'lim tinchlik, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning tayanchi, inson huquqlari va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning asosiy va yagona nuqtasidir. Bugungi kunda global va shiddatli innovatsion o'zgarishlar davrida ta'lim tizimi tengsizlikni bartaraf etish, insoniyat va sayyoramizning tinch, inklyuziv va barqaror kelajagiga hissa qo'shish uchun transformatsiyaga tayyor bo'lishi kerak. Barqaror rivojlanish maqsadlarining asosiy g'oyalaridan biri - (BRM-4) ta'lim tizimida bolalar, ayollar va qizlar uchun teng imkoniyatlar yaratishdir. Bugungi kunda respublika ta'lim tashkilotlarining 8 milliondan ortiq o'quvchilari va tarbiyalanuvchilarining 4 millioni (47%) -bu qizlar, 667 ming o'qituvchidan 487 ming nafari (73%) - ayollardir. Tizimda ishlaydigan ayollarning 41 foizi (15 567) yuqori lavozimlarda ishlaydi. Bu raqamlar, o'z navbatida, maktabgacha va maktab ta'limi - bu O'zbekiston Respublikasida eng ko'p ayol rahbarlarni ish bilan ta'minlaydigan tizim ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, o'tgan yil bilan taqqoslaganda, asosiy va mintaqaviy-xalqaro olimpiadalarda 97 nafar talaba-sovrindorlarning 41 yoki 42 foizi qizlarni tashkil etdi. Bu yerda men sizning e'tiboringizni bitta diqqatga sazovor tomonga qaratmoqchiman. So'nggi 5 yil ichida "maktabgacha ta'lim" yo'nalishi bo'yicha oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari 3,5 baravar oshdi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ahvolini yaxshilash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, gender tengligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar doirasida vazirlik tizimida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday qilib: 1. O'quvchi qizlarning yetakchilik va boshqa ko' nikmalarini shakllantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini, ma'naviy-axloqiy tarbiyasini, kasbiy mahoratini oshirish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tuman (shahar) larda "Qizlarjon" o'quvchi-qizlar sammitlarini tashkil etish yo'lga qo'yildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda sammitlarda 38 ming o'quvchi-qizlar qamrab olingan bo'lsa, 2022-yilda 100 ming o'quvchi-qizlar qamrab olindi. Ular tadbirkorlik, turli kasblar, to'garaklarga yo'naltirilgan va 120 nafar o'quvchi murabbiy sifatida o'qitilgan. Shuningdek, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasbga o'qitish va oilaviy hayotga tayyorlash bo'yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida ta'lim muassasalarida tashkil etilgan "Qizlarjon", "Orasta qizlar", "Mohir qo'llar" to'garaklariga 1,3 million (42%) qizlar jalb etildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Zumradoylar davrasi" to'garagi tashkil etilgan bo'lib, u yosh qizlarda Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish, ularni milliy urf-odatlar va an'analarga muvofiq tarbiyalash, ota-onalarga hurmat, xushmuomalalik bilan muloqot qilish va stolda o'zini tutish, mehmonlarni kutish, kiyinish uslubini o'rgatishni o'z ichiga oladi. 2. Iqtidorli o'quvchi qizlarning qo'llab-quvvatlashi tufayli: -olimpiadaning respublika bosqichida asosiy fan bo'yicha 34 nafar (55 %) o'quvchi-qizlar, mintaqaviy-xalqaro olimpiadalarda esa - 12 nafar (24 %) qizlar g'alaba qozondi; -2022-yilda ta'lim muassasalarini tamomlagan 206 ming o'quvchi-qizlardan 65 ming nafari (31,5%) oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilindi; Ma’lumot uchun: Umumta'lim maktablaridan 65 ming (31%) o'quvchi-qizlar oliy ta'lim muassasalariga, Prezident maktablaridan 27 ta (100%), Ijodiy maktablardan 90 ta (100%), ixtisoslashtirilgan maktablardan 57 ta (100%)o'qishga kirdilar. - 5 ta xalqaro imtihon tizimlarida (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) 2,5 mingdan ortiq o'quvchi-qizlar sertifikatlar olishdi.; Ma’lumot uchun: Umumta'lim maktablarining 2,6 ming (0,06%) o'quvchisi sertifikat oldi, Prezident maktablaridan 27 nafari (100%), ijodiy maktablardan 109 nafari (64%), ixtisoslashtirilgan maktablardan 32 nafari (56%). 3. Ta'lim muassasalari va tizim tashkilotlarida 2 980 nafar magistr-ayollar, 86 nafar fan nomzodi, 17 nafar fan doktori ta'lim beradi. - doimiy ravishda professional tanlov - "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" tanlovi o'tkaziladi. 2022-yilgi tanlovda viloyatlardan jami 70 nafar pedagog ishtirok etdi, 5 ta nominatsiya bo'yicha 15 nafar g'olib aniqlandi. Professional tanlovning respublika bosqichida faol ishtirok etgan ishtirokchilarning xohishiga ko'ra Toshkentda tashkil etilgan xalqaro Nordik universitetiga o'qishga kirish tavsiya etiladi. Tizimdagi ayol pedagog xodimlarning mehnatini rag'batlantirish, ularning jamiyatimiz oldidagi xizmatlarini oshirish maqsadida so'nggi uch yil ichida 2 102 nafar pedagog ayol davlat mukofotlari va ko'krak nishonlari bilan taqdirlandi. Hozirda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'lgan 15277 nafar ayol o'qituvchilarga 20% va 50% miqdorda qo'shimcha to'lovlar to'lanmoqda. Ayollarni yanada qo'llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi rolini oshirish maqsadida vazirlik tizimida quyidagi ish reja asosida ishlar olib borilmoqda: Birinchidan, "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida o'quvchi-qizlarning zamonaviy dasturlash yo'nalishlari bilan qamrab olinishini 30 foizga yetkazish. Ma’lumot uchun: 2020-2021-yillarda ushbu ko‘rsatkich 23,4% ni tashkil etgan. Ikkinchidan, olis va borish qiyin bo 'lgan hududlardagi 522 ta maktabda 65 mingdan ortiq o'quvchi-qizlarning oliy ta'lim muassasalariga kirishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida 10-11-sinflarda tabiiy fanlar, texnika va matematika bo'yicha variativ o'quv rejalarini joriy etish. Uchinchidan, yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishga, ularga ayollar va erkaklar tengligi haqidagi g'oyalarni singdirishga, zo'ravonlikka nisbatan qarshilik hissini shakllantirishga qaratilgan animatsion qisqa metrajli filmlar va ijtimoiy roliklarni ishlab chiqish. To‘rtinchidan, "Respublika ixtisoslashtirilgan qizlar uchun mo'ljallangan ta'lim muassasasida" tarbiyalangan qizlarda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish. Beshinchidan, inklyuzivlik sharoitida umumta'lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlarni psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash bo'yicha ishlarni tashkil etish.