Yangiliklar
Avvalroq xabar berganimizdek, joriy yilning 9-10-iyun kunlari Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish tendensiyalari: innovasiya, ta’lim, tajriba va kadrlar tayyorlash” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tayotgan ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kunida Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabhat, Adigey Davlat Universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori Burkova Lyubov Leonidovna, AQSHning Texas universiteti professori Raviprakash G.Dani, Toshkent shahridagi Puchon universiteti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi professori Hvang Eun Jin, Toshkent shahridagi Puchon universiteti “Dietologiya va nutritsologiya” kafedrasi mudiri, professori, Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Nam Viktor Veniaminovich, Xalqaro pedagogika fanlari akademiyasi akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor Kadirova Fatima Rashidovna, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univeositeti professori, siyosiy fanlar doktori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati ayollar va gender tengligi masalalari bo‘yicha qo‘mita eksperti Sultanova E’tibor Siddikovna, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin Vasilevna, Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Boboyev Farrux Ahmedjanovich, Maktabgacha ta’lim agentligi Ta’lim sifatini baholash va monitoring boshqarmasi boshlig‘i Grosheva Irina Vladimirovnalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, anjumanga 500 dan ortiq Respublikamizdan Oliy ta’lim muassasalari va pedagogika kollejlari, maktabgacha ta’lim kafedralari o‘qituvchilari; maktabgacha ta’lim boshqaruv organlari rahbarlari va mutaxassislari; maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor, metodist va pedagog kadrlari; ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar taklif qilingan. Yalpi yig‘ilishdan so‘ng shoʻbalar kesimida ma’ruzalar yetuk mutaxassislar tomonidan davom ettirildi.
BatafsilAyni damda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha taʼlim sifatini oshirish tendensiyalari: innovatsiya, taʼlim, tajriba va kadrlar tayyorlash” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo’lib o’tmoqda. Konferensiyada Amerika, Hindiston, Janubiy Koreya, Rossiyadan maktabgacha ta’lim tizimida samarali ish olib borayotgan professorlar o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishmoqda. Anjumanda 500 dan ortiq Respublikamizdan Oliy taʼlim muassasalari va pedagogika kollejlari, maktabgacha taʼlim kafedralari oʻqituvchilari; maktabgacha taʼlim boshqaruv organlari rahbarlari va mutaxassislari; maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor, metodist va pedagog kadrlari; ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar taklif qilinqan.
Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida O'zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnat muhofazasi bo'limi boshlig‘i A.Xudoynazarovning "Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mavjud o'zgarishlar va yangi normalar" mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, ma’ruza davomida eski tahrirdagi Mehnat kodeksi va yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi o'rtasidagi tafovutlar va kiritilgan yangiliklar haqida tushuncha berildi. Uchrashuv yakunida agentlik xodimlari mavzu doirasidagi o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
2023-yil 9-iyun kuni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi "Siyosiy-ma'rifat soati" namoyish etildi.
Farg‘ona viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari katta uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Bolalar yoz mavsumini sevimli ta’lim dargohlarida maroqli va mazmunli o‘tkazishlari uchun ta’lim tashkilotlaridagi xodimlar ham bor bilim va mahoratini ishga solib, o‘g‘il-qizlarga xush kayfiyat ulashmoqda. Yozyovon tumanidagi maktabgacha taьlim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish oyligida tarbiyalanuvchilar uchun tarbiyachilar tomonidan ertaklar saxnalashtirilganligi shu kuni mazkur ta’lim dargohidagi bolajonlar uchun unutilmas voqelik bo‘ldi. Ular o‘zlarining sevimli ertak qahramonlarini ustozlari, tarbiyachilari timsolida ko‘rib zavq va shavqqa to‘ldilar. Eslatib o‘tamiz, Yozyovondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish oyligi tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lib, bu bo‘yicha belgilangan barcha chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatidagi 3-7 yoshgacha boʼlgan bolalar soni 255 ming 705 nafarni tashkil etadi. Viloyatda mavjud 450 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 94 ming 131 nafar, davlat xususiy sherikchilik asosidagi 158 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 12 ming 423 nafar, 1871 ta oilaviy bogʼchalarda 49 ming 41 nafar hamda 10 ta xususiy bogʼchalarda 603 nafar 3-7 yoshdagi bolalar qamrab olingan. Umimiy hisobda viloyatda 2 ming 489 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 156 ming 198 nafar 3-7 yoshdagi bolalar tarbiyalanayotgan boʼlib, umumiy qamrov darajasi 61,1 foizni koʼrsatmoqda.
Video - Namangan viloyatining Norin tumanidagi 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida homiylar tomonidan xayrli ishga qo‘l urilib, bolajonlar ta’lim – tarbiya olayotgan maskanning qiyofasini yaxshilash, infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 30 tonna asfalt sarflanib, 415 m2 maydon asfaltlandi. 8 ta guruhga televizorlar olib berilib, tashkilotning old fasad qismi to‘liq bo‘yoqdan chiqarildi. Bu kabi amaliy ishlar ertamiz egalarining sog‘lom unib-o‘sishi va maktabgacha ta’lim tashkiloti infratuzilmasining yaxshilanishiga yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Buxoroda 62 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi Jumladan: Buxoro tumanida 5 ta (oilaviy); Vobkent tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy) G'ijduvon tumanida 10 ta (oilaviy); Jondor tumanida 6 ta (oilaviy); Kogon tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy); Olot tumanida 1 ta (DMTT) Qorako'l tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy) Peshku tumanida 12 ta (DXSH va oilaviy); Romitan tumanda 6 ta (DMTT); Shofirkon tumanida 4 ta (DXSH va oilaviy). Buning natijasida viloyatdagi 3-7 yoshli bolalarning yana 2 625 nafari qamrab olindi. Ma'lumot uchun: viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar soni 152 893 nafarni tashkil etib, shundan 121 610 nafari (79,5%) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.
BatafsilMaktabgacha ta'lim agentligida 2023-yil 6-iyun kuni agentliк direktori o'rinbosari N. X. Muslitdinovning DXSH boshqarmasi direktori Janob Takeo Koike boshchiligidagi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston Respublikasi bo'ylab maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyiha bo'yicha tayyorgarlik ishlarining borishini muhokama qildilar. Uchrashuv DXSH shaklidagi loyihalarni amalga oshirish sohasidagi milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida konstruktiv tarzda o'tkazildi. Shuningdek, qo'shma loyihani texnik va huquqiy qo'llab-quvvatlash, uni amalga oshirish mexanizmlari bo'yicha fikr almashildi, shuningdek tomonlar kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar. Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirishdi.
Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Press-turdagi 1-manzil Xiva shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. 2-manzil esa viloyatning Gurlan tumanidagi “Lolaxon-Zuhraxon” MCHJga qarashli davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida jami 1 735 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan, 363 tasi davlat, 91 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida, 7 tasi xususiy hamda 1 274 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisoblanadi. Viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar jami 153 976 nafar bo‘lib, ularning 121 311 nafari (78.3 %i) qamrab olingan. Shundan, 76 040 nafari (49.4%) davlat, 431 nafari (0,3%) xususiy, 9 545 nafari (5,3%) DXSH asosidagi, 30 967 nafari (20,0%) oilaviy MTT larda tarbiyalanmoqda. VIDEO
Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi ”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–838-son, 06.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Jumladan, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra: ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas; Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi; Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 1 oy ichida oʻtkaziladi. 838.pptx
Qayd etish lozim, oxirgi ikki yilda So‘x tumanida bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bo‘lgan qamrovi darajasi 35 foizdan 76 foizgacha ko‘rtarildi. Prezidentimizning 2020 yil 8 avgust kuni qabul qilgan 4798-sonli qarori asosida qurib bitkazilgan majmua 180 o‘ringa mo‘ljallangan. Tashkilot qo‘shma tipdagi (4 ta guruh umumiy tipdagi (120 o‘rin) va 4ta guruh aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun (60 o‘rin) mo‘ljallangan. Mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tumanning "Hazrati Ali" MFYda qurib bitkazildi va 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida foydalanishga topshirildi. Tadbirda Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, So‘x tumani hokimligi, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik hamda viloyat maktabgacha ta’lim tizimi rahbariyati ishtirok etdi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Qashqadaryoda 35 ta bog‘cha ochilib, foydalanishga topshirildi. Jumladan: -Shahrisabz shahrida 2 ta (oilaviy); -Qarshi shahrida 3 ta (oilaviy); -Gʻuzor tumanida 1 ta (DXSH); -Dehqonobod tumanida 4 ta (DMTT va oilaviy) -Qamashi tumanida 5 ta (oilaviy); -Koson tumanida 1 ta (DXSH); -Kasbi tumanida 2 ta (oilaviy); -Kitob tumanida 3 ta (DMTT); -Mirishkor tumanida 4 ta (oilaviy) -Muborak tumanida 1 ta (oilaviy); -Nishon tumanida 3 ta (DMTT va oilaviy); -Shahrisabz tumanda 3 ta (DMTT); -Ko‘kdala tumanida 3 ta (DMTT). Shunga asosan viloyatdagi 3-7 yoshli bolalarning 1850 nafari qamrab olindi. Viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar soni 308 364 nafarni tashkil etib, shundan 164 563 nafari (54,6%) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.
Bugun Toshkent viloyati, Toshkent tumani “Xasanboy” MFY hududida 560 o‘rinli 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Tashkilotning ochilish marosimiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev ishtirok etishdi. Ta’kidlash joizki, 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bolalar va mahalla aholisi uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida innovtasion ta’lim metodlarining faoliyati jarayonga tadbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, robototexnika, “STEAM” ta’lim, ta’lim laboratoriyasi (o‘qitish metodikasi, bolalar psixologiyasi, ikkinchi til o‘qituvchilarini tayyorlash yo‘nalishlarida), nazariy va amaliy dual ta’lim yo‘nalishlari shular jumlasidandir. Shuningdek tashkilotda shaxmat-shashka to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi. Tashkilotda rekonstruksiya ishlari boshlangunga qadar 8 ta guruh va 43 nafar xodimlar faoliyat yuritishgan bo‘lsa, bugungi kunda tashkilotning yangi binosida 16 ta guruh hamda 72 nafar xodimlarning faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Toshkent viloyati, Toshkent tumanida jami 97 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shundan, 37 ta davlat, 20 ta xususiy, 40 ta oilaviy-nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.
Kuni-kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori missiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi S.Sizov Xiva shahridagi 350 quvvatga ega 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'lib, MTTdagi ta’lim-tarbiya jarayoni va tarbiyalanuvchilarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Xiva shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti buyuk matematik, olim Muhammad Al-Xorazmiy nomiga atalgan bo‘lib, u yerda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarning barchasi matematika fanini mukammalroq o‘rganishi uchun rejaviy mashg‘ulotlar olib boriladi, shunungdek, turli xil rivojlantiruvchi to‘garaklar mavjud. MTTda hozirgi kunda 14 ta guruh faoliyat olib borib, jami 65 nafar xodim ish yuritmoqda. Shulardan pedagog xodimlar soni 28 nafarni tashkil etadi.
BatafsilDunyo bolalarini 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin qalbdan tabriklayman. Bolalik - eng go‘zal davr. Umrimizning yorqin xotiralari bolalik bilan bog‘liq. Hayotimiz ma’nosi farzandlarimizning kulgusida aks etadi, ular bor ekan biz harakatdan to‘xtamaymiz. Yangi O‘zbekiston aziz bolajonlari, sizlarga uzoq umr, salomatlik tilayman. Kelajakda yetuk va barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishingizga yurtimizda barcha sharoitlar yaratilmoqda. Sizlarni bilimdon, odobli qilib tarbiyalash bizning eng katta maqsadimiz ekanligidan faxrlanaman. Musaffo osmon xamisha baxtli bolalik davomchisi bo‘lsin. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari -Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin
FOTOREPORTAJ- https://mpe.uz/post-detail/posts/photo-gallery/2496 Press-tur ikkita manzilda bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri Xiva shahridagi 350 quvvatga mo‘ljallangan 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bo‘lib, u yerda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarning barchasi matematika fanini mukammalroq o‘rganishi uchun rejaviy mashg‘ulotlardan tashqari fanga yo‘naltirilgan to‘garaklarga jalb etilgan. Bundan tashqari, tashkilotda ingliz tili, mental arifmetika, gimnastika, raqs, karate, kurash kabi to‘garaklar mavjud. Bugungi kunda tashkilot to‘la quvvat bilan ishlamoqda. Tashkilotning qurilish-taʼmirlash ishlariga 7mlrd. 350 mln so‘m ajratilib, 2021-yilda foydalanishga topshirilgan. Maʼlumot uchun, hozirda Xiva shahrida jami 88 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Ikkinchi manzil Gurlan tuman “Gulshan” MFY hududida joylashgan «Lolaxon-Zuhraxon» MCHJga qarashli davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti bo‘ldi. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotiga 120 nafar tarbiyalanuvchilarni qamrab olish orqali Gurlan tumanining maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi 87,4 foizdan 88,4 foizga (1 %) oshirildi hamda 20 nafardan ortiq yangi ish o‘rin yaratildi. Bugungi kunda Gurlan tumanida 3-7 yoshdagi bolalar soni 11 862 nafarni tashkil qilib, shundan 10 373 nafar bolalar (87,4 %) 38 ta davlat, 171 ta oilaviy va 4 ta DXSH asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan. Eslatma! Bugungi knda Xorazm viloyatida jami 1 735 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan, 363 tasi davlat, 91 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida, 7 tasi xususiy hamda 1 274 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisoblanadi. Viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar jami 153 976 nafar bo‘lib, ularning 121 311 nafari (78.3 %i) qamrab olingan. Shundan, 76 040 nafari (49.4%) davlat, 431 nafari (0,3%) xususiy, 9 545 nafari (5,3%) DXSH asosidagi, 30 967 nafari (20,0%) oilaviy MTT larda tarbiyalanmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bugungi kunda 8 913 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib boradi.
FOTOREPORTAJ - https://mpe.uz/post-detail/posts/photo-gallery/2495 Mazkur velomarafon uchinchisi bo‘lib, ungacha Toshkent hamda Samarqand shaharlarida 1- va 2-loyihalari bo‘lib o‘tgan edi. 2021-yil 1-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan velomarafonning 1-loyihasida 13 ta pilot davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 400 ta begovel bilan taʼminlangan. 2022-yilda 31-may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 2-loyihada 20 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tanlab olinib, ularga 500 ta begovel taqdim etilgan. 2023-yil 31-may kuni Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan 3-loyihada esa Xiva shahridagi 18 ta pilot davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga jami 500 ta begovel topshirildi. Marafon so‘ngida ishtirokchi bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun ko‘ngilochar dastur, tanlov va o‘yinlar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Velosport federatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan bu turdagi musobaqalardan ko‘zlangan maqsad atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirishdir. Shuningdek, ushbu sport harakatlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarziga o‘rganish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish targ‘ib qilinmoqda. Maʼlumot uchun, ushbu loyihalar 3 yil beri doimiy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.
Maktabgacha ta'lim agentligida Maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V. Shin va Jahon bankining Janob Xiroshi Saeki boshchiligidagi missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda tomonlar "O'zbekistonda bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" qo'shma loyihasini amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar. Janob Xiroshi Saeki loyihani amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni yuqori baholadi va ushbu loyiha mintaqada eng muvaffaqiyatli amalga oshirilganlardan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, ushbu loyiha ko'plab mamlakatlarning e'tiborini jalb qilgani, xususan, Ozarbayjon o'z mamlakatida shunga o'xshash loyihani amalga oshirishdan manfaatdor ekanligi, Tojikiston delegatsiyasi esa o'rta muddatli istiqbolda loyihamiz bilan amaliy tanishish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani ta'kidlandi. Shu bilan birga, chet el tomoni Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatini Jahon banki jamoasi O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'limini rivojlantirishga qaratilgan yangi istiqbolli loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda birgalikda konstruktiv ishlarni davom ettirish niyatida ekanligiga ishontirdi. Muzokaralar yakunida tomonlar ushbu uchrashuv tashkil etilgani va o'tkazilgani uchun bir-birlariga minnatdorchilik bildirib, samarali hamkorlikni davom ettirishga o'zaro qiziqishlarini ma'lum qildilar.
Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari -Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanining bir qator yoshlari bilan uchrashgan edi. Agentlikka biriktirilgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida har bir yosh bilan alohida muammoli vaziyatlar o‘rganildi. Yoshlar bilan uchrashuvdan so‘ng, ushbu yoshlar bilan bog‘liq muammolarni tizimli bartaraf etish maqsadida O‘rtachirchiq tumani ichki ishlar organlari rahbari A.Sultonov hamda tuman hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari B.Hasanbayev, mahalla raislari bilan hamkorlikdagi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida har bir yosh bilan muammoli vaziyatlarni samarali hal qilish maqsadida toifalangan tartibda ishlashga kelishib olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “28-MTTdan yozyapmiz. Dekabrdan fevral oyigacha maoshsiz ishladik. Fevralda oylik chiqarib beraman deb berishmadi. Mutasaddilar holatga e’tibor qaratsa minnatdor bo‘lar edik” mazmundagi murojaat tarqaldi. Ushbu murojaatda faqat MTTning raqami yozilib, uning qaysi hududda ekanligi keltirilmagan. Shu munosabat bilan ushbu murojaatni o‘rganishning imkoni bo‘lmadi. Ijtimoiy tarmoq faollaridan, e’lon qilinayotgan murojaatni to‘liq manzil bilan ko‘rsatishlari so‘raladi, to‘liq manzil bilan ko‘rsatilgan murojaatlar albatta o‘rganib chiqilib, murojaatdagi muammoning bartaraf etish choralari ko‘riladi. Ma’lumot uchun, bugungi kun holatida, butun respublika bo‘ylab 30 mingga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.
Bugun “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida "Xayr bog‘cha - salom maktab!” nomli musiqiy tadbir tashkil etildi. Toshkent shahri boshlab bergan ushbu tadbir keyingi yildan butun Respublikamiz bo‘ylab har yili o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Maqsad: * taʼlim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini taʼminlash; * maktabgacha va maktab taʼlimi integratsiyasini yo‘lga qo‘yish; * ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini jonlantirish hamda bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash. Ko'rgazmali chiqishlar Toshkent shahar DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etildi. Hozirda yurtimizda 30 mingga yaqin MTT faoliyat yuritib, ularda 2 mln. nafardan ortiq o‘g‘il-qiz taʼlim olmoqda. Shundan jami 563 331 nafari 2022/2023 - o‘quv yilida bog‘chani tamomlaydi. Respublikamiz umumtaʼlim maktablarida 2023/2024 - o‘quv yili uchun 1-sinfiga 732 960 nafar bola qabul qilinishi rejalashtirilgan.
BatafsilDASTUR.pdf
”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–838-son, 06.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Jumladan, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra: ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas; Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi; Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 1 oy ichida oʻtkaziladi. Тарғибот материали.pptx
Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayrim vakillari tomonidan (NMTTBAT) Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida onlayn davomat qilish uchun yangi joriy etilgan mobil ilovasining 22-tahriri orqali davomat qilolmayotganligi yuzasidan murojaatlar tarqalmoqda. Ma’lumot uchun, 2022-yilning boshida Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirda Maktabgacha ta’lim agentligi) hamda tegishli mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari shuningdek, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning foydalanish holatlari o‘rganilgan. Natijada ayrim tadbirkorlar tomonidan ularga ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hajmini sun’iy ravishda oshirish maqsadida qog‘oz shaklida taqdim etilgan hisobotlarda ma’lumotlarni soxtalashtirib, maktabgacha ta’lim tashkilotida haqiqatda mavjud bo‘lmagan tarbiyalanuvchilar va xodimlarni ko‘rsatish, ular davomati kunlari sonini qo‘shish holatlari aniqlangan. Ushbu holatlarni bartaraf etish hamda subsidiya va kompensasiyalarni ajratish jarayonini shaffofligini ta’minlash maqsadida tarbiyalanuvchilar va xodimlar davomatini elektron tizimga o‘tkazish rejalashtirilib, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT) va uning mobil ilovasi ishlab chiqilib, ushbu tizim davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanish, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish hamda subsidiya va kompensasiyalarni ajratish jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson omilini keskin kamaytirish va korrupsion holatlarni oldini olishga xizmat qilmoqda. Hammamizga ma’lumki, dunyodagi barcha axborot tizimlar va mobil ilovalar ularni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi. Misol uchun, bugungi kunda smartfonlarda foydalanilayotgan dasturiy ta’minotlar (“Android” yoki “IOS”) hamda mobil ilovalarning (Telegram, Instagram, Facebook va boshqalar) yangi taxriri (versiyasi) telefon qurilmalariga muntazam yetkazib beriladi. Shular kabi NMTTBAT va uning mobil ilovasida ham, joriy etilganidan buyon doimo takomillashtirilib, qo‘shimcha funksiyalar va imkoniyatlar kiritilib borilmoqda. Misol uchun, NMTTBATning mobil ilovasining yangi 22-tahririda ota-onalar badali to‘lovi uchun fiskal belgiga ega elektron chekni shakllantirish va bu to‘lov qabul qilinganligi to‘g‘risida tarbiyalanuvchi ota-onasining mobil telefon raqamiga xabarnoma jo‘natish, xodimlarning plastik kartalariga ish xaqini o‘tkazish jarayoni holatini aniqlash, tarbiyalanuvchi fotosurati haqqoniyligi tasdiqlash, elektron yo‘qlama qilingan bolalar va xodimlarning sun’iy intellekt yordamida haqiqiyligini tasdiqlash kabi imkoniyatlar va funksiyalar kiritilgan. Bu ilovaning boshqa ilovalardan eng katta farqi shundan iboratki, bolalar va xodimlar davomatining elektron yo‘qlamasi sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, odamning yuzidan emas, balki foto va video orqali amalga oshirilgan yo‘qlamalar avtomatik tarzda aniqlanadi va ular soxtaligi sababli NMTTBAT tomonidan hisobga olinmaydi. Shuningdek, sun’iy intellektning yo‘qlamalar natijasi bo‘yicha xulosalari bir ish kuni mobaynida foydalanuvchilarga mobil ilova orqali uzatib boriladi. Keling endi NMTTBAT mobil ilovasining yangi 22-tahriri foydalanishga joriy etilgandan buyon sun’iy intellekt tomonidan o‘tgan 4 ish kuni davomida qilingan yo‘qlamalar bo‘yicha xulosalarning statistikasiga nazar tashlasak. Demak: 16-may kuni yo‘qlama qilingan 235,5 ming nafar tarbiyalanuvchilardan 74,5 ming nafari (31,6 foizi), 17-may kuni 333,7 ming nafar tarbiyalanuvchilardan 69,7 ming nafari (20,9 foizi), 18-may kuni yo‘qlama qilingan 355,4 ming nafar tarbiyalanuvchidan 44,5 ming (12,5 foizi), 19-may kuni 361,2 ming nafar tarbiyalanuvchidan 30 ming nafari (8,3 foizi) bo‘yicha yo‘qlamalar soxtalashtirilib, foto surati va video roliklardan foydalanilgan holda amalga oshirilgan. Aniqlangan holat bo‘yicha lavhalardan o‘zingiz guvoh bo‘ling: Yuqoridagi raqamlarni umumlashtirib hisoblasak faqatgina 4 kun davomida davlat byudjetining 3 mlrd.so‘mga yaqin subsidiya mablag‘lari maqsadsiz sarflanishini oldi olinganligining guvohi bo‘lamiz. Hurmatli tadbirkorlar, NMTTBAT foydalanuvchilari!!! Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanish masalalarida mas’uliyat bilan yondoshishingizni iltimos qilib qolamiz. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim agentligi, axborot tizimidan to‘g‘ri foydalanib, maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishida munosib hissasini qo‘shib kelayotgan halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Agentlik, ushbu axborot tizimi va uning mobil ilovasi bosqichma-bosqich takomillashtirilib borish ishlari davom ettirilishini ma’lum qiladi. Yuzaga keladigan barcha savollaringiz bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi telefon raqamlari va telegramm kanallariga biriktirilgan bot orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz. Har bir savolingiz biz uchun muhim. Savol va murojaatlar bilan bog‘lanish aloqalari: (+998 71) 207 04 07 (+998 99) 250-84-84 https://t.me/help_nmttbat https://t.me/nmttbat_chat
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta’minlash, sog‘lom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, joriy yilning 17-19 may kunlari Maktabgacha ta’lim agentligi studiyasida respublikamizdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishga mas’ul bo‘lgan viloyat, tuman (shahar) shoʻba mudirlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi 9 mingga yaqin xamshira va oshpazlar, omborxona mudirlariga malakali texnologlar tomonidan interaktiv usullardan foydalangan holda ochiq muloqot, savol-javob shaklida seminar-treninglar tashkil etildi. Seminar-treningda “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” 0016-21-son SanQvaM hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etish uchun “Aqlvoy-oshpaz” bolalar taomlari kitobining yuritilishi va yagona mavsumiy taomnoma asosida ovqat tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berildi.
Kuni-kecha Shofirkon tumanidagi 4-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "2022—2026-yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan "Xavfsiz va ravon yo‘l" umummilliy Dasturi"ga bag‘ishlangan "Diqqat yo'lovchi diqqat bolalar" mavzusida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda tumandagi barcha davlat MTTlarning direktorlari ishtirok etdilar. Ma'lumot o‘rnida, "Xavfsiz va ravon yo‘l" umummilliy Dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2022-yil 12-iyundagi PQ-316-son Qarori bilan tasdiqlangan.
Kuni-kecha Farg'ona viloyati So'x tumanida Maktabgacha ta'lim agentligi xodimlari va Farg'ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya mutaxassislari ishtirokida bolalarni So'x tumanidagi 4-sonli qo'shma turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga yo'naltirish bo'yicha ishlar olib borildi. Ushbu qo'shma turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 2023-yilda yangi zamonaviy binoda tashkil etilib, 10 ta guruhga mo'ljallangan, shundan 4 ta guruh alohida ta’limga ehtiyoji bo'lgan bolalarni qabul qilishga yo'naltirilgan. Mutaxassislar tomonidan rivojlanishdagi o'ziga xos xususiyatlarini va maxsus ta'lim sharoitlariga bo'lgan ehtiyojni o'z vaqtida aniqlash maqsadida 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida tekshiruv o'tkazildi. Shuningdek, so'rov natijalariga ko'ra bolalarga tibbiy, psixologik va pedagogik yordam ko'rsatish bo'yicha tavsiyalar tayyorlandi. Maxsus ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalarning ota-onalari va pedagoglariga ularning o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha konsultativ yordam ko'rsatildi. Eslatib o'tamiz: Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi inklyuziv guruhlar tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 391-sonli qarori 3-ilovasida belgilab berilgan.