Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro forumda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktori nutq so'zladi

Joriy yilning 24 avgust kuni Puchon shahrida "Puchon universiteti - O'zbekiston bilan o'zaro hamkorlikni kengaytirish hamda birgalikda yuksalish uchun salohiyatni mustahkamlash boʻyicha Global forum” o'tkazildi. Tadbirda 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, gubernatorlar hamda mahalliy hokimlar ishtirok etdi. Forumda Puchon universiteti prezidenti Xan Chon Sok, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin , Kyongido provinsiyasining 1-vitse-gubernatori – O Byon Gvon, Puchon shahri meri - Song Je Xvan, Chaseng tibbiyot fondi raisi -Shin Min Sik  tabrik so'zlari bilan chiqish qildilar. A.Shin o‘z nutqida so‘nggi 6 yil davomida maktabgacha ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar haqida so'zladi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining bu boradagi muvaffaqiyatli hamkorligiga aniq misollar keltirdi. Shu bilan birga, Agentlik direktori forum ishtirokchilariga Toshkent shahridagi Puchon universiteti innovatsion tipdagi universitetga aylangani va kadrlar, ilmiy-uslubiy va axborot-texnologiya vositalari orqali pedagoglar ta’limi milliy tizimini rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan faoliyati haqida ma’lumot berdi.  A.Shin o‘z nutqida, shuningdek, 2022-yil 14-16-noyabrda Toshkent shahrida “Kichik yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish bo‘yicha ikkinchi jahon konferensiyasi” bo‘lib o‘tganligi, uning maqsadi barcha bolalarning ta'lim olishga bo'lgan huquqlarini tasdiqlash, kichik yoshdagi bolalarga sifatli ta'lim va tarbiya berish, shuningdek, uni uzluksiz ta'lim va rivojlanishning muhim asosi sifatida e'tirof etish, kichik bolalar bilan bog'liq Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda a'zo mamlakatlarning yutuqlarini baholash, ilg'or tajriba va innovatsiyalar almashinuvi, ustuvor vazifalar va strategiyalarni aniqlash,  erta bolalik ta'limiga investitsiyalarni ko'paytirishdan iborat ekanligini ta’kidladi. O‘z so‘zini yakunlar ekan, A.Shin ikki davlatning muvaffaqiyatli kelajagi faqat strategik sheriklik va ittifoq ruhidagi  yaqin hamkorlik asosida bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Ta’limning ilk bo‘g‘ini - maktabgacha ta’lim

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib, bolaning sog‘lom va mustaqil fikrini shakllantirish, qobiliyatini ro‘yobga chiqarish hamda bilim olishga intilishini rivojlantirish kabi maqsadlar yo‘lida ish olib boradi.  Mamlakatimizda 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017-yilda qamrov 27,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yili 37,7 foiz, 2019-yili 52,3 foiz, 2020-yili 60,9 foiz, 2021-yili 67,2 foiz, 2022-yili 69,9 foizni, 2023-yilning bugungi kun holatida 72 foizga yetganini ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda. Shu o‘rinda, 2017-yilda mamlakatimizda 5 ming 211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 30 ming 792 taga yetgani quvonarli holdir.

Maktabgacha ta'lim agentligi
JANUBIY KOREYANING PUCHON UNIVERSITETIGA TASHRIF

       A.Shin boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Janubiy Koreyaga tashrifining 3-kunida Puchon universitetida bo'ldilar.         Puchon universitetiga 1958-yil Xan Hang Gil tomonidan texnika maktabi sifatida asos solingan. Hozirgi kunda universitet hududida ikkita kampus joylashgan: asosiy bino va Koka kampusi. Universitet prorektorlari delegatsiyani 3 ta - Kosmetologik parvarish va dizayn, Aviatsiya xizmati, Sog'lom ovqatlantirish yo'nalishlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar. Har bir yo'nalish bo'yicha o'quv jihozlari mukammal ta'minlangan bo'lib, talabalar amaliyotda sinab ko'rishlari uchun mo'ljallangan.         Tomonlar bilan muloqot davomida kelgusida Toshkent shahridagi Puchon universitetining filialida  Kosmetologiya va Sog'lom ovqatlantirish fakultetlarini ochish rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi.       Ma'lumot uchun, Toshkent shahridagi Puchon universitetida talabalar Maktabgacha ta’lim, Arxitektura, Koreys tili va menejment, Dietologiya va nutritsiologiya, Axborot texnologiyalari, Elektron biznes, Multimedia va o’yin kontenti yo'nalishlari bo'yicha tahsil olmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
YANGI O‘QUV YILIDA BUXORODAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA BOLALAR QAMROVI 85 FOIZGA YETKAZILADI

Ayni paytda viloyatda 1 912 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularning 484 tasi davlat, 98 ta davlat xususiy sheriklik, 21 ta xususiy, 1 309 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida faoliyat olib bormoqda. 2023-yilning birinchi yarim yilligida 4 ta davlat xususiy sheriklik, 2 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va 6 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish hisobidan 5 633 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olinib, qamrov ko‘rsatkichi 82,2 foizga yetkazildi. Tarbiyalanuvchilarning 78 808 nafari davlat, 46 867 nafari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilingan. Shuningdek, viloyat bo‘yicha 6 yoshli bolalar soni 38 122 nafarni tashkil qilib, shundan 35 281 nafari (92,5 foiz) maktabgacha ta’limga qamrab olingan.  2023-yil yakuniga qadar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichini 85 foizga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu borada, Gʻijduvon tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 180 o‘rinli 1 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish, shuningdek, 5 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish,700 o‘rinli 7 ta Davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 5 600 o‘rinli 160 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etish hamda hududlardagi qamrab olinmagan 6 yoshli 4 883 nafar bolalarni quvvatidan past ishlayotgan guruhlar hamda 32 ta yangi bir yillik majburiy bepul tayyorlov guruhlar tashkil etish rejalashtirilgan. 2023 yilda Investisiya dasturlari doirasida jami 22,5 mlrd.so‘m mablag‘ hisobiga 7 ta (2 ta yangi qurilish, 4 ta rekonstruksiya, 1 ta mukammal) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ob’yektlarda to‘liq qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlansa, 700 dan ortiq 3-7 yoshli maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni qamrab olishga erishiladi. Manba: https://telegra.ph/bvmmtbuz-08-21 

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyada

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim agentligidan iborat delegatsiya bolalar bogʻchalarini amaliy oʻrganish uchun Janubiy Koreya Respublikasiga keldi. Delegatsiya a’zolari “Prime Chonoa” va “Xonul” xususiy bog‘lariga o’rganish uchrashuvlarini uyushtirdilar. Tashrif davomida mazkur tashkilot asoschisi janob Kang Vang Shik delegatsiyani ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi, xususan bog'chadagi ta'lim jarayonlari, litsenziyalash faoliyati va  davlat tomonidan moliyalashtirish mexanizmi haqida ma’lumot berildi, xamda delegatsiya a’zolari tomonidan sog'lom ovqatlanishni tashkil etish va oziq-ovqat bloklarini texnik jihozlashga alohida qiziqish bildirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
QUYOSH PANELLARI – ENERGIYANING ZAMONAVIY MANBAI

Agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlarida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari qanday kechmoqda? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xonqa pedagogika kolleji byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan umumiy quvvati 30 kVt bo‘lgan quyosh panellari sotib olinib o‘rnatildi. O‘rnatilgan quyosh panellaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi kollej ehtiyojlarini (iste’molini) to‘liq qo'plab, ortgan elektr energiyasi har oy davomida yagona elektr energetika tizimiga uzatilib  iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmining hisobi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ billing tizimida yuritilib, har oy yakuni bilan tarmoqqa uzatilgan va iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi o‘rtasidagi tafovutga asosan o‘zaro hisob-kitob qilinib kelinmoqda. Ana shunday ishlarning davomi sifatida Namangan pedagogika kollejida ham quyosh paneli o‘rnatilib jami 30 kVt li Yashil enegiya ishga tushirildi. Bugungi kunda agentlik tasarrufidagi 32 ta pedagogika kollejlari quyosh panellari 4 tasida quyosh suv isitkichlari o‘rnatilgan. Yil yakuniga qadar yana 12 ta pedagogika kollejlarida quyosh panellari va quyosh suv isitgichlari o‘rnatish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish avvalo, energetik va ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda elektr energiyasi ehtiyojlarini to‘liq yaxshilashga imkon beradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda

Mamlakatimizda 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017-yilda qamrov 27,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yili 37,7 foiz, 2019-yili 52,3 foiz, 2020-yili 60,9 foiz, 2021-yili 67,2 foiz, 2022-yili 69,9 foizni, 2023-yilning bugungi kun holatida 72 foizga yetganini ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda. Shu o‘rinda, 2017-yilda mamlakatimizda 5 ming 211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 30 ming 792 taga yetgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv

Maktabgacha ta’lim agentligida AQSH qishloq xo‘jaligi agentligining “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.   Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.V. Shin “Mercy Corps”ning O'zbekistondagi vakillari bilan mazkur dasturni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.   Suhbat davomida vakillar bugungi kunga qadar loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sanitariya-gigiyena obyektlari infratuzilmasi, suv ta’minoti yaxshilandi,  suv filtrlash uskunalari o‘rnatildi. Kelgusida, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yana 234 ta DMTTda ta’mirlash ishlari rejalashtirilgani ma’lum qilindi.    AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligining 160 ta DMTTni oziq-ovqat bilan ta'minlash komponenti doirasida mamlakatga 20 tonna kungaboqar yog'i, 80 tonna bug'doy uni, 40 tonna no'xatdan iborat gumanitar yuk keladi.   Shunigdek, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari, shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oshpazlar tayyorlash markazini ochish va belgilangan muddatlarda zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi. Eslatib o‘tamiz, “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” ni amalga oshirish bo‘yicha memorandum 2021-yil 27-iyulda imzolangan. 

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
PROFESSIONAL FAOLIYATGA ILK QADAMLAR

Kuni kecha Toshkent shahridagi Puchon universitetida bakalavriat yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil talabalar universitetni "Maktabgacha ta’lim" (141 nafar), "Menejment va koreys tili" (85 nafar), "Arxitektura" (86 nafar) yo'nalishlari bo'yicha muvaffaqiyatli tamomladilar. Bitiruvchilarni tabriklash uchun tadbirga ko‘plab oliy martabali mehmonlar - Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Xi Sang,  elchixonaning ta'lim bo'yicha birinchi kotibi Pek Seung Xi, Toshkentdagi Sejong instituti direktori Xo Song Xyun, Maktabgacha taʼlim agentligi direktori  Agrippina Shin, direktorning birinchi o'rinbosari Farruh Boboyev hamda o'rinbosar Oyatillo Rahmatillayev,  Koreya madaniyat markazlari uyushmasi raisi, Oliy Majlis deputati Viktor Pak, A. I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori Sergey Barchenko tashrif buyurishdi. Tantanavor va ko'tarinki ruhda o'tgan marosimda mehmonlar o'zlarining hayotiy va kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, O‘zbekiston Respublikasining jahon miqyosida rivojlanish istiqbollari haqida so'z yuritdilar.   Iqtidorli talabalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim tizimini raqamlashtirish

Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan sohani raqamlashtirish, elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish bo‘yicha muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda. Xususan, MTT tashkilotlarini yagona bazasini hamda MTTlarining dastlabki ma’lumotlari (quvvati, hududi, bino, inshootlar maydoni va h.k) o‘z ichiga olgan MTT pasporti moduli ishlab chiqilib, barcha ma’lumotlarni elektron tarzda shakllantirish ishlari boshlandi. MTTlarida “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida tarbiyalanuvchilar davomatidan kelib chiqib oziq-ovqat xarajatlarini elektron tarzda hisoblash amaliyotga tatbiq etildi. Bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini elektron hisobga olish tizimini joriy etilib, to‘lovlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatning (chek, hisob-faktura) to‘lovchiga taqdim etish moduli ishlab chiqildi. MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatdan o‘tgan tasvirlari sun’iy intellektning “deep learning inference” (chuqur o‘rganish) metodi orqali haqiqiylikka tekshirish yo‘lga qo‘yildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 426-son qarori asosida, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab DXSh asosida faoliyat yuritayotgan MTTlarida, shu jumladan, oilaviy nodavlat MTTlarida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqilishi belgilandi.Bunda, xodim va tarbiyalanuvchilarning davomati shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali mobil ilova yordamida yuritiladi. NMTTBAT Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib har oy avtomatik ravishda hisoblab chiqadi va ularni moliyalashtirish uchun elektron toʻlov hujjatlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlariga joʻnatadi. Subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari avtomatik ravishda hisoblanishi natijasida tadbirkorlar tomonidan har oy buyurtma hisobotlari topshirishdagi byurokratik ovoragarchiliklar va qogʻozbozlik yoʻqoldi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagoglar salohiyatini oshirish ustuvor maqsadimiz

Maktabgacha ta'lim agentligi tomonidan pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, xususan, ularning jamiyatdagi mavqelarini mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilda, 14742 nafar rahbar va pedagog kadrlarning, shundan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 14 139 nafar, pedagogika kollejlarining 603 nafar pedagog kadrlarining malakasini oshirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda o‘quv dasturlarini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 14 mingdan ziyod xodimlarini (40 soatga mo‘ljallangan) qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasida jahon banki bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilingan holda ishlab chiqilgan 40 soatga mo‘ljallangan muddatli malaka oshirish bo‘yicha pedagoglarni o‘qitilishi 2023 yil avgust-noyabr oylarida uch bosqichda o‘qitish orqali 14 ming pedagoglarni malakasini oshirishga erishiladi. 2019-yildan boshlab Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi 14-19 avgust kunlari tuman/shahar miqyosida o‘tkazilmoqda. Respublika bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining «Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarning sifatini oshirishga qaratilgan hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlar va pedagogika kollejlari mutaxassislariga o‘quv-metodik va didaktik materiallardan foydalanish mavzusida amaliy-seminarlar tashkil etildi. Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar, o‘quv kurslari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent shahridagi Puchon universitetida, YUNISЕF va Jahon banki bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTTga moslashuv: ko‘z yoshlarni quvonchga tezroq aylantirish uchun tavsiyalar

       MTT ga moslashuv davri jajji bolalar uchun jiddiy sinovdir: tanish oilaviy muhitdan u o'zi uchun yangi sharoitga o’tadi, bu muqarrar ravishda bolaning xatti-harakatlarining o'zgarishiga, uyqu va ishtahaning buzilishiga olib keladi. Bolaning 1-3 yoshlik payti onadan ajralishga yuqori sezuvchanlik va yangi narsaga qo‘rquv bilan tavsiflanadi. Shuning uchun, MTT ga moslashuvni imkon qadar osonlashtirish va yumshatish uchun mutaxassis va tajribali onaning maslahatlarini e’tiboringizga havola etamiz.          Nilufar Djumayeva, Navoiy shahar 26-DMTT psixologi: Bolani MTTga moslashuvini yaxshilashda avvalambor MTTdagi muhit katta rol o‘ynaydi. Aksariyat bolalar uchun bog‘chaga borish ular hayotidagi ilk murakkab stress bo'lishi mumkin. Moslashuv jarayoni ma’lum vaqt davom etadi:ba’zi bolalar bog‘chaga tez ko‘nikadilar, ayrimlariga ozroq muddat talab qilinadi. Bolani MTT ga qabul qilish bilan uning hayotida ko‘plab o‘zgarishlar yuz beradi: qat’iy kun tartibi, ota-onalarning MTTda bo’lmasligi, xulq-atvorga yangi talablar, yangi xona, tengdoshlar bilan doimiy aloqa. Bu o‘zgarishlarning barchasi bir vaqtning o‘zida bola bilan yuz beradi va shuning uchun stressli vaziyatni yaratadi. Masalan:injiqlik, qo‘rquv, ovqatdan bosh tortish, uyga talpinish. Bolaning moslashuvi 7 kun, 10 kun 1 oy,1 yilgacha davom etadi. Bola moslashuvida asosan ota-ona va tarbiyachi rol o‘ynaydi. Bola kelganda birinchi navbatda tarbiyachiing mehribonligi, samimiyligi, xushmuomalaligi,  erkalashi bilan bolani o‘ziga jalb eta olishi uning tez moslashuviga yordamlashadi. Shuningdek, moslashuvning davomiyligi bolaning rivojlanish darajasiga ham bog‘liq, agar bola bilan uyda tizimli ravishda ota-ona, yaqinlari shug‘ullangan bo‘lsa, muloqotga kirishimli va mustaqil bo‘lsa (o‘zi mustaqil hojatga chiqa olishi, qoshiq ushlay olishi, so‘rg‘ichdan ajralgan bo‘lishi, kiyimlarini yechib-kiyishi) guruhdagilar bilan tezda aloqa o‘rnatadi, mazmunli o‘yinlar bilan o‘zini tuta oladi, faol bo‘ladi va tez moslashadi.          Elnora Akramova, ona: Ikkita farzandimda bog‘chaga moslashuv har xil kechgan. Katta o‘g‘lim uyda yagona nabira bo‘lgani uchun hamma e’tibor unda bo‘lgan. Ko‘chada kam o‘ynardi shuning uchun bolalar bilan ham chiqishmasdi, o‘yinchoqlarni bo‘lishib o‘ynash “fojia” edi (kuladi). Shuning uchun bog‘chaga borish unga yoqmadi, axir uyida hamma narsa muhayyo bo‘lsa, istaganini qilsa albatta uy yaxshi edi-da! 1 oy davomida ko‘z yoshlar, janjal-to‘polon bilan olib bordik. Keyin malakali tarbiyachilar ancha o‘rgatib olishdi, har kuni ming “hiyla” bilan olib qolishar edi. Kichik o‘g‘limda esa chiqargan sabog‘imdan foydalanib, bog‘cha yoshigacha uni ancha mustaqil qildim, tengdoshlari bilan ko‘chada o‘ynatdim, erkaliklarini birin-ketin tartibga soldim. Natijada, MTTga jon deb bordi, hatto MTT bilan tanishuvga olib borganimda qolaman deb yig‘lagan. Shulardan kelib chiqib ayta olamanki, MTTga bolani moslashuvida ota-ona va tarbiyachining roli 50 ga 50 bo‘lishi kerak.          Moxira Beknazarova, Sirdaryo viloyati 11-sonli DMTT metodisti: Ota-onalarga bolani MTT ga moslashuv davrida amal qilish lozim bo‘lgan tavsiyalarimni berib o‘taman:           Uydagi kun tartibini MTT guruhi rejimiga moslashtiring;          MTTga borish arafasida asabiylashmaslikka, xavotiringizni ko'rsatmaslikka harakat qiling;          MTTning menyusi bilan tanishing va uyda bolaning ratsioniga yangi taomlarni kiriting;          Iloji boricha, bolani mustaqil bo'lishga o'rgating;                 Bolaning oldida MTT xodimlarini tanqid qilmang, nimadir sizni qoniqtirmayotgan bo‘lsa, alohida gaplashib oling;          Dam olish kunlarida farzandingizning kun tartibini keskin o‘zgartirmang;          Farzandingizda biror yomon odat bo'lsa, uni aynan moslashuv davrida bartaraf etishga urinmang, bu bolani battar injiq qilib qo’yadi;          Bir muddat televizor ko'rishini kamaytiring;          Bolani emotsional jihatdan qo'llab-quvvatlang: maqtang, arzimagan yordamini ham katta qilib ko‘rsating;          Jazolamang, ayniqsa, bolani bog’cha bilan "qo'rqitmang", o'z vaqtida uyga olib keting;           Uning injiqliklariga toqatliroq bo'ling

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktabgacha ta’lim tizimiga kimdir e’tibor qiladimi? sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi. Murojaat Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan nazoratga olinganligi va o‘rganish ishlariga yo‘naltirilganligini ma’lum qilamiz. O‘rganish yakunlariga ko‘ra batafsil ma’lumot beriladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Diqqat, ko'rik-tanlov!

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini 2023-yil                avgust-sentabr oylari davomida uch bosqichda o‘tkaziladi.       birinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida 2023-yil 14-19-avgust kunlari;       ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida 2023-yil 4-9-sentabr kunlari;       uchinchi bosqich – Respublika miqyosida 2023-yil 20-21-sentabr.   O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” respublika tanlovi quyida oltita nominatsiyada o‘tkaziladi. a) “Eng yaxshi metodist”, bunda oliy ma’lumotli metodistlarning maktabgacha ta’lim tizimiga oid yaratgan ilg‘or o‘qitish metodikasi bo‘yicha ishlari ko‘rib chiqiladi; b) “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”, bunda oliy ma’lumotli tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim tashkilotida zamonaviy bilimlarga ega, kasbiy faoliyatiga yangicha yondashgan, ta’lim-tarbiya jarayonida fidoyilik va jonkuyarlik ko‘rsata olgan, shuningdek, o‘z faoliyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan o‘zining ilg‘or tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turadigan yutuqlari ko‘rib chiqiladi. v) “Eng ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim va tarbiya jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladigan yangiliklari, yaratgan ijodiy ishlari, videoroliklari, ko‘rgazmali va didaktik materiallari bo‘yicha yutuqlari ko‘rib chiqiladi; g) “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ijtimoiy tarmoqlardan samarali qo‘llashga oid ishlari ko‘rib chiqiladi; d) “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga ekologik bilim va tarbiya berishdagi noan’anaviy yondashuvlari, ekologik ta’lim-tarbiya va ekologik madaniyatni shakllantirish borasida yaratgan yangi ijodiy mahsulotlari, ta’limiy materiallarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi; e) “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi”, bunda, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, maa’naviy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amaliyotga joriy etganligi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi. Tanlovning “Eng yaxshi metodist” nominatsiyasiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodist lavozimida hamda “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi” nominatsiyasiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi lavozimida faoliyat olib borayotgan oliy ma’lumotli va boshqa to‘rtta nominatsiya bo‘yicha tarbiyachi lavozimida faoliyat olib borayotgan o‘rta-maxsus ma’lumotli kamida          3 (uch) yillik pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagog kadrlar, ya’ni metodist va tarbiyachilar ishtirok etadi. Tanlovning birinchi bosqichida ishtirokchilar soni chegaralanmaydi. Har bir metodist va tarbiyachi faqat bitta nominatsiya bo‘yicha qatnashish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodist va tarbiyachilari ta’lim tashkiloti joylashgan tuman (shahar)dagi birinchi bosqichdan boshlab ishtirok etadi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan metodist va tarbiyalar faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi xulosasiga asosan quyidagi hujjatlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etadi: - pasport nusxasi; - mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; - amaldagi malaka toifasini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; - maktabgacha ta’lim tashkilotining nomzodni tanlovda ishtirok etish uchun Tavsiyanomasi; - my.mehnat.uz platformasidan olingan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Taqdim etilishi kerak ma’lumotlari to‘liq bo‘lmasa yoki noto‘g‘ri taqdim etilgan bo‘lsa ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi. Tanlovning har bir bosqichida eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan bir nafardan 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etadi. Tanlovning uchinchi bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining «Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagoglar uchun seminar-trening o'tkazildi

O'zbekistonda o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish orqali erta ta'lim sifatini qo'llab-quvvatlash   Expert va Master trenerlarni tayyorlash Dasturi   Aralash ta'lim yondashuvidan foydalangan holda O’yinga asoslangan ta’lim Modul  Ushbu 5 kunlik (40 soat) maqsadli yo’naltirilgan amaliy mashgulotlarda ishtirok etish orqali ishtirokchilar o'yinga asoslangan ta’lim modulini joriy qilish boyicha aralash ta'lim yondashuvidan foydalanishni o’rganishga muvaffaq bo’ladilar (Erta ta'lim sifatini oshirishda o'qituvchilarni kasbiy malakasini oshirish dasturining 1-moduli).  Besh kunlik trening yakunida ishtirokchilar qodir buladi     :  ·         Erta ta'lim tizimlarida sifatning asosiy xususiyatlarini va maktabgacha tarbiyachilarning ushbu sifat maqsadlariga erishishdagi rolini tavsiflash. ·         Sifatli erta ta'lim xizmatlarining negizida aynan bolaga yo’naltirilgan ta’lim tajribalari muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish. ·         O'yinga asoslangan pedagogika bolalarga yo'naltirilgan amaliyotlarda juda muhimligini tushuntirish. ·         O'yinga asoslangan pedagogika nima ekanligini va u bolalarning o'qishi va rivojlanishini qanday qo'llab-quvvatlashini aniqlash. ·         O'yin orqali o'rganishni qo'llab-quvvatlash uchun rag'batlantiruvchi tadbirlarni tavsiflash va namoyish etishga muvaffaq boladilar.   Quyidagi ko'nikmalarni rivojlantirgan holda ular:   ·         Hududiy darajadagi murabbiylarni tayyorlash maqsadida tumanlarda o'qituvchilarini o'qitish va qo’llab quvvatlagan holda aralash ta’lim, jumladan yuzma-yuz va onlayn o'qitish yondashuvi (Moodle yordamida) va qo’shimcha vositalar (telegram, zoom, google hujjatlar) yordamida 1-Modul bo’yicha o'yinga asoslangan ta’lim treningni fasilitatsiya[1] qilish ya’ni maqsadli yo’naltirilgan holda amalga oshiradilar. ·         Dasturning samarasi va sifatli natijalarga ega bo’lishda trening ishtirokchilariga samarali usullardan foydalangan holda murabbiylik va mentorlik yordamini taqdim etish (yuzma-yuz yoki onlayn) hamda O'qituvchilarni ta’lim doiralarini tashkil etishga (tuman darajasida) rahbarlik qiladilar va kasbiy (tengdosh) ta'limni rag'batlantirib qo'llab-quvvatlaydilar. ·         O'qituvchilarning doimiy o'sishi va rivojlanishi uchun o'z ustida ishlash amaliyotini rag'batlantirish.   Birinchi kun: o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish fasilitatsiya ko'nikmalarini rivojlantirish yuli bilan.  Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: ·         Kattalar ta'limining yondashuvlari va tamoyillari. ·         Ta’lim tsiklini haqida tushuncha hosil qilish (tajriba va reflekslar) ·         O'yinga asoslangan ta'lim va o'quvchiga yo’naltirilgan amaliyotni modellashtirish. ·         Yoshi katta tinglovchilar uchun samarali o'rganishga yo'naltirilgan muhit yaratish. ·         O'qituvchilarning amaliy ko’nikmalarini kuchaytirish maqsadida murabbiylik, mentorlik va o'qituvchilar to'garaklaridan foydalanish. ·         Texnik vositalarni o'rganish va ulardan foydalanish.  Ikkinchi kun: Erta ta'lim sifati va o'yinga asoslangan pedagogikaga kirish (nazariy asos)  Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: ·         Erta ta’limda sifatning ahamiyati qanday? ·         Erta ta'lim sifatini qo'llab-quvvatlashda o'qituvchining ro’li ·         O'yinga asoslangan ta'lim nima va nima uchun sifatni o'rganish muhim? (Uning asosiy tamoyillari nima?) ·         O'yinga asoslangan fikrlashni joriy qilish (qanday qilib o'rganish va o'qitishni qayta ko'rib chiqishimiz mumkin) ·         O'yin doirasi va u o'qituvchi amaliyoda nimani anglatishini o'rganish. ·         O’yinga asoslangan ko'rsatkichlarni o’rganish va Ilk Qadam  Uchinchi kun: O'yinga asoslangan pedagogika va uning amaliyoti haqidagi bilimlarini concepciya:   o'yinga asoslangan pedagogikadan bilimlarni chuqurlashtirish va amalltiyotda bajarish  Bu erda yoritilishi kerak bo'lgan asosiy mavzular: • O'yinning asosiy tushunchalarini o'rganish va tajriba qilish. • O'yin spektrini va bu o'qituvchi amaliyoti uchun nimani anglatishini o'rganish. • O'yinga asoslangan ko'rsatkichlarni va Ilk Qadamni o'rganish. • Maktabgacha ta'lim muassasasida o'yin o'rganishni qo'llab-quvvatlash uchun darslarni loyihalash. • Sohada amaliyotga tatbiq etish va o'qitishga tayyorgarlik ko'rish uchun Play Boxes va ularning mazmuni orqali ishlang. To'rtinchi kun: Modulni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun turli ko'nikmalar  Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: ·          Bolalarning o'rganishi uchun  scaffolding mahoratini mustahkamlash. ·         Bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash: o‘yinga asoslangan ta’lim nazariyasini Ilk Qadam dasturga qo‘llash. ·          O'sish va o'rganishni rag'batlantirish uchun murabbiylik siklini qo'llash. ·         O'yinga asoslangan ta'lim uchun guruhlarda va tashqi muhitdan foydalanishni rag'batlantirish. ·         O'yinni rag'batlantirish uchun kundalik buyumlar va materiallardan foydalanish. ·         Bolalarning ta'lim yutuqlarini o'lchash va baholash. ·         Sohada amaliyotga tatbiq etish va o'qitishga tayyorgarlik ko'rish uchun Play Boxes va ularning mazmuni orqali ishlang.   Beshinchi kun: bilimlarni va kunikmalarni birlashtirish – amalga oshirishga tayyorgarlik.   Bu kun mashqlarga qaratilgan.  Ishtirokchilar so'nggi to'rt kun ichida o'rganganlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.  Topshiriqlar qisqa taqdimotlar qilish, shuningdek, simulyatsiya qilingan muhitda o'yin jarayoni orqali o'rganishni o'z ichiga oladi.  Ushbu tadbirlar baholanadi va ularni mutaxassis va katta murabbiy sifatida umumiy tayyorgarliklarining ajralmas qismi hisoblanadi.                                  Amaliyotga kirishga tayyorlanish. Ishtirokchilar amaliyotga kirganda, rivojlantirilgan ko’nikmalarni qanday qilib tadbiq qilish va barcha vositalarini tayyorlashni aniq bilishlari uchun ro'yxatlar va manbalarni tayyorlaydilar.   Qo'shimcha ta'limni qo'llab-quvvatlash:   ·         Murabbiylik va mentorlik: yuzma-yuz mashg'ulotlardan tashqari, ishtirokchiga yakkama-yakka murabbiylik va mentorlik qilish imkoniyati taqdim etiladi. Bu ularga ta'limni chuqurlashtirish va amaliyotini mustahkamlash imkoniyatini beradi.  ·         Onlayn platformaga kirish va undan foydalanish: o'quv natijalarini qo'llab-quvvatlash va ishtirokchilarni aralash ta'lim yondashuvining barcha vositalari va mazmuni va o'yin orqali o'rganish moduli bilan tanishtirish uchun ular o'quv dasturi davomida Moodle platformasiga jalb qilinadilar.  Har kuni platforma orqali ishlash uchun bir soat ajratiladi.  Bu jarayon ularning bilimlarini kuchaytirgan holda, ularni platformaning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtiradi.  [1]Ishtirokchilarning Murabbiy nazorati ostida har bir modul boyicha o’quv dastur vazifalarini mustaqil ravishda bajarib, belgilab berilgan ta’lim resurslaridan foydalanishlari mumkin bolgan ish jarayoni. Bunda Murabbiylar o’quvchilarni belgilangan ko’nikmalarni rivojlantirib vazifalarni samarali bajarishlarida savollarga javob berib ularni to’gri yo’naltirib turadilar.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
MATBUOT ANJUMANI: Maktabgacha ta’lim tizimida 2023-yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan  joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hisobotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda maktabgacha ta’lim tizimining turli yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyati sarhisob qilindi. Matbuot anjumani davomida quyidagilar ma’lum qildi:  Xususan, 2023-yil iyul holatida jami 30 792 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 6 734 tasi davlat  va 24 058 tasi nodavlat (789 ta xususiy, 21 941 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 328 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir. Shuningdek, MTTlarda 2 111 487 nafar yoki 72 foiz bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olingan bo‘lib, shundan 647 655 nafar 6 yoshli bolalarning 563 331 nafari 2023-2024 o‘quv yilida maktabga chiqadiganlarni tashkil etadi. Joriy yilning may oyida qayta jihozlangan 7 ta ISUZU HC-40 avtobuslari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga yuborildi. Natijada mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 156 ta MFYlarda 72 ta ISUZU HC-40 avtobuslari bazasida tashkil etilgan 429 ta mobil guruhlarida 7 000 nafarga yaqin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olindi. 1 iyul holatiga ko‘ra, respublikada jami umumiy quvvati 650 guruhga mo‘ljallangan 74 ta ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud, ularda 576 guruh (88,6%) faoliyat ko‘rsatmoqda va 6 077 nafar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar tarbiyalanmoqda. 2022-2023 o‘quv yili davrida Maktabgacha ta’lim agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining malakali mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan 8 976 nafar bola ko‘rikdan o‘tkazildi va 7 804 nafar bolaga davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTlarga xulosa-yo‘llanma berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi 47-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, gigiyenik me’yorlarga va “Aqlvoy oshpaz” reseptlar to‘plamidan foydalangan holda 10 kunlik yagona mavsumiy taomnoma ishlab chiqildi va aprel oyida Toshkent shahridagi 4 ta MTT tajriba sinovidan o‘tkazildi.Aniqlangan kamchiliklarni inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun yagona mavsumiy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish to‘g‘risida” 2023-yil 23-maydagi 1 va 12 sonli qo‘shma qarori qabul qilindi. 2023-yilning birinchi yarim yilligida tadbirkorlar tomonidan 5 486 ta ariza kelib tushgan. Shundan, 2 089 ta loyiha ma’qullangan, 1 846 ta loyiha bo‘yicha bitim imzolangan. Natijada 59 072 ta yangi quvvat, 4 615 ta yangi ishchi o‘rin yaratildi. Shu bilan birga, 3 270 ta arizaga rad javobi berildi. Quvvati 41 920 nafar bolani qamrab olishga mo‘ljallangan 1 310 ta oilaviy MTTlar o‘z faoliyatini boshladi. Respublikadagi 740 ming nafarga yaqin tarbiyalanuvchilarni qamrab olgan 21 mingdan ortiq nodavlat (jumladan, oilaviy MTT) maktabgacha ta’lim tashlotlariga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 1,2 trln. so‘m miqdorda subsidiyalar ajratildi. 2023-yilning 10-18-mart kunlari AQSH qishloq xo‘jaligi agentligining “Bolalar ta’limi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 60 ta maktabgacha ta’lim muassasasining umumiy ovqatlanish shahobchalari, sanitariya-gigiyena ob’yektlari infratuzilmasi, suv ta’minoti yaxshilandi. Joriy yilning 25-iyun-8-iyul kunlarida Maktabgacha ta’lim agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi 15 nafar mutaxassisi SOON CHUN HYANG universitetida malaka oshirish uchun Koreya Respublikasiga yuborildi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2023 yilda 152 897 nafar rahbar va pedagoglar faoliyat yuritmoqda (bu ko‘rsatkich 2022 yil yakunida 151 746 nafarni tashkil etgan). Jami pedagoglarning 115 130 nafari (75,3%) davlat va 37 767 nafari (24,7%) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘g‘ri keladi. 2023 yilning yanvar-iyun oylari davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 7828 nafar rahbar va pedagog kadrlarning hamda pedagogika kollejlarining 71 nafar pedagog kadrlarining malakasi oshirildi.  Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi 2 ta oliy ta’lim muassasalari - Toshkent shahridagi Puchon universitetida 1 426 nafar,  A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining filialida 612 nafar talaba tahsil olmoqda. Matbuot anjumani yakunida OAV vakillari o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda bog‘cha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Aniqlanishicha, joriy yilning 25 - iyul kuni Namangan viloyati, Uychi tumanidagi “Gulshan” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari uyqudan uyg‘ongach, 3 nafar tarbiyalanuvchilar ko‘ngil aynashi va qorin og‘rig‘iga shikoyat qilgan. 50 o‘rinli NMTTda bugungi kunda 48ta tarbiyalanuvchi qamrab olingan. Tashkilotdagi bir guruh 15 nafar tarbiyalanuvchilari shu zahoti  oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishida gumonlanib, tuman shifoxonasiga olib borilgan va  darhol tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada 2 nafar tarbiyalanuvchilarda sifati tez buziluvchi mahsulotni iste’mol qilishi oqibatida oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi kuzatilgan, tuman tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limiga yotqizilgan. Qolgan 13 nafar tarbiyalanuvchining holati yaxshi bo‘lganligi uchun o‘sha kunning o‘zida uylariga ketishlariga shifokorlar tomonidan ruxsat berilgan. Shifoxonada qolgan 2 nafar tarbiyalanuvchilar barcha zaruriy muolajalar ko‘rsatilib butunlay sog‘ayganidan so‘ng  26 - iyul kuni uylariga ketishga ruxsat berilgan. Hozirda bolalarning hammasi o‘zini sog‘lom his qilib, Uychi tumanidagi “Gulshan” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonlarida ishtirok etishmoqda. Namangan viloyati, Uychi tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullariga ta’lim tashkilotlariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ogohlantirilib, tushuntirish ishlari to‘liq olib borilgan. Hurmatli maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar va xodimlar hamda ota-onalar!!! Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha talim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etishga oid gigiyenik talablari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30-son) SanQvaN 0016-21-sonli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlatilishiga ruxsat berilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati quyidagilar: ·        kalla-poycha mahsulotlari (buyrak, yurak, jigar, o‘pka, yelin); ·        barcha yovvoyi xayvonlarning go‘shti; ichi tozalanmagan parranda go‘shti; ·        2,3,4-kategoriyali go‘sht, parranda, baliq go‘shti; ·        go‘shtning yog‘i va shilliq pardalarining miqdori 20 foizdan ko‘p bo‘lishi; ·        xolodes, go‘shtning bezli kiyomlari, diafragma, kalla go‘shtidan rulet; ·        dudlangan mahsulotlar, barcha turdagi kolbasalar, sosiska, sardelka; ·        charvi yog‘i, dumba yog‘i, margarin va boshqa gidrogenizasiyalangan yog‘lar; ·        yog‘lilik darajasi 82,5 foizdan kam bo‘lgan sariyog‘ (sigir yog‘i); o‘simlik moyiga sut qo‘shilgan mahsulotlar (spred); ·        tvorog mahsulotiga qo‘shilgan smetana, shokolad, o‘simlik moyi qo‘shib tayyorlangan muzqaymoq; ·        qimiz va etanol saqlovchi achitilgan sut mahsulotlari (0,5 foizdan yuqori); ·        pasterizasiyalanmagan sutdan tayyorlangan tvorog va smetana, termik ishlov berilmagan, katta idishdagi tvorog va smetana; ·        oshxona sharoitida tayyorlangan qatiq; ·        suvda suzuvchi parrandalarni go‘shti va tuxumlari (salmonellyoz bilan zararlanish xavfi bo‘lgani sababli); ·        po‘stlog‘i ifloslangan, yorilgan va salmonellyoz uchraydigan xo‘jaliklardan keltirilgan tuxumlar; ·        barcha turdagi uy sharoitida tayyorlangan konservalar; ·        germetik berkitilishida kamchiligi bo‘lgan, idishi ezilgan, shishgan (bombaj), qopqog‘i zanglagan, yorlig‘i bo‘lmagan konservalangan mahsulotlar; ·        ombor zararkunandalari va mayda chiqindilar bilan zararlangan yormalar, dukkaklilar, un, makaron mahsulotlari, quruq mevalar; ·        pestisid va nitrat miqdori laboratoriyada tekshirilmagan, mog‘orlagan, buzilgan meva va sabzavotlar; ·        uy sharoitida tayyorlangan va ota-onalar tomonidan uydan olib kelingan, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lmagan taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari (shu jumladan, bayramlar va tug‘ilgan kunlarni nishonlashda); ·        kremli qandolat mahsulotlari (pirojniy va tortlar), kremlar; ·        turli qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar; ·        kvas, mors, gazli ichimliklar, sun’iy rang, mazza, hid beruvchi vositalar qo‘shilgan taom hamda ichimliklar, ·        yog‘da qovurilgan (frityur) mahsulotlar (grenka, chipselar, fri); ·        mayonez, murch, xantal, xren, sirka, qahva; barcha turdagi karamellar; ·        quruq konsentratlar asosida tez tayyorlanadigan 1 va 2 taomlar; ·        bir kun oldingi yoki oldingi ovqatdan qolgan ovqat qoldiqlari; ·        qovurilgan tuxum, omletdan tashqari; tuxum barak.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan. Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi    

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston bolalari Jahonni zabt etmoqda.

Mental arifmetika boʻyicha 15 ta mamlakat va mintaqalar o’rtasida (Bangladesh, Kambodja, Kanada, Xitoy, Xorvatiya, Ekvador, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Meksika, Panama, Filippin, Tayvan,  O'zbekiston va Venesuela) Yakkasaroy tumanidagi 132-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Qudratova Risolatxon ishtirok etib  faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekistonning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston—2030” strategiyasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston—2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston—2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari joriy yilning 31-iyulidan boshlab regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda. Fuqarolardan loyihalarning muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborishlarini so‘raymiz. Jamoatchilik muhokamasi 2023-yil 9-avgustga qadar davom etadi.   Unutmang, Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagogika kollejlaridagi bitiruvchilar mutaxassisliklari bo'yicha diplomlarini olishmoqda

Ayni kunlarda Maktabgacha taʻlim agentligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimlari boʻlib oʻtmoqda. 2022-2023 oʻquv yilida respublika bo'yicha pedagogika kollejlarida jami 17 752 nafar oʻquvchilar o'qishni tamomladi. Shundan, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi yoʻnalishi bo'yicha 14234 nafar; Maktabgacha taʼlim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi yoʻnalishini 3184 nafar; Musiqa rahbari yoʻnalishini bo'yicha 139 nafar; Jismoniy tarbiya yoʻnalishini bo'yicha 122 nafar; Kutubxonashunoslik yoʻnalishini bo'yicha 18 nafar; Oshpaz yoʻnalishini esa 58 nafar oʻquvchilar o'qishni bitirdilar. Eslatib o'tamiz: Pedagogika kollejalarida  “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi”,  “Maktabgacha ta’lim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi”, “Kutubxonashunoslik” “Jismoniy tarbiya”, “Musiqa rahbari”  yo‘nalishlari mavjud.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Uchrashuv

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasining yangi direktori janob Shin Myong Sok oʻrtasida tanishuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  Uchrashuvda vakolatxonaning sobiq direktori Pak Sunjin xonim ham ishtirok etib, samarali hamkorlik uchun Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, yangi tayinlangan direktorni tanishtirdi. Janob Shin Myong Sok, o‘z navbatida, O‘zbekistonda o‘z missiyasini boshlashga tayyorligini bildirdi va maktabgacha ta’lim sohasidagi loyihalar muhimligini ta’kidladi. Uchrashuvda qoʻshma loyihalarning butun majmuasi, shuningdek, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish yoʻlida hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni “Pedagog kadrlarni  tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi bo‘yicha Koreya tomonidan ishlab chiqilgan loyiha dizaynini ma’qullab, o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilgani uchun KOICA vakolatxonasi vakiliga minnatdorlik bildirdi.  Ma’lumot uchun: “Pedagog kadrlarni  tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasining maqsadlari quyidagilardan iborat: -maktabgacha ta'lim tizimining pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish; - Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish markazi bilan birgalikda Kompleks markaz va Koreya modelidagi 500 o‘ringa mo‘ljallangan innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va foydalanishga topshirish; - mamlakat aholisining bolalar rivojlanishida maktabgacha ta'limning ahamiyatini keng e'tirof etishiga erishish.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
OAV biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda “Mehribonlik Korpusi” (Mercy Corps) bilan hamkorlikda 2023-yilning 12- va 21-iyul kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida “Zakovat” intellektual o‘yini bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.   Agentlikda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida 4 ta jamoa: 1- jamoa “Taraqqiyot sari”  2 – jamoa “Aqlvoy”  3 - jamoa “Tinchimas ixtirochilar”  4 - jamoa “Intilish” jamoalari o‘rtasida g‘oliblik uchun bellashdilar, natijada,  1-o‘rin “Aqlvoy” jamoasiga 2-o‘rin “Taraqqiyot sari” jamoasiga 3-o‘rin “Tinchimas ixtirochilar” jamoasiga nasib etdi.  O‘yin yakunida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin so‘zga chiqib, “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan jamoalarni tabriklab, bu kabi o‘yinlarni doimiy o‘tkazib turish lozimligi bo‘yicha mas’ullarga ko ‘rsatma berdi. Shuningdek, A.Shin ushbu o‘yin jamoada jipslikni, o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashida xizmat qilishini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori asosida Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’limning yangi shakli bolalarni o‘qishga tizimli tayyorlaydi

Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasini rivojlantirish rejasiga muvofiq, Jahon banki bilan hamkorlikda yurtimizning olis tumanlari va chekka hududlarida maktabgacha ta’limning yangi — muqobil shakllari amaliyotga tatbiq etildi. Jumladan, Namangan viloyati Kosonsoy pedagogika kolleji va Samarqand viloyati Tayloq pedagogika kollejida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida tajriba-sinov tariqasida har biri 20 ta rivojlantiruvchi o‘yin guruhini o‘z ichiga olgan “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi  Янги Ўзбекистон №147.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
SHHTga a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusidagi Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

1-iyun  Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda SHHTga a’zo davlatlar bolalari orasida ekologik savodxonligini oshirish, tabiatni muhofaza qilish, ularni tasviriy san’at va badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yosh rassomlarni aniqlash maqsadida SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari o‘rtasida joriy yilning 30 - may – 2 - iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida  “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan edi. Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rgazmada ishtirok etgan va g‘olib deb topilgan asarlar aniqlandi. Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi binosida tashkilotchilar tomonidan “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti”, “Eng yaxshi yosh qatnashchi”, “Eng faol ustoz”, “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi”, “Eng faol viloyat”, “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyalari bo‘yicha  g‘oliblariga O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov,  O‘zbekiston  Respublikasi  maktabgacha  va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agripinna Shin, Toshkentdagi “Свiтанак” Belarus madaniyat markazi raisi Tatarenko Galina Aleksandrovna, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Janob Chi Junlin va Xitoy elchixonasining ikkinchi kotibi U Menin xonim mukofot va diplomlarni topshirishdi.                          “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida g‘oliblar quyidagilar: “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti” nominatsiyasi g‘olibi O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar, Sergeli tumani, 539-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Madina Umrzokova (7 yosh). "Eng yaxshi yosh ishtirokchi" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi Grodno shahri vakili Artur Skorov (6 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga topshirildi) "Eng faol ustoz" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi, Bixov shahridagi "Moskalkova N.T." nomidagi davlat ta'lim muassasasi 3-umumta'lim maktabi o'quvchisi Gubskiy Dmitriy (10 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi). “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi” nominatsiyasi g‘olibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Artikboyev Nurislom. “Eng faol viloyat” nominatsiyasi g‘olibi Navoiy viloyati, Navoiy shahar 20- sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi  E’zoza Hikmatova. “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyasi g‘olibi – Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Badiiy Akademiyasi Bolalarni estetik tarbiyalash ilmiy markazi tarbiyalanuvchisi Vu Sixan.  (Sovrin Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi) Tadbirda davomida keyingi yillarda “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasini SHHTga a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti tarbiyalanuvchilari o‘rtasida hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasida memorandum imzolandi.   Tadbir yakunida doirasida  Toshkent shahridagi bir qator davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqa va raqs dasturlari namoyish etildi.   Eslatib o ‘tamiz: SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida joriy yilning 30-may – 2-iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida o‘tkazilgan  “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Tojikiston, Belorusiya Respublikalari va  Xitoy Xalq Respublikasi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning ijod mahsuli bo'lgan 1000dan ortiq rasmlar ishtirok etib, shundan 300dan ortiq rasmlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijod mahsuli edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 2-bandiga muvofiq “Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrugʻiga hamda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotining 5-7 yoshli oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining  maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqichi joriy yilning 12-14 iyun kunlari, tuman (shahar) bosqichi 15-19 iyun kunlari, viloyat bosqichi 20-23 iyun kunlari oʻtkazildi. Bugun Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining respublika bosqichi o ‘tkazildi. Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichida viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan jami 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻzaro bellashishdi. Musobaqa yakunlari boʻyicha oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilardan 1-, 2- va 3-oʻrin gʻoliblari aniqlandi va  agentlikning diplomi bilan qolgan ishtirokchilar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.  G‘oliblar bilan quyida tanishishingiz mumkin: Qizlar oʻrtasida: 1-oʻrin Navoiy viloyati, Navoiy shahar 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi  Murodillayeva Xushnoza Nuraliyevna;  2 - oʻrin Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani 250 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Kadirova Ra’no Davronovna; 3 - oʻrin Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani 66 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Faxriddinova Dilorom Namozovna.  O‘g‘il bolalar oʻrtasida  1 - oʻrin Samarqand viloyati, Jomboy tumani 23 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Aliyev Sarvar Suxrobovich;  2 - oʻrin Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar 46 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Farxodov Fazliddin Faxriddinovich;  3 - oʻrin Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani 125 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Abrorov Muhammadyusuf Baxtiyor oʻg‘li.  Eslatib o‘tamiz: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasi 3 marotaba o‘tkazildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim sohasidagi yutuq va kamchiliklar yuzasidan hududiy tizim rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazildi

Kuni-kecha Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar xodimlar uchun tashkil etilgan o'quv-seminar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari bilan maktabgacha ta'lim sohasidagi yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan uchrashuv o'tkazdi. Kun tartibida quyidagi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni MTTga qamrab olish; MTTlardagi ta'lim sifati; Investitsiya dasturi asosida barpo etilayotgan MTTlar va ularga yetkaziladigan jihozlar, didaktik materiallar; Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTTlarda joriy etilgan onlayn davomat; Yagona mavsumiy taomnoma kabi asosiy masalalar ko'rib chiqildi. Hududiy tizim rahbarlari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollarga agentlik rahbariyati tomonidan javoblar berildi. Yig'ilishdan so'ng, hududiy tizim rahbarlariga Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutidagi o'quv xonalari, pedagoglarning malakasini oshirish uchun   yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Eslatib o'tamiz, uch kun davom etgan o'quv-seminari Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bo'lib o'tdi.

Вид сайта
Размер шрифта